Biologiya fanidan sinfdan tashqari ishlarni noan’anaviy usulda tshkil qilish



Yüklə 311,94 Kb.
səhifə3/3
tarix22.10.2017
ölçüsü311,94 Kb.
#10141
1   2   3

Shoh va shoir

Z.M.Bobur tavalludiga bag`ishlanadi
Kecha o`tkaziladigan zal maxsus bezatilgan

Sahna devorida boburning portereti, chop etilgan kitoblari. Boburga bag`ishlab yozilgan she’rlar va Bobur asarlariga bag`ishlab chizilgan suratlar albomlar qo`yilgan.


1-boshlovchi:

Andijon bag`ridan uchib bir yulduz,

Hindiston tojiga gavhardek qo`ndi.

Otash yuragida aylanar bir so`z

Andijon qoldiku, Andijon qoldi.

2-boshlovchi:

Dunyo charxpalagi tinmay aynalar,

Takror zamonlar o`taverar.

Asrlar qaridan bir so`z ingrar

Andijon qoldiku, Andijon qoldi.

1-boshlovchi:

Assalom Bobur, mo`tabar ustoz

Xalqim e’zozlagan buyuk ajdodim.

Assalom, bobojon, buyuk alloma

Yo`lim yoritguvchi porloq quyoshim.

2-boshlovchi:

Nurli o`tmishimiz nurafshoni siz,

Buyuk bir millatning buyuk shonisiz.

Bobojon dillarda so`nmas mehringiz,

Avlodlar g`ururi qalb vijdonimiz

1-boshlovchi:

Assalomu-alaykum, hurmatli ustozlar qadrli ota-onalar va aziz o`quvchilar! Bugun biz shoh va shoir, davlat arbobi hamda buyuk sarkarda Zahriddin Muhammad Bobur tavalludiga 527-yil to`lganligi munosabati bilan o`tkazilayotgan ushbu bayram kechasiga to`planib turubmiz.

2-boshlovchi:

Bugungi kechamiz xalqimizning asl farzandi, vatan nomini dunyoga tanitgan ammo shu vatanidan bir umrga ayro tushgan, uning hajrida doimo yonib kuylab o`tgan fidoyi Z.M.Boburga bag`ishlanadi.

1-boshlovchi:

Zahriddin Muhammad Bobur

O`n to`rtinchi fevralda tug`ildi Bobur.

Ota-onasi baxtiyor bo`lishdi axir,

Bo`lajak shoir deb nom oldi Bobur.

2-boshlovchi:

Ulug` insondir Zahriddin Bobur

Mashhurdir Zahriddin Bobur.

Shox va shoirdir Zahriddin Bobur

El sevgan insondir Zahriddin Bobur!

1-boshlovchi:

Bu buyuk inson tariximizning eng murakkab siymolardan biridir.

2-boshlovchi:

Dunyoga kelib qisqa umr ko`rdi, bor-yo`g`i 47 yil hayot kechirdi. Lekin shu suronli kechgan umri bilan jahon tarixidan shavkatli o`rin olib ulgirdi.

1-boshlovchi:

Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14-fevralda Andijonda Umar Shayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shahzodalarga xos munosib ta’lim tarbiya olgan Bobur otasi vafotidan so`ng 12-yoshida taxtga o`tirdi.

1-boshlovchi:

Bobur toj-taxt uchun bo`lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistonda qudratli saltanat o`rnatgan davlatning gullab yashnashiga katta hissa qo`shgan sevimli shoirimiz 1530-yil Agra shahrida olamdan o`tdi.

2-boshlovchi:

U o`z umri davomida “Boburnoma” “Mubbayin al-zahot”, “Xatti Boburiy” “Harb ishi” kabi ko`plab asarlar, ruboiy va g`azallar yozdi.


1-boshlovchi:

Hozir o`quvchilar Z.M.Boburning ruboiylardan aytib berishadi.

1-o`quvchi:

Yod etmas emish kishini g`urbatda kishi,

Shod etmas emish ko`nglini mehnatda kishi.

Ko`nglim bu g`ariblikda shod o`lmadi oh,

G`urbatda sevinmas emish albatta kishi.

2-o`quvchi:

Ko`pdan berikim yor-u diyorim yo`qdur,

Bir lahza-u bir nafas qarorim yo`qdur

Keldim bu sori o`z ixtiyorim birla,

Lekin borurimga ixtiyorim yo`qtur.

3-o`quvchi:

Xush ulki ko`rgum tushti sening ko`zingga,

Bevosita salomim desam o`zinga.

Bermay so`zima javob achchig`lanasen,

Qilding meni muhtoj chuchuk so`zingga

4-o`quvchi:

Hijron qafasida jon qushi dam qiladur,

G`urbat bu aziz umrni kam qiladur

Ne nav bitay firoq-u g`urbat sharqin,

Kim ko`z yoshi nimaning yuzini ham qiladur.

5-o`quvchi:

Tuzoh, Zahriddin Muhammad Bobur,

Yuz oh Zahriddin Muhammad Bobur.

Sarishtai ayshdin ko`ngulni zinhor,

Uz, oh Zahriddin Muhammad Bobur.

Sen gulsen-u men faqir bulbuldurmen,

Sen shu’lasen, ul shu’lag`za men kuldurmen.

Bobur taxtda o`tiribdi. Atrofidagi uch-to`rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy ahvol soliqlar to`g`risida suhbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning huzuriga kirish uchun izn so`rayotganini aytadi.

Bobur: -Ruxsat, huzurimga olib kelingiz. (Notanish kishi qo`lida qovun bilan kirib keladi va ta’zim qiladi).

Kishi: -Assalomu-alaykum, hazratim. (Ta’zim bajo keltiradi).

Men savdogarman. Sizning huzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirgan qovundan olib keldim, ona yurtingizdan olib kelingan bu ne’matdan tatib ko`ring, hazratim. Zora sog`inchingizga malham bo`lsa. (Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo`llari bilan qovunni oldi. Uni uzoq hidlab yuz-ko`zlariga surtadi va o`ta g`amgin holda gapiradi).

Bobur-Rahmat, sizga.

Vatanimning xush bo`ylarini olib kelgan bu qovunda, Andijon shamoliyu musaffo havosini, tabarruk tuprog`ining isini, beqiyos ekinzorlarining go`zalligini, bolaligim go`zal vodiylar manzarasi, dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mehrini tuydim. Kindik qonim to`kilgan vatanim mening beshigim, sog`inchim va tuganmas armonimdir. (Xo`rsinish ohangida ruboiy o`qiydi).

Tole’yo`qu jonimg`a balolig` bo`ldi,

Har ishniki ayladim, xatolig` bo`ldi.

O`z yerni qo`yib, Hind sori yuzlandim

Yo rab netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi.

2-boshlovchi:

Endi navbat viktorina savollariga.

1-savol: Bobur Mirzo nomi bilan atalmish bog`. Shoirning ramziy maqbarasi hamda “Bobur va jahon madaniyati” muzeyi qayerda joylashgan va qachon tshkil etilgan?

2-savol: Jahongir Boburni dunyo tadqiqotchilari yakdillik bilan “Bobur insonlar ichida eng botirdir” deb e’tirof eddilar.

Bu fikrga qo`shimcha qilib, Boburni – insonlar ichida eng rostgo`yidir deb atasak xato bo`lmaydi. Mirzo Boburning qalb daftari bo`lmish, “Boburnoma”da fe’l atforidagi juz’iy va ulug` nuqson-u ayblarni yashirmay so`zlaydi, iztiroblar ruhining og`riqli ziddiyatlarini kitobxondan pinhon tutmaydi, noxush holatlardan ko`z yumib qo`ya qolish Mirzo uchun mushkul emas.

3-savol-Bobur Mirzoning to`ng`ich o`g`li valiahdi, hatto joni evaziga jonini qurbon farzandi Humoyun Mirzo she’r yozganmi?

Yoki so`z she’ri ijod zavqi unga begona bo`lganmi?

4-savol: Boburiylar saltanatida yorqin olmos bo`lib porlagan, 30-yildan ziyod Hindistonda qudratli podshoh bo`lib davr surgan, zamondoshlari “Omadli shoh” deb atagan shoh kim?

U haqda nimalarni bilasiz?

5-savol: Zahriddin, ortga bir qara, ortga, bir boq, toki sen omon axir, keyin tushlaringda ham bu tuproqni ko`rmog`ing gumon.

Boburning hasrati, armoni ifodalangan she’riy paroka muallifi kim.

Endi navbat sahna ko`rinishiga.

6-savol-Bobur Mirzoning avlodlari orasida u eng shijoatli, eng qat’iyatli zot bo`lgan, ulug` bobosi singari u ham 13 yoshida podshoh deb e’lon qilingan. U Hindistonlik ko`p millatli, ko`p toifali, ko`p dinli, ko`p muammoli davlatni qariyb yarim asr mobaynida boshqardi va uni taraqqiyotning yangi pog`onasiga ko`tardi. Uning davlat arbobi sifatidagi noyob ishlari Hind diyorida hozirgacha o`rganiladi. Bu ulug` inson kim?

Bobur g`azallari

Ey yuzi nasrin

Qomati shamshod.

Necha qilusen,

Jonima bedod.

Sen kabi purkar,

Shevasi bisyor,

Bilmadi ey yor,

Hech kishi yod

Jabrda Nodir,

Zulimda Nodir,

Ishvada Nodir,

Ishvada ustoz.
Yor g`amida hajr alamidin

Sabr kamidin nola u faryod

Boburni bedil, ey buti qotil,

Jabrunga moyil, zulmunga mushtoq





  • Musiqiy tanaffus.

1-boshlovchi:

Aziz mehmonlar, shuning bilan bugungi shoh va shoir Z.M.Bobur tavalludiga bag`ishlangan kechamizni yakunlaymiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilangizga xotirjamlik tilayman.

8-mart

Jannat onalar oyog`i ostidadir”


Kecha o`tadigan joy bezatilgan, rasmlar, gullar, o`quvchilar tayyorlagan albomlar qo`yilgan.
Yigit:

Oilaga qut bergan,

Bolaga oq sut bergan,

Baxt bersa ham baxt bergan

Pokizalik g`oyasi,

O`zbegimning onasi.

Qiz:

To`marislar zotidan,



Barchinlar avlodidan,

Zulfiya bayotidan,

Ozodlikdir g`oyasi.

O`zbegimning onasi.

Yigit: Assalomu alaykum, mehri daryo, qalbi buyuk ustozlar, aziz opa-singillar, qadrli mehmonlar. Bugungi kechamizga xush kelibsiz.

Qiz: Assalomu alaykum jajji ukajonlar, qadrli tengdoshlar. Bugun “Jannat onalar oyog`i ostidadir” deb nomlangan kechamizga xush kelibsiz.


Onalar oyog`i ostidadur

Ravazi jannat jahon bog`i

Ravza bog`in visolin istar ersang

Bo`l onaning oyog`in tuprog`i

Kechani ochib berish uchun so`z navbatini direktorimizga bersak.

Yigit:


Ona: bu so`z shunday jarangdorki, har bir inson yuragini larzaga soladi. Ona muqaddas, ona aziz, ona mo`tabar ulug` zotdir. Onaning sabr bardoshi tegirmon toshidan ustundir.

Qiz:


Ona vatan ramzi, ezgulik manbai. Ona borki, hayot davom etadi, ona borki olam charog`on. Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib qatorga qo`shadilar, oq yuvib oq taraydilar, doimo boshimiz uzra parvona bo`ladilar.
Yigit:

Oyog`imizga kirgan tikanni kipriklari bilan olishga tayyor bo`lgan fidoiy zot onadir. Ona mehri, uning fidoiyligi haqida qanchadan-qancha she’r-u dostonlar bitilmagan, lekin bu mavzu hech qachon tugamaydi.

Qiz:

Sendan yuksak nima bor, yulduz?



Yigit:

Onalar mehri.

Qiz:

Sendan shirin nima bor, osmon?



Yigit:

Onalar qadri.

Qiz:

Qaydan olding otashing, quyosh?



Yigit:

Ona qalbidan.

Qiz:

Po`lat, qaydan sen olding zo`r bardosh?



Yigit:

Ona sabridan.

Qiz:

Senmi ko`klam, hayotbaxsh fasl?



Yigit:

Yo`q, ona izi.

Qiz:

Senmi totli shifobaxsh, asal?



Yigit:

Yo`q ona so`zi.

Qiz:

Yaratguvchi senmi, tabiat?



Yigit:

Yo`q, yo`q onalar.

Qiz:

Baxt bitguvchi senmi, hayot?



Yigit:

Yo`q, yo`q onalar.

Musiqiy tanaffus.
“Onalar” ashulasi

Ijro etadi 9-sinf o`quvchisi Musayeva Sabohat


Bizni mehr bilan siylagan,

Baxtimizdan yonib kuylagan.

Bizni faqat, bizni oylagan,

Onajonlar, assalom, mehribonlar, assalom.


Mehnat bilan yo`lingiz.

Ishda tolmas oltin qo`lingiz

Doim shunday chevar bo`lingiz

Onajonlar, assalom, mehribonlar, assalom,

Yigit: Endi navbat o`quvchilar yod olib kelgan she’rlarini tinglashga.
“O`zbek onasi”

Mahliyo:


Mushtipar ham o`zing, buyuk ham o`zing,

Kuyunchak ham o`zing, kuyuk ham o`zing

Olamga ta’tigulik suyuk ham o`zing,

Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi

Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.
Nasiba:

Seni To`maris deb maqtaganim bor,

Sen Temur beshigin tebratgan bedor.

Sensan Bibixonim, Nodirai zor

Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi

Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.


Ruhiya:

Vatanni ona deb bekor aytilmas,

Ona buyurganda yo`ldan qaytilmas.

Sen o`zing ka’bam, baytil muqaddas

Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi

Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.


Saida:

Boshingdan nimalar o`tmadi axir,

Vatandek taqdiring bo`ldi taxir.

Bobur shoh bo`lsa qo`shig`inda

Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi

Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.

Surayyo:

Farzanding quvonsa, sen ham quvonding

Faqat bolam deding, yashading yonding

Xatosi uchrasa o`rtanding, yonding

Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi

Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.


Muhayyo:

Kelajak toychog-u toyingizdadir,

Jannat ham albatta poyingizdadur,

Vatan-ku siz turgan joyingizdadur

Payti keldi aymoqqa, gapning xonasi

Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.


Gulhayo:

Sizga ta’zim qilib turibman bu payt

Sizga baxshidadur, ey ona shoh bayt

Aziz yurtdoshingga, duolaring ayt

Payti keldi aymoqqa, gapning xonasi

Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.

Qiz:

Musiqiy tanaffus. “O`yin”


Yigit:

Endi onalar haqidagi maqol va hikmatli so`zlarni aytishsak.


“Har qanday jannat ham onalarimizsiz qarovsiz qolgan boqqa o`xshaydi”
“Onaning bir qo`li beshikni, bir qo`li olamni tebratadi”
“Har qanday jozibali orombaxsh qo`shiq ham ona allasi bilan bellasha olmaydi”
“Ona bilan bola-gul bilan lola”
“Ona mehri tanni, nuri, mehri qalbni isitadi”
“Gul ham iffat, nafislikni onalardan olgan”
“Hatto eng noyob narsa ham ona mehri oldida ojizdir”
“Boboga ham, bolaga ham ona kerak”
“Saxiylikda hatto quyosh ham ona qarshisida hijolat qoladi”
“Olamdagi hech qanday go`zallik onaning chqalog`iga qilgan tabassumi bilan tenglasholmaydi”
Qiz: Onalar haqida hadislardan birida shunday deyilgan “Jannatga kiraman desang, avvalo onalarning roziligini olgin”.
“Avval onangni va yana onangni, yana onangni, so`ngra otangni hurmat qil”
Donishmandlardan biri rivoyat qiladilarki, qadim o`tgan zamonda bir podsho bo`lgan ekan, podshoning davlati keng, yurti tinch, yerlari serhosil, odamlari mehribon, ochiq ko`ngilli ekan. Podshoning yetti xotini bor, yettinchisi juda go`zal ekan va yakka-yu yagona bir o`g`li bilan 120 yashar onasi bor ekan. Kunlardan bir kun podshoning boshiga o`lim savdosi tushibdi, uning yettinchi go`zal xotini olamdan o`tibdi. Ma’rakaga kelgan xalq oh urib yig`larmish lekin podsho o`limga tikka qarab turaveribdi, oradan oylar o`tibdi. Podshoning boshiga 2-bor o`lim savdosi tushibdi. Bunda podshoning umrining davomchisi, belining quvvati, yakka-yu yagona o`g`li olamdan o`tibdi. Ma’rakaga kelgan xaloyiq oh urib yig`larmi-u, podsho yig`lamas, o`limga tikka qarab o`tirar emish. Kunlar o`tib oylar o`tibdi. Podshoning boshiga 3-bor o`lim savdosi tushibdi.
(Shu yerda sahna ko`rinishi)
Endi podshoning 80 bilan sakrashgan, 90 bilan to`qnashgan, 120 yashar onasi olamdan o`tadi. Ma’rakaga kelgan odamlar bu yoshga yetgan bor, yetmagan bor deb qarab tursalar podsho uvvos solib yig`larmish. Buni ko`rgan xaloyiq hayron qolibdi, shunda bir odam podshodan so`rabdi.

Yolg`iz o`glingiz o`ldi, yig`lamagandingiz, xotiningiz o`ldi, yig`lamagandingiz debdi. Shunda podsho shu so`zlarni yig`lab aytibdi. Boyligim, bor, xotini topiladi, belimda quvvatim bor, farzand bo`ladi, lekin kechalar uxlamay chiqqan, uxlamay yedirgan, kiymay kiydirgan, voyaga yetirgan safarga ketgan chog`larim yo`llarimga ko`z tutib, duolar qilgan onaizorimni qaydan topay, deb uvvos solib yig`labdi.


Ona topilarmi qaysi gulzorda?

Ona sotilarmi qaysi bozorda?

Qiz: Endi navbat badiiy o`qish.
“Ona desam”

Ona desam, osmondagi oy, quyosh

Hurmat etib, huzurida egar bosh

Ona desam, olam ahli keksa yosh

Ko`ngli yayrar erur hatto bag`ritosh.
Ona desam, baland tog`lar past bo`lar,

Ona desam, yetti yot ham do`st bo`lar,

Onajonim oq duosin ololsam,

Baxt bahorim bezavoli rost bo`lar


Gard yuqturmam onajonim qoshiga,

Umrim qo`shib yosh ulashay yoshiga,

Hayotimning bog`bonini e’zozlab

Mehr tojin kiydirarman boshiga.

Qalbim torin bersam munis onamga,

Farishtalar krib kelar xonamga,

Payg`ambarlar ruhi asrab balodan

Avliyolar aro kirar jonimga.


Ziyo bo`lay xiralashgan ko`ziga,

Oro beray ajin tushgan yuziga,

Labbay, deya quloq solib so`ziga

Gul tikaman bosgan har bir iziga.


Ona aziz, azizimni quchaman

Quchmagan kun halovatdan kechaman.

Yiroqlarni yaqin qilib yoniga

Qanot bog`lab misoli qush uchaman.


Ona desam, bahor sepin sochadi.

Ona desam, bog`lar quchoq ochadi.

Ona desam, yeru ko`kni titratgan

O`tli vulqon, lom-lum demay ochadi.


Musiqiy tanaffus

“Ona” qo`shig`i

Onalar bor, olam qo`shiqxonadir.

Onalarni maqtasa dil qonadir

Farzand uchun kim quvonib yonadir

Onadir-ul, Onadir-ul, Onadir-ul


Yuragidan yangi yurak ko`chirgan,

Oq sutiga mehr qo`shib ichirgan.

Gunoh qilsa, eng birinchi kechirgan

Onadir-ul, Onadir-ul, Onadir-ul.


Odamzotning davrasida tabarruk,

Tabarruklar davrasida eng buyuk.

Eng buyuklar davrasida eng suyuk

Onadir-ul, Onadir-ul, Onadir-ul


Yigit:

Hurmatli mehmonlar, shuning bilan “Jannat onalar oyog`i ostidadir” deb nomlangan kechamiz nihoyasiga yetdi. Sizlarga yana bir bor sog`lik, omonlik, ishlaringizga rivoj tilab qolamiz.


1-mart xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan o`tkaziladi

“GIYOHVANDLIK KELTIRAR KULFAT”


1-boshlovchi:

Shukurona aytamiz qutlug` kunlarga,

Farovon nurafshon ulug` kunlarga.

Ey, ozod diyorim, O`zbekistonim.

Ey, ozod diyorim, O`zbekistonim

2-boshlovchi:

Yangi davr keldi, o`zgardi zamon.

Zamon zayli bilan o`zgardi inson,

O`zgardi jamiyat, o`zgardi hayot,

O`zgardi qo`shiq-u o`zgardi bayot.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, munis va mehribon opa singillar bugungu kehcamizga xush kelibsiz.

2-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mana bugun “1-mart xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o`tkazilayotgan “Giyohvandlik keltirar kulfat” deb nomlangan kechamizga xush kelibsiz.


1-o`quvchi:

Giyohvandlik bir illat

Yurtga keltirar kulfat

Adashtirib yo`lingdan

Ota-ona, elingdan.

Giyohvandlik kayf beruvchi bu illat, tabiiy giyohni yoki sun’iy ravishda tayyorlangan moddani iste’mol qilish, chekish, hidlash, ineksiya yo`li orqali qon tomirlariga yuborishda ifodalanadi. Narkomaniya atamasi “norke” o`zidandan oligan bo`lib, qotib qolish va “maniya” aqlsizlik, ishqibozlik so`zlaridan tarkib topgan bo`lib, giyohvand moddalarni qabul qilishga ishqiboz bo`lib qoladi, ruhiy iztirob oqibatida og`ir asoratlarga olib keladigan kasallikka aytiladi.

2-o`quvchi:

Simiradi u qoningni,

Kemiradi joningni.

Zarar qilar naslingga,

Qaytolmaysan aslinga.

Giyohvand moddalarning qay turini iste’mol qilishdan qat’iy nazar hammasi ham naslga yomon ta’sir etadi. Giyohvand ayol yoki erkakning farzandlari nogiron, mayib-majruh, aqli zaif, jismonan rivojlanmagan bo`lib tug`iladi.

3-o`quvchi:

O`g`irlar hush aqlingni,

Jarohatlar qalbingni.

Ayiradi hammadan

Urug` aymoq, ammadan.

Giyohvand moddalarga o`rganib qolgan kishi organizmi uni vaqtida qabul qilmasa turolmaydi. Bunday moddalarga kuchli ehtiyoj sezaveradi, bunda kishida bosh og`riydi, yurak bezovtaligi, oyoq qollarining qaltirashi, tortishib turishi, ter bosishi kabi belgilari bo`ladi.

4-o`quvchi:

O`g`il, qizim, sol quloq.

Undan doim yur yiroq.

O`qib izlan, bilim ol,

O`sgin sog` va barkamol

5-o`quvchi:

Aziz yoshlar, siz beg`ubor bolalikning quvonchli onlarini ortda qoldirib, mustaqil hayotga qadam qo`ymoqdasiz. Kelgusi hayotingiz mazmuni hozir qo`yayotgan qadamingizga bog`liqdir. Sog`lom turmush kechirib, uning har bir kunini to`g`ri tashkil eta oladigan, bo`sh vaqtini mazmunili foydali o`tkazadigan yoshlarning kelajagi barkamol bo`ladi. Biroq gohida bazi yoshlar nopok kishilar domiga tushib, o`zi sezmagan holda chuqur jarlikka tushib qoladi. Bu jarlik ichkilikbozlik va guyohvandlikdir. Agarda siz sog`lom turmush kechiruvchi kishilarga ergashsangiz.

1-Qobilyati va ishchanligingizdan o`qishda ham, ishda ham obro` orttirasiz.

2-Sog`ligi mustahkam go`zal yigir qizlar bo`lib yetishasiz

3-Oilaviy munosabatlaringizni oqilona hal qilib, baxtli turmush kechirasiz.

4-Bir-biridan shirin, sog`lom va qobilyatli farzandlarning ota-onasi bo`lasiz.

5-Hayot qiyinchiliklaridan qo`rqmasdan osoyishta turmush kechirasiz.

6-Eng muhimi, sermazmun va baxtli hayot kechirib sog`lom va xotijam keksalik gashtini surasiz.

Musiqiy tanaffus.

2-boshlovchi:

Giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi insonlarga ergashsangiz.

1-Sog`ligingizdan ajralib, tez orada ruhiy kasalliklarga giriftor bo`lasiz.

2-Avvalgi irsiy qobilyatingiz susayib, mayib-majruh farzandlar tug`ilishiga sababchi bo`lasiz.

3-Keyinchilik jinsiy ojizlikka ro`baro` bo`lib, bepusht bo`lib qolishingiz mumkin.

4-Qarama-qarshi jinsga befarqlikdan tez orada oilangiz, bola-chaqangizdan ajralib qolasiz.

5-Qo`pollik, qo`rslik, shaxsiyatparastlikka berilib, natijada oila va mahallada o`rnigiz yo`qoladi.

6-Hali navqiron yoshda kasallik, yolg`izlik, qamoq yoki o`lim bilan umringiz xazon bo`ladi.

(Sahna ko`rinishi)

1-boshlovchi:

Mustaqil davlatimizning gullab-yashnashi yoshlarning jismoniy, aqliy, ma’naviy va ruhiy barkamolligi, ularning salomatligiga bog`liqdir. Yurtboshimiz 2010-yilni “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinganligi bizning bugungi hayotimizga oliyjanob maqsadlarimizga to`la mos keladi, chunki farzandlari sog`lom va barkamol yurtning yo`li porloq va istiqboli nurafshondir. Sog`lom avlod-millatimiz kelajagi.
1-o`quvchi:

Ko`z tushganda kezib yetti ummon,

Yetti yilda so`zlashgay bir tili biyron.

Vatanida Tojmahallar tiklar sulton

Boburlari, Bekzodlari ilm istang.
2-o`quvchi:

Ilm istang, izingizdan ibrat yog`sin,

Axloqingiz, shahdingizdan shiddat yog`sin

Ortingizdan mag`rur-mag`rur millat yog`sin

Mulki Turon najotlari, ilm istang

3-o`quvchi:

Alp o`g`lonlar o`lkasidir O`zbekiston,

Ekrli elning qanotlari ilm istang.

Ilm bilan davlar tuzgan Sohibqiron,

Alisherning avlodlari, ilm istang.

2-boshlovchi:

Endi navbat biologiya fani o`qituvchisi Bekmetovaga so`z beramiz. Mamlakatimizning kelajagi bo`lgan yosh avlodni qanday tarbiyalash ularning duyoqarashiga ruhiy jismoniy salomatligiga bog`liqdir. Sog`lom avlodni tarbiyalash 1-darajali vazifa hisoblanadi va davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tononidan 2003-2005 yillarga mo`ljallangan OIV, OITS ga qarshi kurash bo`yich strategik dastur ham ishlab chiqildi.

Bizning shiorimiz “Farzandlari sog`lom yurt qudratli bo`ladi, Qudratli yurtning farzandlari sog`lom bo`ladi” bu shiorga amal qilib yashamog`imiz kerak.

1-boshlovchi:

Hurmatli kecha qatnashchilari, shuning bilan “Giyohvandlik keltirar kulfat” deb nomlangan kechamiz o`z nihoyasiga yetdi. Sizlarga oilaviy baxt, uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz.
Foydalanilgan va qo`shimcha adbiyotlar.
1. Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyat-еngilmаs kuch.-T.: «Mа’nаviyat», 2008 y.

2. Kаrimоv I.А. “Vаtаnimizning bоsqichmа-bоsqich vа bаrqаrоr rivоjlаnishini tа’minlаsh-bizning оliy mаqsаdimiz”.-“Хаlq so`zi” gаzеtаsi, 2008 yil 6 dеkаbr.

3. Bаrkаmоl аvlоd—O`zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri.-T.: «SHаrq», 1997 y.

4. Prаtоv U., To`хtаеv А., Оdilоvа D. Bоtаnikа, 6-sinf o`quvchilаri uchun dаrslik. - T.: «O`zbеkistоn», 2003 y.

5. Tоlipоvа J., To`хtаеv А., Prаtоv U. Bоtаnikа o`qitish mеtоdikаsi. 5-sinf. - T.: «O`zbеkistоn», 2003 y.

6. Mаvlоnоv О.M., Kоmilоv R.K. Zооlоgiya. 6-7-sinf o`quvchilаri uchun dаrslik. -T.: «O`qituvchi», 2001 y.

7. Аminоv B., Tilоvоv T. Оdаm vа uning sаlоmаtligi. 8-sinf o`quvchilаri uchun dаrslik. - T.: «Ibn Sinо», 2001 y.

8. Nishоnbоеvа M.T. Biоlоgiya dаrslаridа ekоlоgik tаrbiya.–T.: «O`qituvchi», 1992 y.



9. Sayt http://WWW.bio.msu.ru

10. Sayt http://WWW.biology.maqaz.us.ru

Mundarija:

1. Ijodjor o`qituvchi …………………………………………………………3

2. 9-sinflarda Mustaqillik bayramiga bag`ishlangan “O`zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo`lmaydi” mavzusidagi kechani dasturi.……………4

3. 1-oktabr “O`qituvchilar va murabbiylar” kuniga bag`ishlanadi “Sizga ta’zim, ustoz muallim”………………………..……..…………………………….8

4. Biologiya fanidan o`quv yili davomida o`tkaziladigan sinfdan tashqari tadbirlarning namunaviy ish rejasi ………………….…………………………...12

5. Siz qushlarni bilasiz”mi?………………………………………..……...13

6. “O`simliklar so`zlaydi”………………………………………….………16

7. Siz biologiyani bilasizmi “Zakovat” o`yinini …………….………..……20

8. “Tabiat toza bo`lsa, dori ham darkor emas”.……………….……………22

9. 7-aprel Butunjahon salomatlik kuniga bag`ishlanib “Sog` tanda-sog`lom aql” kechasi ………………………………………………………………………27

10. “Gullar bayrami” ………………………………………………………31

11. Shoh va Shoir Z.M.Bobur tavalludiga bag`ishlanadi ………………….37

12. “Jannat onalar oyog`i ostidadir” ……………………………………….41

13. 1-mart xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Giyohvandlik keltirar kulfat” ……………………………….……….47




Fayl: 02.11.2010 Biologiya Fanidan sindan Tashqari ishlar


Yüklə 311,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin