Bu erda: M/R – “real pul koldigi”, “pul mablaglarining real zaxirasi” deb nomlanadi.
Pulga talabning keynscha nazariyasi. Pul taklifi. Bank mul’tiplikatori.
. Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni nakd ko`rinishda saklashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi:
transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun nakd pulga talab);
extiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan xolatlar uchun ma`lum mikdorda nakd pullarni saklash);
spekulyativ sabab (foyda olish maksadida kimmatli kogozlar sotib olish uchun pulga talab).
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari bogliklikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar baxosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, nakd pul zaxiralarining kiskarishiga xamda nakd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun xam axoli uni saklashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasiga boglik. Foiz stavkasi nakd pul vositalarini ko`lda ushlab turishning mukobil xarajatlari mikdorini, ya`ni, siz foiz olib kelmaydigan nakd pullarni ko`lda ushlab turgan sharoitda yo`kotadigan pul mikdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi mikdoriga ta`sir kilganidek, nakd pullarni ko`lda ushlab turish mikdori xam pul zaxiralariga talab mikdoriga ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini nakd pul shaklida kamrok ushlab turishga xarakat kiladi.
Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini kuyidagi ko`rinishda yozamiz:
M/R = f(R)
Bu tenglama ko`rsatayaptiki, pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari mikdoriga talab teskari bogliklikka ega ekanligi ko`rinadi. CHunki, yukori foiz stavkasi pulga talab mikdorining kamayishini ko`rsatadi
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning kuyidagi omillarini ajratib ko`rsatish mumkin:
daromadlar darajasi;