Biznesda moliyaviy qarorlar qabul qilish asoslari


Biznesda moliyaviy qarorlar qabul qilish dominant sohalari tavsifi



Yüklə 116,07 Kb.
səhifə3/7
tarix26.11.2023
ölçüsü116,07 Kb.
#136208
1   2   3   4   5   6   7
BIZNESDA MOLIYAVIY QARORLAR QABUL QILISH ASOSLARI

2. Biznesda moliyaviy qarorlar qabul qilish dominant sohalari tavsifi
Korporativ moliya strategiyasini ishlab chiqishda moliyaviy faoliyatni rivojlantirishning dominant sohalari sifatida korxona moliyaviy resurslarini shakllantirish strategiyasi, korxona moliyaviy resurslarini taqsimlash va ulardan foydalanish strategiyasi, korxona moliyaviy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi, korxona moliyaviy faoliyatini boshqarishning sifatini oshirish strategiyalari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, ayrim olimlar tomonidan soliq strategiyasi ham alohida dominant soha sifatida keltiriladi. Moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita yuqorida keltirib oʻtilgan dominant sohalarga alohida e’tibor qaratiladi.
Korxona moliyaviy resurslarini shakllantirish strategiyasi korxona moliyaviy resurslarini strategik rivojlanish ehtiyojlariga mos ravishda shakllantirish imkoniyatini yaratishni bosh vazifa sifatida nazarda tutadi va unda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
1. Korxona moliyaviy resurslarining ichki manbalar hisobidan shakllanish imkoniyatini oʻstirib borishni ta’minlash.
2. Korxonada zarur “moliyaviy egiluvchanlik”ni ta’minlash (tashqi moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi).
3. Korxona moliyaviy resurslari shakllanish manbalari tarkibini ular qiymat mezonlari boʻyicha optimallashtirish.
Korxona moliyaviy resurslarini taqsimlash strategiyasi korxona moliyaviy resurslari taqsimlanishini ulardan foydalanish samaradorligi mezonlari boʻyicha optimallashtirishni nazarda tutadi hamda quyidagi muammolarni hal qilishga jiddiy e’tibor qaratadi:
1. Korxona xoʻjalik faoliyatining turlari va asosiy yoʻnalishlari boʻyicha moliyaviy resurslarning zarur mutanosiblikda taqsimlanishini ta’minlash.
2. Korxonaning strategik xoʻjalik birliklari boʻyicha moliyaviy resurslarning zarur mutanosiblikda taqsimlanishini ta’minlash.
3. Korxonada moliyaviy resurslardan foydalanish jarayonida ularning yuqori samaradorlik asosida qaytimini ta’minlash.
Korxona moliyaviy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi strategik rivojlanish jarayonida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash nazarda tutiladi va buning uchun quyidagi muammolarni hal qilishga e’tibor qaratiladi:
1. Korxonaning doimiy toʻlovga qobiliyatliligini ta’minlash.
2. Korxonaning yetarlicha moliyaviy barqarorligini ta’minlash.
3. Korxonada moliyaviy risklarnng mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini neytrallashtirish.
4. Inqirozli rivojlanish sharoitida korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirishning zarur chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Korxona moliyaviy faoliyatini boshqarishning sifatini oshirish strategiyasi belgilangan strategik davrda istiqbolda korxona moliyaviy faoliyatini boshqarishning sifatni oshirish shart-sharoitlari tizimini shakllantirishni nazarda tutadi va bunda quyidagilarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi:
1. Moliyaviy menejerlarning yuqori darajada ixtisoslashuvini ta’minlash.
2. Korxonani rivojlantirish boʻyicha muqobil moliyaviy qarorlar ishlab chiqishning yetarlicha axborot bazalarini ta’minlash.
3. Moliyaviy faoliyatni boshqarishda zamonaviy texnik vositalaridan, ilgʻor moliyaviy texnologiyalar va instrumentlarni amaliyotga joriy etish va uladan samarali foydalanish.
4. Moliyaviy faoliyatni boshqarishning samarali tashkiliy tuzilmalarini ishlab chiqish.
5. Moliyaviy menejerlar yuqori darajadagi tashkiliy madaniyatini ta’minlash.
Soliq strategiyasi soliqlar boʻyicha majburiyatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vaqtida va toʻliq bajarishni ta’minlashga qaratiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’kidlab oʻtishimiz mumkinki, Biznesda moliyaviy resurslarni shakllantirish strategiyasi korporativ strategiyani moliyaviy ta’minlashga qaratiladi. Moliyaviy resurslarini taqsimlash strategiyasi esa bir tomondan alohida funksional strategiyalarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlashga qaratilsa, boshqa tomondan strategik maqsadlarda korxona investitsion faoliyatini shakllantirishga yoʻnaltiriladi. Korxona moliyaviy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi uning strategik rivojlanish jarayonida moliyaviy barqarorlikning asosiy parametrlarini shakllantirishga va qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi. Oʻz navbatida korxona moliyaviy faoliyati boshqaruvining sifatni oshirish strategiyasi Biznesda mukammal moliyaviy xizmatni shakllantirishga xizmat qiladi. Soliq strategiyasi esa davlat byudjeti bilan munosabatlarni toʻgʻri tashkil etishga qaratiladi.


Yüklə 116,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin