Jild: 03 | Nashr: 01 | Yanvar 2022 “BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.or 76 tarbiyalashdan iboratdir. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy
zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Mamlakatimiz
rahbari
Sh.M.Mirziyoyevning
2016-yil
14-dekabrdagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” deb bejizga ta’kidlanmagan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va
samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirish ta’lim tizimi va ilm-fan sohasida o‘zaro integratsiyani, ta’limning
uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun taʼlim muassasalarida innovatsion pedagogik faoliyatga har qachongidan
ham koʻproq zaruriyat tugʻilyapti. Bu darslarni samarali oʻtish, vujudga kelishi
mumkin boʻlgan ziddiyatlarni oqilona hal etish imkonini beradi.
Boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchilarida
innovatsion
faoliyatga
tayyorlik
kompetentligini rivojlantirishni yoʻlga qoʻyish obyektiv voqelikni qabul qilishdagi
qarashlarini aniqlab beradi. Boʻlgʻusi oʻqituvchining innovatsion tayyorligi uzluksiz
taʼlim sharoitida pedagogik innovatsiyaning toʻliq mazmun-mohiyatini egallash
boʻyicha uning nazariy, amaliy va psixologik-fiziologik saviyasidir. Bunday tayyorlik
pedagogik tizim natijasi sifatida nazariya va amaliyotning bir butunligini taʼminlash,
oʻquv ishlariga vijdonan munosabatda boʻlishni tarbiyalash hamda ijodiy faollikni
rivojlantirish asosida oʻquvchilarda maʼlum fanlar, umumkasbiy faoliyat koʻrinishlari
boʻyicha bir butun bilimlar va malakalarni shakllantirishga koʻmak berishi kerak.
Yurtimizda pedagogik yo‘nalishida kadrlar tayyorlash sohasiga ham aynan mana
shunday progressiv nuqtai-nazar bilan yondashilayotgani yaqin kelajakda oʻzining
yorqin samaralarini berishi shubhasiz. Zero, shu boʻyicha qabul qilinayotgan Farmon
va qarorlar, boshqa huquqiy hujjatlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub
demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak
talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali
pedagog kadrlarni tayyorlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi
PF-6108-sonli “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan
sohalarini
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni, 2020-yil
6-noyabrdagi PQ-4884-sonli “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid