BIOFIZIKA FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLAR KITOBCHASI 1-laboratoriya mashg’uloti Laboratoriya tadqiqotlarining umumiy qonuniyatlar (membranaviy preparatlar va to’qimalar ustida ishlash. Laboratoraviy asbob-qurilmalardan foydalanish
Laborotoriya mashg’ulotlarini o'tkazishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo'yicha
Laboratoriya ishining elektr sxemasini yig’ishda hatolikka yo’l qo’yib bo’lmaydi, aks holda, asbob ishdan chiqishi va talabaning hayotiga xavf tug’ilishi mumkin;
Asbob va jihozlarni stolga uning yo’riqnomasida ko’rsatilgandek holatda o’rnatish lozim (yotqizilgan, tik, burchak ostida va haqozolar).
Har bir laboratoriya ishni yig’ib bo’lgandan so’ng, uni albatta o’qituvchi ko’rib chiqishi va uning ruxsati bilan tok manbalariga ulanishi shart;
Laboratoriya ishini bajarib bo’lgach, elektr o’lchov asboblarini tok manbalaridan uzishni esdan chiqarmaslik zarur;
Idishlarga suyuqliklarni qizdirish uchun ularni 1/3 qismigacha suyuqlik quyish madsadga muvofiq.
Moddalar shisha idishlarda qizdirilganda ularni quruq yonilg’i alangasiga tegizmaslik kerak (chunki idishga dars ketib sinishi mumkin);
Quruq, yoqilg’ini ishlatib bo’lgach, uni maxsus qopqoq bilan berkitib o’chirish lozim.
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA QUYIDAGILAR MAN ETILADI: 1. Asbob va jihozlarni ularning yo’riqnomasi bilan tanishmasdan ishlatishga urinish.
2. Asbob va jihozlarni o’qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz olib ishlatish.
3. Elektr o’lchov asboblariga suv va boshqa suyuqliklar sepib, o’qituvchining ruxsatisiz ularni tok manbalariga ulash va ularning qisqichlarini qo’l bilan ushlash qat’iyan man qililadi.
4. Tajriba jarayonida asbob va kihozlar joylashgan taglikka o’tirish, har xil buyumlar qo’yish va unga kuch bilan zarba berish.
5. Asbob va jihozlarni begonalarning foydalanishi uchun berish.
6. Asbob va jihozlarni yoki ortiqcha buyumlarni olib ketish.