213
aralashma (7 gramm) 1 m
3
suvda eritilib kasal baliqlarni 6—7 soat
davomida ekspozitsiya qilinadi. Suvning pH muhitini inobatga
olib hovuzlarni xlorofosning 0,3—0,5 g/m
3
konsentratsiyasi bilan
2 marta 6—7 kun oralig‘ida ishlov berish ham tavsiya etilgan
bo‘lib, bunda zararlangan baliqlar to‘liq qisqichbaqalardan
qutuladi (ozod bo‘lishadi). Bundan tashqari, biologik qarshi kurash
usuli ham tavsiya etilgan.
Usulning mohiyati shundan iboratki, nosog‘lom suv havza-
lariga planktonofaglarni kirgizish, ko‘paytirish: kumushrang to-
vonbaliq va ola peshanado‘ng baliqlari
zooplanktonlar bilan
oziqlanishi jarayonida sinergazilus lichinkalarini ham iste’mol
qilishadi. Buning uchun kumushrang tovonbaliqlarning bir yosh-
gacha bo‘lganlaridan 10 mingtadan 25 mingtagacha bir
gektar
maydonga, 2 yoshli ola peshanado‘ng baliqlardan 2000 ta gek-
tariga kiritilishi lozim. Nosog‘lom suv havzalarining suv oqimini
tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda erkin yashovchi
sinergaziluslarning lichinkali shakllari
suv havzalaridan chiqib
ketadi. Natijada kasallikning kamayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: