Bir soatlik ochiq dars ishlanmasi


Jaloliddin Manguberdi (1198-1231)



Yüklə 161,26 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2022
ölçüsü161,26 Kb.
#121698
1   2   3   4   5
5 sinf najmiddin kubro va jaloliddin

Jaloliddin Manguberdi (1198-1231)
jasur va mohir sarkarda.

Og'ir kasalga chalingan Alouddin Muhammad o'limidan oldin katta o'g'li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinlagan.


Biroq bungacha barcha imkoniyat boy berib bo'lingan edi. Mamlakatuchun shunday og'ir sharoitda Jaloliddin bosqinchilarga qarshi kurash boshlagan. 1221-yilda Valiyon qal'asini qamal qilib turgan mo'g'ullarga hujum qilib, ularni tor-mor keltiradi. Bu mo'g'ullar ustidanqozonilgan birinchiyirikg'alabaedi. Bundan xabar topgan Chingizxon Jaloliddinga qarshi 45 ming kishilik lashkar yuboradi. Jaloliddin uni G'azna yonidagi Parvonda qarshi olgan va jangda Manguberdi. g'alaba qozongan.
Tarixga «Parvonjangi» nomi bilan kirgan bu jangda Jaloliddin mo'g'ullarga qarshi barcha lashkarni otlaridan tushirib dushmanni kamondan o'qqa tutish va keyin yalpi hujumga o'tish usulini qo'llagan.
Endi Chingizxonning o'zi katta qo'shingabosh bo'lib Jaloliddinga qarshi urushga otlangan.
Hal qiluvchi jang. Jaloliddinga qarshi kurashga endi shaxsan Chingizxonning o'zi boshchilik qilgan. Bu tengsiz, beayov jangda Jaloliddinnig lashkari Sind daryosi tomon chekinadi. Bu yerda ikki tomon o'rtasida hal qiluvchi jang bo'lib o'tadi. Tarixga «Sind jangi» nomi bilan kirgan bu jang 1221 -yilning 24-26-noyabr kunlari bo'lib o'tgan.
Jaloliddin Parvon jangida... qo'lladi. » Sind jangi ... yilda bo'lib o'tdi.
Jaloliddin ozchilik bilan qolgan edi. Shunga qaramay, xorazmliklar qudratli dush-man bilanjon olib,jon berib olishganlarJang taqdirini Chingizxonning pistirmaga qo'ygan saralangan lashkari hal etgan. Mag'lubiyatgauchragan Jaloliddin oz sonli jangchisi bilan daryoning narigi sohiliga suzib o'tib, cho'l ichkarisiga kirib ketadi. Chingizxon dushmani bo'lsa-da, Jaloliddinningjasoratigaqoyil qolib: «Otaga shunday jasur o'g'il lozim. U ikki girdob - olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqaoldi», degan.
Sulton Jaloliddin Manguberdiyengilganbo'lsa ham 1231-yilgachamo'g'ullarga qarshi tinim bilmay kurashdi. U zafar quchdi, mag'lubuyat alamini tortdi, ammo mag'lub bo'lmadi. Jaloliddin Manguberdi 1231 -yilning avgust oyida Ozarbayjon hududida halok bo'ladi.

Yüklə 161,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin