203
ko‘llardagi baliqlar invaziya manbayi va tabiatda rezervuari bo‘lib
xizmat qiladi. Kostioz bilan chuchuk suv havzalaridagi barcha
turdagi baliqlarning
yoshlari kasallanishi mumkin, jumladan,
yarim o‘tuvchi baliqlar ham. Kasallikning epizootiya ko‘rinishi,
asosan, bahor va yozda baliq ikralari (urug‘lari) mavjud suv
havzalarida va baliqchilik zavodlarida, suvning harorati +16+25°C
bo‘lganida kuzatiladi. Bunday sharoitda parazitlarning rivojla-
nishi uchun qulay vaziyat vujudga keladi. Sog‘lom
baliqlar kasal-
lari bilan aloqada bo‘lganlarida kasallikka chalinadi hamda
qo‘zg‘atuvchilar mavjud bo‘lgan suv havzalarida saqlanganda
zararlanadi. Kostiylarning sistalari
katta yoshdagi baliqlarning
shilliqlarida ko‘p muddat davomida saqlanib qoladi hamda nam
tuproqda, hovuzlarning loyqalarida ancha muddat saqlanadi,
agarda suv bilan to‘ldirilsa, parazitlarning harakati faollashib,
baliqlarning zararlanishiga olib keladi. Baliqlar suv havzalarida
juda ham zich saqlanganda, boqilganda, kasallik qishda ham, suv
harorati 2—7 °C bo‘lganida ham kasallikka chalinadilar. Gul-
mohi turidagi baliqlarni o‘stiruvchi xo‘jaliklarda zararlanish baliq-
larni xom farshlar bilan oziqlantirilganda kuzatiladi.
Bir suv
havzalaridan ikkinchisiga qo‘zg‘atuvchilar kasal baliqlarni tashish
natijasida yoki suv orqali keltiriladi. Kostiozning rivojlanishida
baliq organizmining fiziologik holati ham katta ahamiyatga ega.
Baliqlarning semizlik darajasi qanchalik past bo‘lsa, kasallik og‘ir,
va aksincha, semiz bo‘lsa yengil o‘tadi. Kostiylarning ko‘payishi
va kasallikning rivojlanishida ishqorli muhit (pH—5,0—5,5 dan
yuqori bo‘lmasa), gidrologik, gidrokimyoviy,
gaz almashinuv
rejimi hamda zoogigiyenik sharoitlarning yomonlashuvi ham
qulay imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: