Badiiy so’z qudrati


NAQAROT (Yoshligini Makedoniyada o’tkazgan eski bir zobitning xotira daftaridan.)



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə5/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
56 7-ADABIYOT

NAQAROT
(Yoshligini Makedoniyada o’tkazgan eski bir zobitning xotira daftaridan.)
21-yanvar, 1319 (1904), Babina.
O'n kundirki, aylanib yuribmiz. Kuzdan sarg'aygan xarob o'rmonlarni kezib chiqdik... Ovqat pishirish uchun yoqilgan olovning kulidan boshqa bir narsa yo'q. G'olibo, qish kelgani uchun hamma narsa g'oyib bo'lgan. Nihoyat, qo'mondon qurol qidirishga buyruq berdi. Ikki-uch qishloqdan nasihat va tazyiq­-la yuz elliktacha qurol topdik. Bular markazga yuborildi. Men o'z bo'linmam bilan qoldim. Balki bu taraflarda isyonchilar bordir. Juda sovuq. Chodirda jon saqlash imkoni yo'q. Askarlarga kengroq yerni tayin etdim. O'zim esa qishloqning yagona savdogari, ya'ni baqqoli, attori, mayxonachisi, xullasi, hamma narsasi bo'lgan bulg'or do'koni yonidagi buzilgan uyga joylashdim. Bu qadar iflos! Ey xudoyim, buncha irkit bo'lmasa!
Yotadigan xonamning birgina derazasi bor. Pechka­ o'chog'i, shifti xuddi ko'mirdan qilingandek qop-qora... Eshiigiga qo'l tekkizishga hazar qilasiz. Chiroq yo'q. Sassiq,
1 Makedoniya - Bolqon yarimorolidagi o'lka. O'sha vaqtlar Turkiya qo’l ostida bo'lgan. 2 Hikoyada hijriy va milodiy yil hisobi keltirilgan. 3 Babina - Makedoniyadagi qishloq. 4 Isyonchilar - turklarning hukmronligiga qarshi kurashayotgan makedoniyaliklar ko'zda
tutiladi.
yog'li bir qurum bosgan tunuka qandil sariq va so'nik nur taratadi. Vujudim, zehnim horg’in… Tushuna olmayman. Pastda uy egasining cho'chqalari bor: Ora-sira shunday xunuk chinqiradiki... Xuddi ostimda birovni bo'g'ayotgandek, bo’g'izlayotgandek bo'ladi. Qo'rquvdan ko'zlarimni yumib olaman. Xayolimda hamma yoqqa sachragan qon tomchilari
yuzimga tegib ketadigandek. Peshonamning chap burchagidan qulog'im tomon anglab bo'lmas bir harorat yoyilib boradi. Bir sas... Ha, bir ayol tovushi! Yozuvlarimni yig'ishtirib qulog'imni ding qilaman. Uncha uzoqda emas. Lekin havo qanday xush, ...qanchalar osuda, farahbaxsh...
Yanvar, 1319 (1904).
Erta tongda turdim. Havo muzdek. Shinelimni kiydim. Pastdan hali olov keltirib, o'choqqa o't qalanmagan. Yordamchim «tayyor bo'lish» xabarini keltirdi. U chiqquncha isinmoq uchun tor xonaning ichida borib kela boshladim. o'choqdan derazaga, derazadan o'choqqa borib kelaman. Boshim to'ntarilgan cho'yan hovonchadek og'ir, qop­-qorong'u, bo'm-bo'sh. Olti oy yashaganim sevimli Istambul jonimni, Feneryo'lidagi oydinlikni, toza, ozoda, rohatbaxsh ko'shkimizni o'ylardim, lekin ko'z oldimga keltira olmasdim. Ajabo, batalyon markaziga pochta keldimikin? Necha hafta bo'ldi, onamdan xat olmayman. Bu yerning sutidan sarimsoq hidi keladi. Nonushtaga hammasidan qoqlangan nonni xush ko'raman. ...Tashqarida shovqin ko'tarildi. Qaradim. Pastak bir devor bilan ajratilgan qo'shni bog'chada eshik ochilib, uning ustuniga suyab qo'yilgan taxtalar qulab tushdi. Shu qishloqlik ekanligiga ko'zlarimning ishonishi mumkin bo'lmagan bir qiz. Gavdalik, qo'ng'irsoch, chiroylik, quvvatli bir qiz. Ustunning chap tomonidagi maydonchadan qarab turibdi... Meni ko'rdi. Qochmadi. Hatto tikilib-tikilib qaradi. Olti oydan buyon bunday go'zalga birinchi marta duch kelib turibman. Lekin naqadar tiniq, jonli, toza, sof bir go'zallik. To’yib-to’yib boqmoqdaman. Va shu xotiralarni yozyap­man.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin