178
shakli, balki tijorat
kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko‘rsatilgan pul
shu vaqtning o‘zida to‘lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng to‘lanadi.
Bu vaqt ichida vekselda ko‘rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida
bo‘ladi.
Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo‘lib, u qat’iy belgilangan shaklda
tuziladi. O‘z mazmuniga qarab veksel,
birinchidan, so‘zsiz pul majburiyatlari deb
ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir.
So‘zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to‘lanishi qandaydir
shartlar
bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni
to‘lashga tegishli tartib bilan bog‘liq bo‘lmagan begona sharoitlarga bog‘lanmaydi.
Veksel bo‘yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki,
uning tekstida
qanday asosga binoan berilganligi ko‘rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi
faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha.
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo‘sh mablag‘lari hisobidan boshqa
korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida
qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
Tovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasidagi mahsulot jo‘natish yoki
xizmat ko‘rsatish bitimlarida foydalaniladi.
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o‘tkazma. Oddiy veksel qarzdor
tomonidan to‘ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum
summani belgilangan
muddatda
so‘zsiz to‘lanishi ko‘rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan
rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan
kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to‘lovchi bo‘lib
hisoblanadi.
O‘tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O‘tkazma veksel kreditor
tomonidan to‘ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko‘rsatilgan summani belgilangan
muddatda uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud.
Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan
haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. SHunday qilib
veksel beruvchi
kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to‘lovchi bo‘lib
179
hisoblanadi. Odatda o‘tkazma vekselni ushlovchi bo‘lib uchinchi shaxs
hisoblanadi. Vekselda ko‘rsatilgan summani qarzdor to‘lovchi uchinchi shaxsga
to‘lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi vekselda ko‘rsatilgan summani
remitentga to‘lanishi, ular o‘zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi
oldida qanday majburiyatlari borligi to‘lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to‘lash
majburiyati faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog‘liq bo‘lib,
hech qanday keyingi veksellar uni o‘zgartirmaydi.
SHu munosabat bilan veksel
beruvchi o‘tkazma vekselni o‘zi-o‘ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab
o‘tkazuvchi bo‘yicha majburiyatda ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir
tomondan – qarzdor to‘lovchi ikkinchi tomondan esa – bir vaqtning o‘zida ham
veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo‘lgan kreditor. Keyinchalik veksel
saqlovchi o‘z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga o‘tkazib
berishi
mumkin. O‘tkazma veksel to‘lovchi tomonidan akseptlanishi kerak va faqat
shundagina yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: