Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa Ushbu bob yuzasidan xulosa qilar ekanmiz, mazkur bobda individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlariga daxldor so‘rovnomalarning psixologik tavsifi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin.
Mazkur holatni hisobga olgan holda ushbu bobda rus olimi V.M.Rusalov tomonidan ishlab chiqilgan “Individuallikning rasmiy-dinamik xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomasini (OFDSI)” mahalliy muhitga moslashtirish qanday ijobiy natijalar berishi mumkinligi xususida to‘xtalib o’tilgan. Shuningdek yuqorida V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomasi qayta ishlash uchun ko‘rsatma va metodikaning shkalalari tavsifi ham bayon etilgan. Bundan tashqari ushbu bobda individuallikka daxldor yana bir qator Y.Strelyau “Temperament tuzilishini o‘rganish”so‘rovnomasi hamda Mayers-Briggs tipologik so‘rovnomasi haqida ham batafsil ma’lumotlar keltirib o’tdik. O’ylaymizki ushbu metodikalar mahalliy muhitha to`la ravishda moslashtirilgandan so’ng mutahassislar uchun shaxs individualligini o`rganuvchi eng oson va qulay metodikalar sifatida amaliyotga tatbiq etiladi.
III BOB. INDIVIDUAL-DINAMIKLIKNI O‘RGANISHGA DOIR SO‘ROVNOMLARNING TATBIQ ETISH BO‘YICHA EMPIRIK NATIJALARI Biz oldingi boblarda individual-dinamik xususiyatlar va ularning o‘rganishga yo‘naltirilgan so‘rovnomalarning nazariy –metodologik va uslubiy tavsiflariga e’tibor qaratdik. Bu esa tadqiqot maqsad va vazifalarining bir jihati edi. Biz tomonimizdan amalga oshirilayotgan tadqiqotning ikkinchi jihati individual-dinamiklikni o‘rganish so‘rovnomalarini amaliy tatbiq etishga e’tibor qaratishdan iborat. Biz so‘rovnomalarni qo‘llash bo‘yicha olib boradigan ishlarimizni ikki metodika asosida amalga oshiramiz:
3.1. V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi” so‘rovnomasi tatibiq etish natijalari
3.2. Ya.Strelyauning Temperament strukturasini o‘rganish so‘rovnomasi
Metodiklarni tatbiq etish natijalarini alohida paragraflar bo‘yicha tahlil qilamiz.