Bank huquqi


MARKAZIY BANKNING HUKUMAT BILAN MUNOSABATLARI



Yüklə 83,28 Kb.
səhifə6/8
tarix03.02.2023
ölçüsü83,28 Kb.
#122949
1   2   3   4   5   6   7   8
Bank huquqi fani Hasanov Jamshid

MARKAZIY BANKNING HUKUMAT BILAN MUNOSABATLARI
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi.
Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daxldor barcha muhim masalalar bo‘yicha maslahat beradi.
Markaziy bank har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek monetar va valyuta siyosati bo‘yicha davlat budjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan ma’ruzani taqdim etadi.
Hukumat kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz ajratish, shu jumladan ushbu qarz doirasida to‘lanadigan summalarni berish rejalari, shuningdek kredit berishning taklif etilayotgan muddatlari va shartlari to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan barcha qarzlar to‘g‘risida Markaziy bankka xabar beradi.
Markaziy bank hukumatning, shuningdek Moliya vazirligining ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda boshqa davlat organlarining pul mablag‘larini va valyuta qimmatliklarini depozitga qabul qilishi mumkin. Markaziy bank depozitariy sifatida pul mablag‘larini va valyuta qimmatliklarini oladi va beradi, ularning hisobini yuritadi. Markaziy bank ko‘rsatib o‘tilgan depozitlar yuzasidan foizlar to‘lashi mumkin.
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartlarda ish tutib, O‘zbekiston Respublikasi va davlat organlarining fiskal agenti sifatida:
Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari chiqargan qarz majburiyatlarini joylashtirish, bu joylashtirishlarni ro‘yxatga olish va ularni topshirishda agent rolini bajarish;
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymatini, ular bo‘yicha foizlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash;
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisobvaraqlari yuritish va ularga doir to‘lov operatsiyalarini bajarish;
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish borasida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Markaziy bank Moliya vazirligiga davlatning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va davlat qarzini qaytarish jadvali hamda hajmi masalalari yuzasidan ularning bank tizimi likvidliligiga ta’siri va monetar siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda maslahat beradi.
Kreditlar hukumatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan va bir yil ichida qiymati to‘lanadigan aktivlar garovga qo‘yilishi sharti bilan beriladi.
Kredit berish hukumat va Markaziy bank o‘rtasida alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, to‘lanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi.
Markaziy bank hukumatga obuna bo‘yicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa to‘lovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli.
Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlaridan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas.
Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik axborot almashib turadilar.
Hukumat, vazirliklar va idoralar Markaziy bankka u o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy axborot va hujjatlarni taqdim etadilar.

Yüklə 83,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin