Suyuqiklarning sirt tarangliklarini o'lchash amaliyotida suyuqlik yuza qatlamidan qattiq konturni yulib olish uchun zarur bo'lgan kuchni o'lchashga asoslangan Dyu Nui halqa metodi keng qo'llaniladi.
Halqa metodi o'zining qulay va oddiy bo'lishiga qaramay, bir qator kamchiliklarga ham ega. Halqacha qo'llanish effektining o'lchov natijalariga ko'rsatadigan ta'sirining e'tibordan chetda qolishi va bir qator hollarda halqacha usulining umuman noqulayligi shular jumlasidandir. Shularni e'tiborga olib, quyida kam tarqalgan, ammo laboratoriya sharoitida barpo etilishi osonlashtirilgan va o'zgartirilgan Rebinder usuli keltirildi.
Rebinder sirt taranglik o'lchash usuli suyuqlik yuza bo'lim chegarasida hosil qilinadigan havo pufakchasining yorilishiga mos keladigan bosimni o'lchash-ga asoslangan. Asbob kapillyar naychasining uchi suyuqlik yuzasiga tegib turgan sharoitda, u orqali havo berilib, berilgan havo bosimi sekinlik bilan oshirilib borilsa, kapillyar uchida pufakcha xosil bo'ladi. Pufakcha kattaligi bosim oshgan sari osha boradi va bosim pufakcha devoridagi molekulalarning tortishish kuchlarini enga oladigan darajaga etganda esa pufakcha yoriladi. Ana o'sha pufakcha yorilishiga sabab bo'ladigan bosim suyuqlik sirt tarangligiga to'g’ri proportsional bo'lib, kapillyar uchining diametriga teskari proportsionaldir, ya'ni
bu erdagi p-havo bosimi, σ-suyuqlik sirt tarangligi, r-kapillyar radiusi, k-propor-tsionallik koeffitsienti.
Ikki xil suyuqlik uchun o'lchab olingan bosimlar ularning sirt tarangliklari bilan quyidagicha bog’langan:
bu erdagi σ va σo-olingan suyuqliklarning sirt tarangliklari, P va Po-esa o'sha suyuqliklar uchun o'lchab olingan bosim kattaliklari. Mazkur munosabatga ko'ra, birinchi suyuqlikning sirt tarangligi teng bo'ladi:
Agarda olingan suyuqliklardan birining sirt taranglik kattaligi bilan o'sha sukyuqlik uchun o'lchab topiladigan bosim kattaligiaro nisbat doimiy deb qaralsa, ya'ni k= σo/ Po uholda (2.5) formula quyidagi shaklga kiradi:
Demak, Rebinder usuliga muvofiq, biror suyuqlikning sirt tarangligini aniqlash uchun avvalo, asbob doimiysi topilishi shart. Qulaylashtirilgan Rebinder asbobining tuzilishi va undan foydalanish yo'llari Rebinder asbobi (2.1-rasm) suyuqlik quyishga mo'ljallangan idishcha (probirkacha (1)) va pastki uchi idishdagi suyuqlik yuzasiga tegib turadigan, cho'ziq uchli maxsus shisha naycha (2)ni o'z ichiga oladi. Mazkur naychaning ikkinchi uchi rezinka muftaga ulangan shisha trubka orqali bir tomondan, suvli manometrga, ikkinchi tomondan esa, uch yo'lli kran (4) orqali havo haydovchi sistema (shprits (5))ga ulanadi. Havo haydovchi sistema shprits va uning ichidagi havo bosimining bir tekis oshirilishi va zarur bo'lganda havo olishni ta'minlovchi vint(6)lardan tashkil topgan.