Makon – materiya mavjudligining asosiy ob’ektiv shakllaridan biri bo‘lib, mavjud ob’ektlar koordinatsiyasini, ularning bir-birlariga nisbatan joylashish tartibini va nisbiy ko‘lami (masofa va yo‘nalish)ini aks ettiruvchi munosabatlar majmuidir.Makonning asosiy xususiyatlariga uch o‘lchamlik (uzunlik, kenglik, balandlik), bir jinslik, izotroplik kiradi.
Prostranstvo
Space
Makrokosm (yunon. makros – katta, uzun va kosmos) – Koinot, universum, bir butun olam.
Makrokosm
Macrocosm
Maltuschilik – aholining ko‘payishi haqidagi qarashlar tizimiga asoslangan sotsiologik doktrina; unga ingliz iqtisodchisi va ruhoniysi Tomass Maltus asos solgan; u aholining o‘sishi geometrik progressiyada, yashash vositalari esa – arifmetik progressiyada o‘sishi va buning natijasida Yer yuzida aholining «mutlaq to‘lib–toshib ketishi» g‘oyasiniilgari surgan.
mal’tuzianstvo
maltuzianstvo
Mantiq – (yunon. logos – so‘z, fikr, nutq, aql) tafakkur qonunlari va shakllari haqidagi fan.
Logika
Logics
Mantiq qonunlari – inson tafakkuriga xos qonunlar. Formal mantiqning to‘rtta asosiy qonuni bor: ayniyat, nozidlik, uchinchisiistisno, yetarli asos qonunlari. Bu qonunlar to‘g‘ri fikrlashning zaruriy shartidir.