Uglevodalar tabiatda keng tarqalgan organik birikamalar bo‘lib ular umumiy Cn(H2O)m formula bilan ifodalanadi . Uglevod atamasining
nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xuddi suv molekulasiga o‘xshashligidan kelib chiqqan.
Uglevodlar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega
birikmalardir . Ular oqsillar, nuklein kislotalar va yog‘larni hosil bo‘lishida
Alohida ahamiyatga ega. Uglevodlarning ko‘pchiligi o‘simliklarda
zahira modda sifatida to‘planadi. Masalan , paxta tolasini , kanop o‘simligi
po‘stlog‘ini selluza deb ataluvchi polisaxarid tashkil etadi. Kraxmal esa
ildizmevali , tugunakli o‘simliklarda va donli o‘simliklarning urug‘larida
zahira modda sifatida to‘planadi . Hayvon hujayralarida uglevodlarning
miqdori kam bo‘lib , 1-2 % ni , bazan 5% ni tashkil qiladi.
O‘simlik hujayralarida esa uglevodlar ko‘p miqdorda uchraydi va ayrim
xollarda quruq massaning 95 % dan ( paxta tolasida ) iborat bo‘ladi .
Uglevodlar ikki xil : monosaxarid va polisaxaridlarga bo‘linadi .
Monosaxaridlar oddiy uglevodlar yoki shakarlardir.
Ulardan eng muhimlari gulkoza ( uzum shakari ) va fruktoza (meva
shakari ) hisoblanadi . Glukozaning qondagi miqdori 0.1 -0.12 % ga teng .
Riboza bilan dezoksiriboza ham monosaxaridlarga mansub va ular
nuklein kislotalar tarkibida uchraydi .
Ikkita monosaxariddan tashkil topgan birikma Disaxaridlar deb ataladi.
Bularga saxaroza ( qand lavlagi shakari ) , maltoza ( don shakari ),
laktoza ( sut shakari) misol boladi .
Ko‘p sonli monosaxaridlarning qo‘shilishidan xosil bo‘lgan murakkab
uglevod polisaxaridlar deb ataladi. Kraxmal , glikogen , selluloza kabi
moddalar polisaxaridlarga misol bo‘la oladi . Paxta tolasi deyarli
toza sellulozadan iborat. Bularning monomerlari glukoza hisoblanadi .
Polisaxaridlar tirik organizmda ikkita asosiy : qurilish va energetik
vazifalarni bajaradi . Masalan , selluloza o‘simlik hujayrasining qobiqlarini
hosil qilishda ishtirok etadi ; murakkab tuzilishga ega bo‘lgan xitin
moddasi hasharotlarning tashqi skeleti tarkibiga kiradi.
Xitin zamburug‘ hujayrasi tarkibida ham uchraydi .
Uglevodlar hujayraning asosiy energetik manbai hisoblanadi . 1 gr
uglevod parchalanganda 17. 6 kj energiya ajralishi aniqlangan .
O‘simliklarda kraxmal , hayvonlarda glikogen zahira modda sifatida hujayralarda to‘planadi va bu moddalar oziqa hamda energiya zahira vazifasini o‘taydi .