Determinizm (lot. determino – aniqlayman)– olamdagibarcha narsa va hodisalarning o‘zaro umumiy sababiy aloqadorlikka ega ekanligini e’tirof etuvchi ontologik tamoyil.
Determinizm
Determinism
Dialektika(yunon. dialektike (techne) suhbat, bahs yuritish san’ati) –tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojining eng umumiy qonunlari haqidagi fan; voqelikni rivojlanishda, qarama-qarshi tomonlarining birligida, yaxlit holda bilish metodi; biror narsa yoki hodisaning xilma-xil shakllari va ziddiyatlarining namoyon bo‘lishi orqali rivojlanish jarayoni.
Dialektika
Dialectics
Diskurs (lot. discursus – muhokama) – mantiqan teran asoslangan mulohaza; poststrukturalizm va kommunikativ falsafaning markaziy tushunchalaridan biri.
Diskurs
Discourse
Dixotomiya (yunon. dichotomia, dicha – ikki qismga + tome – bo‘lish) – butunniikki qismga bo‘lish.
Dixotomiya
Dichotomy
Differensiatsiya– butunning qismlarga ajralishi.
Differensiatsiya
Differentiation
Dogma yokiaqida (yunon. dogma – nuqtai nazar, ta’limot, qaror) – hech qanday muhokamalarsiz, isbotlarsiz va muayyan sharoitlarni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qabul qilinuvchi o‘zgarmas qoida, aqida.