BIOGENETIK NAZARIYA VA UNING MAZMUNI Mundarija: Kirish Asosiy qism 1.Biogentik nazariya haqida tushuncha
2.Biogentik nazariyaning mazmuni va mohiyati
3.Biogenetik qonun haqida tushuncha
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Biogenetik nazariyada insonning biologik etilishi bosh omil sifatida qabul qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo‘lib, ana shu omil bilan o‘zaro bog‘liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirish bosh maqsadi biologik determinantlrga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Rivojlanish jarayonining o‘zi, dastavval biologik universal bosqichich sifatida talqin qilinadi.
Biogenetik qonun F.Myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonun organning rivojlanishi nazariyasini tashviq qilishda hamda antidarvinchilarga i kurashdi muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq unda organning individual va tarixiy rivojlanishi munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, biogenetik qonunlarga ko‘ra, shaxs psixologiyasining individual rivojlanishi (ontogenez) butun insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi.
Nemis psixologi V.SHterining fikricha, chaqaloq (yangi tug‘ilgan bola) hali odam hisoblanmaydi, balki faqat sut emizuvchi hayvondir; olti oylikdan oshgach u psixik rivoji jixatidan faqat maymun darajasiga tenglashadi, ikki Yoshida oddiy odam holiga keladi, besh Yoshlarida ibtidoi gala holidagi odamlar darajasiga etadi, maktabga kirgandan boshlab ibtidoi davrni boshdan kechiradi, kichik maktab Yoshida uning ongi o‘rta asr kishilari darajasiga, nihoyat etuklik davri (16-18 Yoshlari)dagina hozirgi zamon kishilarining manaviy darajasiga erishadi.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis “”konstitutsion psixologiyasi (insoning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi)tipologiyasining negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipii va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipii Bilan o‘sishining xussiyati o‘rtasida o’zviy bog‘liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: (sikloid (tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘t beqaror) va shizion (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan)Larga ajratadi. Bu taxminni Yosh davrlari, xususiyatlariga ham tadbiq etib, o‘smirlar sikloid xususiyatli, o‘spirinlar esa shizoid xususiyatliligini takidlaydi. Lekin insonning kamol topishida biologik shartlardan sifatlar hamisha etakchi va hal qiluvchi rol o‘ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
AQSHda individual tajriba va bilimlarni o‘zlashtirish (ko‘nikish) nazariyasi keng tarqalgan. Mazkur nazariya binoan, shaxsning hayoti va voqelikka munosabati, ko‘nikmalarni egallashi va bilimlarni o‘zlashtirishi qo‘zg‘atuvchining barqarorligiga bog‘liqdir.
K.Levin taviya qilgan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi o‘z davrida muhim ahamiyat kasb etgan. K.Levin nazariyasiga ko‘ra shaxsning xulqi (xatti-xarakati) psixologik kuch vazifasini o‘tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) Bilan boshqarilib turiladi, buk uchli fazoviy zarurat maydonning ko‘lami va tayanch nuqtasiga yo‘nalgan bo‘ladilar.
Yuqorida ifodalangan har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o‘zgalar uchun yopiq va maxfiy muxitning xussiyatlaridan kelib chiqqan xolda tushuntiradi, bunda u odam xoxshini yoki xoxlamasligidan qa’tiy nazar, mazkur sharoitga moslanmog‘i (ko‘nikmog‘i) zarur, degan qoidaga amal qiladi.
Psixologiyada psixologik yondashish ham avjud bo‘lib, u biogenik va sotsiogeneik omillarning qimmatini kamentmaydi, balki psixik jarayonlarning rivojalanishi birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Mazkur yondashishni uchta mustaqil yo‘nalishga ajratib tahlil qilish mumkin va bu yo‘nalishlar o‘z mohiyatini, kechishi va mahsuli jixatidan keskin farqlanadi.
Biogenetik nazariya va uning mohiyati, sotsiogenetik nazariyasining mazmun mohiyati, konstitutsion nazariyaning mazmuni, rollar nazariyasi mazmuni.
Хоzirgi kunda insоn shaхsini tadqiq qilishga har hil nuktai nazardan yondоshadigan bir katоr nazariyalar (ta’limоtlar) mavjud:
a) biоgеnеtik,
b) sоtsigеnеtik,
v) psiхоgеnеtik.
g) kоgnitivistik,
d) psiхо-analitik,
е) biхеviоristik.
Biоgеnеtik nazariyada - insоnning biоlоgik еtilishi bоsh оmil sifatida qabul qilinadi. Biоgеnеtik qоnunni F.Myullеr, va E.Gеkkеl kashf qilgan- ular fikricha: shaхs psiхоlоgiyasining individual rivоjlanishi (оntоgеnеz) butun insоniyatning tariхiy rivоjlanishining (filоgеnеzni) asоsiy bоsqichlarini qisqacha takrоrlaydi. (chakalоk-faqat sut emizuvchi хayvоn, 6 оylikda maymunlar darajasiga еtadi, 2 yoshida оddiy оdam, 5 yoshda ibtidоiy gala, maktabga kirgach ibtidоiy davr оdami darajasida, 16-18 yoshda хоzirgi zamоn kishilari darajasiga еtadi dеb хisоblaydilar. Insоn zоtidagi rivоjlanishi bоsqichlari filоgеnеzni aynan takrоrlamaydi. Biоlоgizm tarafdоrlaridan Krеchmеr «Kоnstitutsiоn nazariya» yaratgan. Z.Frеyd esa shaхsning barcha хatti-harakatlari instinktlaridan kеlib chikadi dеb хisоblaydi. Albatta, biоlоgik оmillar insоn хulqini bеlgilоvchi birdan bir оmil emas.
Sоtsiоgеnеtik nazariya - insоn biоlоgik tur sifatida to`g’ilib, хayotdagi ijtimоiy shart-sharоitlarning bеvоsita ta’siri оstida shaхsga aylanadi, dеb хisоblaydi. M.: rоllar nazariyasi ta’limоti insоn ijtimоiy muхitda bajarishi shart bo`lgan maхsus rоllar uning хulq atvоrida, boshqalar bilan munоsabatida sеzilarli iz qоldiradi dеb хisоblaydi.
1828 yilda K.Ber har xil umurtqali hayvonlar embrion rivojlanishining dastlabki bosqichlari o'xshash bo'lishini kuzatib, o'zining "embrionlar o'xshashligi" qonunini yaratdi. Ch.Darvin o'zining evolyusion ta' limotini yaratishda bu qonundan keng foydalandi. U qadimgi va hozirgi hayvonlar embrioni bir-biriga o'xshashligiga ishondi. Bunda Darvin ajdod belgilari takrorlanishini bilardi.
F.Myuller va E. Gekkel (1866-1874 ) Darvinning evolyusion ta'limoti ta'sirida biogenetik qonunni yaratdilar. Gekkel bu qonunni "asosiy biogenetik qonun" deb atadi. Biogenetik qonun Darvin g'oyalariga yaqin bo'lganligi uchun uni Darvin- Myuller-Gekkel qonuni deb atash mumkin. Biogenetik qonunni asoslash uchun Myuller ko'p ish qildi, Uning aniqlashicha, har xil turga kiradigan qisqichbaqasimonlarning lichinkalik davri bir-biriga juda o'xshash bo'ladi. Jumladan, krablarda parazitlik qiladigan Sacculina jinsiy voyaga yetganda qisqichbaqasimonlarga o'xshamaydi, ammo uning lichinkasi tuban qichqisbaqasimonlarga o'xshaydi. Myuller shunday xulosaga keldiki, hamma tuban qisqichbaqalar hozirgi qisqichbaqalarning iichinkasiga o'xshaydigan bitta ajdoddan kelib chiqqan.
Gekkel va Myuller individual rivojlanish davomida shaklning o'zgarib borishining filogenez bilan bog'liqligini tushunib yetdilar.
"Ontogenez irsiyat va moslanish tufayli filogenezning qisqa va tez takrorlanishidir". Biogenetik qonunning mazmuni, mohiyati ana shundan iborat bo'lib, u ancha keng va murakkabdir. Jumladan, hamma hayvonlarning tuxumi o'xshash bo'ladi, evolyusiya jarayonida taraqqiyotning keyingi davrlarida yangi bosqichlar qo'shilishi tufayli o'zgarishlar sodir bo'ladi, agar har xil omillar ta'sir etmasa, embrional rivojlanish davrida uning tarixiy taraqqiyotini "kinofilm" kabi tomosha qilish imkoniyati bo'ladi. Masalan, sut emizuvchilar "filmida" sodda hayvonlardan sudralib yuruvchilargacha bo'lgan tarixiy taraqqiyot namoyish etilardi. Ammo belgilarning o'zgarishlarsiz namoyon bo'lishiga embrion, lichinka va jinsiy voyaga yetgan formalarning muhit sharoitlariga moslanishi yo'l qo'ymaydi.
Biogenetik qonundan shu narsa ma'lumki, qadimgi belgilar embrional rivojlanish davrida namoyon bo'lishi lozim. Ammo bu ketma-ketlik ko'p hollarda buziladi. Biogenetik qonun tarafdorlari bunday holatni quyidagicha izohlaydilar. Evolyusiya jarayonida organizmlar taraqqiyoti qisqargan (filogenezga nisbatan), taraqqiyotining o'zi soddalashgan, organlar taraqqiyot yo'li o'zgargan. Organlar hosil bo'lishi va rivojlanishining o'zgarishi geteroxroniya deyiladi. Ba'zi olimlarning fikricha, progressiv organlar embrion rivojlanishining dastlabki davrlarida paydo bo'ladi (Menert). Masalan, bosh miya, sezgi organlari, yurak ertaroq, jinsiy organlar va ichaklar kechroq paydo bo'ladi.
Gekkel bunday o'zgarishlarni tan olmadi. Quruqlik hayvonlarida o'pka, baliqlarda suzish pufagi orqa jabra xaltasi o'zgarishidan hosil bo'lgan.
Biogenetik, qonun Gekkel tomonidan filogenezni "tiklash", organik dunyo qon-qarindoshligini bilish uchun foydalanildi. Gekkel organik dunyoning paleontologik ma'lumotlarga ega bo'lmagan qismi haqida juda ko'p narsalarni oldindan aytib bergan, ko'p hujayralilarning kelib chiqishi haqida gasteriya nazariyasini yaratdi. Gekkel tassawur qilgan hayvon embrionning gastrulyasiya davriga o'xshaydi.
Rekapitulyasiya. E.Gekkel tomonidan dastlabki qadimgi gipotetik hayvonlar - blasteya va mareya (blastula va marulaga to'g'ri keladigan) haqida tasawurlar hosil qilindi. Blasteya hozirgi kolonial (volvox) formalarga taqqoslab o'rganildi. Gastreya davrini kovakichlilarga taqqoslab, unda ektoderma va entoderma qavatlar borligini aniqladi. Biogenetik qonunga ko'ra, bu hayvonlar ontogenezi davrida voyaga yetgan ajdodlarining belgilarini rekapitulyasiya qiladi.
Rekpitulyasiya lotincha recapitulasio - aytilganning qisqa takrorlanishi degan ma'noni bildiradi. Morfologlar XIX asrda ko'plab rekapitulyasiyalarni aniqladilar.
1. Hamma ko'p hujayralilar urug'langan tuxum hujayradan rivojlanadi.
Ko'pchilik hayvonlarning embrional rivojlanishi davrida embrion varaqlari hosil bo'ladi.
Hamma umurqalilarda xorda hosil bo'ladi.
Qushlar, sut emizuvchilar va odam embrionining rivojlanishi davrida jabra yoriqlari hosil bo'ladi, yuragi baliqlar yuragiga o'xshaydi, ayiruv organlari pronefros tipidabo'ladi.Embrionning keyingi rivojlanishi davrida bu organlar o'zgarib, mazkur sinfga xos belgilar paydo bo'ladi.
5. Palma o'g'risining rivojlanishi biogenetik qonunning isboti -t hisoblanadi. Uni qaroqchi krab yoki kokos krabi ham deyiladi. Bu hayvon quruqlikda yashab, kokos yong'og'i bilan oziqlanadi. O'pka bilan nafas oladi, agar 4-5 soat suvga solib qo'yilsa, o'ladi. Tuxumini bir-biriga tizib qo'yadi, tuxumdan chiqqan plankton lichinkasi zoea deyiladi. Jabra yoriqlari yo'qolmaydi, ammo nafas olishda qatnashmaydi. Biogenetik qonun tarafdorlari palma o'g'risini ontogenezda filogenez takrorlanishiga yaqqol misol, deb qaraydilar.
6.Amfibiyalar individual rivojlanishi ham rekapitulyasiya hisoblanadi. Baqa lichinkasining dumi, jabra yoriqlari baliqlardan meros bo'lib qolgan.
7. Rivojlanish davrida to'qima va organlarda ajdod belgilari paydo bo'lishi mumkin. Bu gistogenetik rekapitulyasiya deb ataladi.