180
bo‘lgan lichinka, tuxumning qopqoqchasini
ochib suvda biroz
muddat suzib yuradi (koratsidiy). Koratsidiylarni qisqichbaqalar
iste’mol qilganlarida ularning organizmida koratsidiy rivojlanib
ikkinchi bosqichdagi lichinka — protserkoidga aylanadi. Òana-
sida ana shunday protserkoid bo‘lgan qisqichbaqalarni baliqlar
alimentar ravishda iste’mol qilganlarida, ularning qorin bo‘shli-
g‘ida 10—14 oy davomida uzunligi 2 m keladigan navbatdagi li-
chinka — plerotserkoid hosil bo‘ladi.
Plerotserkoidlar bilan
zararlangan baliqlarni parrandalar ushlab iste’mol qilganlarida
esa ular kasallikka chalinadilar va qo‘zg‘atuvchi 3—5 kun o‘tgach
jinsiy voyaga yetib tashqi muhitga tezak orqali yetilgan tuxum-
larni chiqara boshlaydi. Baliqlar organizmida plerotserkoidlar
3 yilgacha yashashi mumkin.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik barcha hududlarda: ko‘llarda,
suv omborlarida, kamroq daryo va hovuzlarda uchraydi. Kasallikka
ko‘p turdagi baliqlar: leshch, qizilko‘z, chavoqbaliq, qizilqanot,
karas, gustera, qushbaliq, so‘zanbaliq, oq amur, peshanado‘ng,
marinka, verxovka va boshqalar moyil. Ba’zan sazanda ham uch-
ratish mumkin. Plerotserkoidlar esa 2—4 yoshda baliqlarda uch-
raydi. Invaziyaning ekstensivligi 40—60%, II—3—7 donani tashkil
qilishi mumkin. Kasallik, asosan, bahor-yoz oylarida kuzatiladi.
Patogenezi. Plerotserkoidlar
rivojlanishi, o‘sishi
oqibatida
qorin bo‘shlig‘idagi organlar atrofiyaga uchraydi, ularning nor-
mal funksiyasi izdan chiqadi. Òuxumdan
atrofiyaga uchrashi
oqibatida baliqlar pushtsiz bo‘lib qoladi. Qo‘zg‘atuvchi haddan
tashqari ko‘p bo‘lsa, qorin bo‘shlig‘i shishadi, qorin devori yori-
lib, baliqlar nobud bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: