Biogenetik nazariya va uning mazmuni


A.N.Seversovning filembriogenez nazariyasi



Yüklə 27,57 Kb.
səhifə2/3
tarix28.04.2023
ölçüsü27,57 Kb.
#125995
1   2   3
Biogenetik nazariya va uning mazmuni

A.N.Seversovning filembriogenez nazariyasi. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida biogenetik qonun juda ko'p tanqidlarga uchradi. Bu qonunni rivjlantirishda A.N.Seversov ulkan hissa qo'shdi. U organlarning ajdodlarda va jinsiy voyaga yetgan organizmlarda rivojlanish yo'llarini o'rgandi. Ana shu o'rganish jarayonida Seversov embrion rivojlanishi davrida ajdod belgilariga nisbatan o'zgargan yoki yangi belgilar paydo bo'lishining yo'nalishlarini aniqladi va bularni filembriogenez qonuni deb atadi. Bu qonunga ko'ra, ontogenezda filogenez aynan takrorlanmasdan, balki ba'zi o'zgarishlar yo'li bilan takrorlanadi. Seversov filembriogenezning quyidagi yo'llarini aniqladi: 1 Ba'zi hayvonlarda yangi belgilar embrional rivojianishning dastlabki bosqiclridapaydo.bo'ladi.Filembriogenezning bu tipi arxallaksis deyiladi. 2 Yangi belgilar individual rivojianishning o'rta bosqichida paydo bo'lsa, uni deviasiya deyiladi. 3 Agar o'zgarishlar taraqqiyotning oxirgi bosqichida paydo bo'lsa, bu hodisa anaboliya deyiladi.
Shunday qilib, Seversov bo'yicha, ontogenezda har xil organlar har xil davrlarda paydo bo'ladi. Seversov ko'p hujayralilar ontogenezining kelib chiqishi va evolyusiyasi haqida nazariya yaratdi. Bunda rekapitulyasiyaga asoslangan anaboliyaga katta ahamiyat berdi. Seversov ko'p hujayralilar bir hujayralilarning koloniya bo'lib yashaydigan formalaridan kelib chiqqan, degan gipotezatarafdori edi. Jumladan, volvoks koloniyasi 20 000 hujayragacha yetishi mumkin, shundan keyin gistologik defferensiasiya boshlanadi. Seversov bo'yicha, gidra rivojlanishi davrida embrionning maydalanish davriga o'xsliash davr sodir bo'ladi. Shunday qilib, gidra ontogenezi yangi davrlar tufayli uzaygan.
Seversov bilaterial simmetriyali hayvonlar ontogenezi evolyusiyasini murakkab va ko'p bosqichli, deb tasawur etadi.
Gavdaning birlamchi va ikkilamchi metameriyasi
Embriologlar va evolyusion morfologlar XX asrning birinchi yarmida P.P. Ivanov tomonidan amalga oshirilganva V.I. Beklemishev, P.G. Svetlov va boshqalar tomonidan rivojlantirilgan yirik morfologik umumlashmaga katta e'tibor bermoqdalar. Bu nazariya "gavdaning birlamchi va ikkilamchi metameriyasi", "gavdaning birlamchi geteronomiyasi" yoki "larval segmentasiya" nomlari bilan atalmoqda. Bu nazariya biogenetik qonun bilan maxsus taqqoslanmagan. Ammo bu nazariya hayvonot dunyosining birligiga oid ma'lumotlarga va individual rivojlanishda filogeniyaning namoyon bo'lishiga asoslangan.
Metameriya grekcha meta - keyin, meros - bo'lak, qism degan ma'noni bildiradi. Ba'zi organizmlarda gavdaning bo'yiga yoki simmetriyasi bo'ylab o'xshash qismlarga (metamerlarga) bo'linishi metameriya deyiladi. Metameriya simmetriyaning bir ko'rinishi sifatida qaraladi. Metamerlarda o'xshash organlarning takrorlanishi gemodinamizm deyiladi. Metameriya xar nil biologik sabablar va usullar bilan paydo bo'ladi. Ba'zi kovakichlilarda metameriya hodisasi koloniya strobilyasiyasi davrida bo'linish yoki kurtaklanish oxiriga yetmaganda sodir bo'ladi, ya'ni bir tomoni o'sib, ikkinchi tomoni o'sishdan orqaga qoladi. Lentasimon chuvalchanglarda har bir bo'g'imda jinsiy organlar takrorlanishi metameriya hisoblanadi. Yuksak ko'p hujayralilarda metameriya ichki tuzilishning tartibga solinishi, organlar mnksiyasining intensifikasiyasi, harakat mexariizmlarining takomillashishi
(masalan, o'rmalash yoki suzish) orqali paydo bo'lgan. Metameriya o'simliklarga ham xosdir. O'simliklarda metamer chiziq bo'yicha yoki tarmoqlangan shoxlarda joylashgan. Metamerlar botanikada fitomerlar deb ataladi. Hayvonning gavdasidagi hamma metamerlar bir-biriga o'xshash bo'lsa, gomonomiya, agar metamerlar fimksiyasi va tuzilishi bo'yicha har xil bo'lsa, geteronomiya deyiladi. Agar metameriya orgaiilar sistemasining hammasida paydo bo'lsa, uni segmentasiya deyiladi. Halqali chuvalchanglarda shunday hodisani kuzatish mumkin. Zoologiyada metameriya asosida tuzilishni ma'lum hayot sharoitiga moslanish, ma'lum harakatlanish usuliga moslanish (o'rmalab harakatlanish uchun o'simtalar paydo bo'Ushi), malisuldorlUcning oshishiga moslanish (gonadalarning takrorlanishi), qon aylanishning takomillashishi va boshqalar bilan tushuntirib kelinmoqda. Ba'zi zoologlar fikricha, gavdasi dastlab segmetlashmagan hayvonlarda yangi organlar paydo bo'Ushi bilan metameriyaga uchragan. Shundan kelib chiqqan holda, mezoderma metameriyasi, ya'ni embrion rivojlanishi davrida somitlarga bo'linishi sodir bo'ladi. Mezoderma metameriyasi mezodermadan hosil bo'lgan organlar metameriyasiga olib kelgan.

Yüklə 27,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin