BILIM HAZINA - AXLOQ FAZILAT
Sotiboldiyev Adhamjon Jo‘raqo‘zi o‘g‘li
TVCHDPI talabasi
Ilmiy rahbar: Adambayev Umidjon Xaitbayevich
TVCHDPI o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bilim hazina darajasida ulug‘lanishi haqida, axloq esa eng ulug‘ va yaxshi fazilatlardan biri ekanligi haqida, islom dinida bilimga e’tibor qandayligi borasida, islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karimda axloq va bilimga qanday darajada urg‘u berilgani haqida, yoshlarni ilm olishga jalb etishda nimalarga e’tiborni qaratish borasida, bilim natijasida yoshlarning ma’naviy olamini shakllantirish borasida qanday vazifalarni oldimizga qo‘ya bilishimiz borasida fikr-mulohazalar yuritilgan.
KALIT SO‘ZLAR
Bilim, axloq, ma’naviyat, Qur’oni Karim, islom dini, ustoz, fazilat, hikmat. Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, bilim maskani.
Bilim qadim qadim zamonlardan buyon to bugungi kunga qadar ulug‘lanib hazina darajasiga tenglashtirib kelinadi desam mubolag‘a qilmagan bo‘laman. Keling maqolamning bayonini quidagi oyat bilan boshlasam: «Ayting: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi? Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat qila olurlar» - islom dinining muqaddas kitobi bo‘lmish Qur’oni Karim kitobining «Zumar» surasi 9-oyatida[1] yuqoridagi jumlalar keltirilgan bo‘lib, ularning ma’nosi quidagicha talqin qilinadi. Ya’nikim, bilimli kishilar bilimsizlardan qay darajada ustunlik qilishi haqida gap borar ekan, bilimsiz kishilarning pand-nasihatlariga quloq tutmaslik kerakligi, ular har javhada bizning oyog‘imizdan chalishi mumkinligi yoki ularning nasihatlariga quloq tutib boshlagan ishimiz yomon tomonga ketib pand yeb qolishimiz mumkinligi haqida fikr qilishimiz mumkin. Aqlli kishilargina hamisha va har qanday vaziyatda harkimga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata bilishi haqida fikr qilamiz; - “Aqilli kishi yo‘lidan chiqqan chuqurlarga tushsada, chiqish yo‘lini qidirib topa biladi. Bilimli kishilar esa yo‘lidagi chuqurlarga tushmaslik va ularni aylanib o‘tish choralarini ko‘ra biladilar”- degan gap ham bejizga aytilmagan .
Keling endi bilimning o‘zi nimaligi haqida kengroq to‘xtalib sizga tushunchalar berib o‘tsam:
Bilim - murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi[2] va bu bevosita bilish orqali amalga oshadi. Biz bilim olish jarayonini ikki bosqichga bo‘lib olamiz birinchisi, hissiy a’zolarimiz ya’ni sezgi a’zolarimiz orqali biz bilimga ega bo‘lamiz va ikkinchidan, biz sezgi a’zolarimiz orqali olgan bilimlarimizni ongimizda analiz - sintez qiib olgan bilimlarimizni tartibga keltiramiz. Bu nima egani?, bu shuni anglatadiki, biz ko‘zimiz orqali ko‘rib bilim olamiz, qulog‘imiz orqali eshitib bilim olamiz, mana shu jarayonda hislarimiz orqali bilim olayotganimizni tuyamiz va miyamiz anliz - sintez qila boshlaydi, ya’nikim, olayotgan bilimlarimizni kitob javonida tartib bilan joylangan kitob kabi kerakli joylarga o‘zi avtomatik tarzda joylashtiradi, ya’ni bu bizda xotiralar maydoni hisoblanadi va biz kitob javonidan kerakli adabiyotni olganimizdek, kerakli vaziyatda xotiramiz maydonidan o‘zimizga kerak bo‘lgan ma’lumotni olishimiz imkoni yaraladi mana shu jarayonlarning umumiy majmiyini bilim tashkil etadi.
Bilim berguvchi va ilmlardan bohabar qilguvchi avvalo ustozdir.”Ustoz ko‘rmagan shogirt har maqomga yo‘rg‘alar“ degan gap bejiz aytilgan emasdir. Shu boisdan ham, ustoz ota-onadek ulug‘ darajaga ko‘tarilib e’zozlanadi va islom dinida ham ustozlar haqida ko‘pgina oyat va hadislar keladi. Ma'lumki, muqaddas dinimizda ustoz va murabbiylarga ehtirom beqiyosdir. Muallimlik, murabbiylik va ustozlik martabasi ‒ buyuk sharafdir. Zero, bashariyatning eng afzal vakillari bo‘lmish payg‘ambarlar ham muallim va murabbiy qilib yuborilganlar. Darhaqiqat, bu soha vakillari jamiyatimizga suv va havodek zarurdir. Bu muhtaram zotlarni bamisoli o‘z nurini atrofga sochayotgan quyoshga o‘xshatsak bo‘ladi. Quyoshning nuridan barcha mavjudot foydalanganidek, ularning ma'rifat ziyolaridan butun bashariyat manfaatlanadi. Bu so‘zimizga hazrat Abdurahmon Jomiyning quyidagi baytlari yaqqol misol bo‘ladi:[3]
Dostları ilə paylaş: |