Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   152
Epizootologik ma’lumotlar. Lerneoz ham hovuzli xo‘jaliklarda
va ham dengiz tipidagi suv havzalarida keng tarqalgan. Kasallik
yozda eski hovuzlarda baliqlar antisanitariya holatda saqlanga-
nida kelib chiqadi. Kasallikka ko‘proq tovonbaliq, zog‘orabaliq,
sazan, buffalo, qora amur baliqlarining chavoqlari va shu yilgilari
moyil. Zararlangan baliqlarni aprel oyining oxirida janubiy min-
taqalarda, yozning o‘rtalarida esa markaziy mintaqalarda uchra-
tish mumkin. Kasallik klinik belgilarining namoyon bo‘lishi va
o‘lim yozning oxirida kuzatiladi. Parazit suv harorati 23°C dan
yuqori bo‘lganida jadal rivojlanadi.
Kasallikning klinik belgilari. Lerneyalar baliq terisini teshib
mushak to‘qimasigacha yetib, unga chuqurroq kirib, shu bilan
birga butun tananing yuzasiga joylashib oladi. Qisqichbaqa joy-
lashgan to‘qimalarda yallig‘lanish jarayoni kechadi, shish hosil
bo‘ladi, giperemiyalashadi va oq tor, ensiz yarachalar hosil bo‘ladi.
Zararlangan uchastkalarda patogen bakteriyalar, zamburug‘lar
rivojlanadi. Òo‘qimalarda qonli ekssudatning shimilishi oqibatida
teridagi tangachalar biroz ko‘tariladi, shaklsizlanadi va quruqlanadi.
Kasal baliqlar oziqa qabul qilmaydi, oriqlanadi, sekin harakatlanadi,
suv oqimiga to‘planadi, ayniqsa, zog‘orabaliq va buffalo turdagi
baliqlarning shu yilgilari. Baliqlarning qisqichbaqa bilan zararlanishi
juda ham yuqori bo‘lib, har bir baliqqa o‘nlab miqdorda bo‘ladi.


215
Lerneoz bilan zararlangan baliqlar kelgusi yilda kasallik tar-
qatuvchilari bo‘lib qoladi. Lerneyalarning lichinkali bosqichi ka-
sallikning manbayi hisoblanadi.
Patogenez va patanatomik o‘zgarishlari. Parazitning baliqlar
organizmiga patogenli ta’siri to‘qimalar funksiyasining buzilishi,
mushaklarda, ichki organlarda, ayniqsa, jigarda yallig‘lanish
jarayonining kechishidan iborat. Qisqichbaqalarning bezlardagi
zaharli sekretlari baliqlar organizmining umumiy holatiga salbiy
ta’sir etadi, qon tarkibi o‘zgaradi. Zararlangan to‘qimalar parcha-
lanadi, jigar to‘qimasining manbayi jarrohlik gepatiti rivojlanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin