216
o‘tkazish, hovuzlardagi loyqalarni quritish yo‘li bilan, dezinfeksiya
ishlarini muntazam ravishda
amalga oshirish maqsadga mu-
vofiqdir. Baliqlarni tashishda nazorat o‘rnatmoq lozim. Bosh va
suv bilan ta’minlovchi hovuzlarda zararlangan baliqlar bo‘l-
masligiga e’tibor berish, sharsharalarda profilaktik tadbirlar: yosh
va katta yoshdagi baliqlarni alohida o‘stirish, hovuzlarda ham-
madan ko‘ra ko‘proq moyil baliq turlarining (oq amur va buffalo)
sonini chegaralash kerak.
Arguloz — bu baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, uni
Argulus avlodiga mansub
A.foliaceus, A.coregoni va
A.japonicus
qisqichbaqalarining parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, ka-
sallik baliqlarning oriqlanishi, kamqonligi, oziqani yemay qo‘-
yishi, terida turli kattalikdagi yaralarning paydo bo‘lishi va ba’zan
esa baliqlarning nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
MDHning
Yevropa hududida, Sibirda,
Markaziy Osiyo
respublikalaridagi chuchuk suv havzalarida
Argulus foliaceus turi
tarqalgan bo‘lsa, Uzoq Sharq o‘lkasida
A.coregoni, G‘arbiy
Yevropa, Ukraina va Amur basseynida
A.japonicus turlari tarqalgan.
Qisqichbaqalar baliq terisida parazitlik qilib, qon bilan oziqla-
nishi oqibatida baliqlarni oriqlatib, ba’zan esa nobud bo‘lishiga
olib kelishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: