Matn - nutq ko'rinishi bo'lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Yagona kommunikativ vazifani bajaruvchi gap va gaplar yig’indisi matn hisoblanadi
1-SINF ONA TILI DARSLARIDA “UNLI TOVUSHLAR VA HARFLAR” MAVZUSINI O’RGATISHDA NOAN’ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISH
Matn - nutq ko'rinishi bo'lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Yagona kommunikativ vazifani bajaruvchi gap va gaplar yig’indisi matn hisoblanadi. Yonma-yon bosama harflar orqali aks ettirgan nutq, umuman, nutq parchasi. Matnning murakkabligi va hajmi kommunikativ vazifasi, ma'lum janrga tegishliligi va matn qismlarining xarektiri bilan belgilanadi.
Matn kommunikatsiya birligi bo'lib, u til sistemasi biriklarini reallashtir vositasi tarzida xizmat qiladi; mazmuninni tafakkur orqali amalga oshiradi. Matnni tushunish uchun ko'plab ko'rsatkichlarni, jumladan uni yaratish sharoitini mazmun va sturukturasini hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, ekstralingvistik tildan tash?ari ijtimoiy-siysiy dalillar va intralingvistik tilning ichgi sistemasi ko'rsatkichlarni hisobga olish zarur.
Shunday ekan, har bir matn murakkab struktura va mazmun mundarijasiga ega bo'lib, u og’zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi.
Matnni o'rganuvchi bir qancha sohalar mavjud. Lekin harqanday matnni butun aspektda o'rganish hali boshlanmagan.
Badiiy matnni o'rganish allaqachon boshlangan va uni poetika deb ataydilar. Matnni o'rganuvchi fan tekstshunoslik fanidir. Har bir gap ma'lum matn tarkibiga va unda tashqarida farqli ma'no xususiyatlariga ega bo'ladi. Maqol va aforizmlar o'z hajmi bilan matn va gapga tengdir. Shunga ko'ra, matnning minimal va maksimal turlari mavjud. Har bir matn o'zining mazmuniy, kommunikativ, gammatik butunligiga va kompozitsiyasiga egadir. Ma'lumki, matn tuzilishi kompozitsion-nutqiy shakllar yig’indisidan tarkib topadi. Kompozitsion-nutqiy shakllar til vositalarini saralashda kommunikativ aloqa o'rnatish jarayonida yuzaga keladi. Har bir nutqiy forma-ma'lum mantiqiy mazmun va ma'lum predmet, muammo orqali namoyon bo'ladi. Tuzilish mazmun, makon va zamonga qarab farqlanadi. Shular asosida har bir matndagi tasviriylik, xabar berish va fikr yuritish hisobiga olinishi kerak. Predmet va obe'ktlarning bir-biri bilan yonma-yon statik, mustaqkam aloqadorligi tasviriylik orqali; makon va zamondagi taraqqiyoti xabar orqali; fikr mantiqiy mulohaza orqali tanlash imkoniyatlari ham har xil bo'ladi. Shunga ko'ra, matn hajmi ham har xil shaklanadi.