73
VI bob.
BALIQLARNI OZIQLANÒIRISH
Hovuz baliqchiligida baliqlarni oziqlantirish uchun 3 xil ozi-
qalardan foydalaniladi:
1. Òabiiy oziqalar.
2. Qo‘shimcha oziqalar.
3. Me’yorlashtirilgan (balanslashtirilgan) oziqalar.
Òabiiy oziqalar (hovuzning tabiiy oziqa zaxirasi) — hovuz-
larda tabiiy yo‘l bilan rivojlanadigan, o‘sadigan o‘simliklar, hovuz-
lardagi planktonlar, suvda o‘sadigan o‘simliklar, qisqichbaqasi-
monlar,
bakteriyalar, detritlar, bentoslar, yuqori tabaqadagi o‘sim-
liklar, hasharotlar, suv hayvonlari va baliqlar kiradi. Òabiiy oziqa
zaxirasining rivojlanish darajasi suvning sifatiga bog‘liq. Baliq-
chilar turlicha usullarni qo‘llab: ohaklash, organik va noorganik
moddalar orqali o‘g‘itlash kabi yo‘llar bilan suv sifatini yaxshilashga
erishadi. Òo‘g‘ri o‘g‘itlangan suv havzalari o‘zida barcha biogen
moddalar, mikroelemetlarni saqlaydi
hamda ruxsat etiladigan
chegarada oziqa zaxirasining yetarli darajada rivojlanishiga imkoniyat
beruvchi maqbul (optimal) gidrokimyoviy sharoitlarga ega bo‘ladi.
Hovuzlar yoki suv havzalarida tabiiy yo‘l bilan rivojlanadi-
gan
turlarga plankton, suv o‘simliklari, bakteriyalar, detritlar,
bentos, yuqori suv o‘simliklari, suv jonivorlari, shu jumladan,
baliqlar kiradi.
Iste’mol qilingan oziqalar karp baliqlarining oziqa hazm qi-
lish a’zolariga suvning harorati 2 °C bo‘lgandan 8—10 soat,
22 °C bo‘lganda 6—9 soat, 26 °C bo‘lganda esa 4—7 soat orali-
g‘ida parchalanib hazm bo‘lishi aniqlangan. Shundan kelib chi-
qib suvning harorati nisbatan yuqori bo‘lgan yozning issiq oy-
larida, kunduz kunlari baliqlarning kunlik oziqalarni bir necha
bo‘lakka (3—6 bo‘lakka) bo‘lib berish maqsadga muvofiq.