Strategik moliyaviy tahlil asosiy metodlari tizimi va ularning qoʻllanish sohasi
Strategik moliyaviy tahlil asosiy metodlari
Metodlarning qoʻllanish sohasi
Bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit omillari tahlili
Bevosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit omillari tahlili
Ichki moliyaviy muhit omillari tahlili
Xulosa Jahon amaliyoti keskin raqobat sharoitida har bir korxona oldiga nafaqat bugungi kunda, balki istiqbolda ham bozordagi o‘rnini saqlab qolish hamda kengaytirishni shart qilib qo‘ymoqda. Bunda global iqtisodiyotdagi tebranishlar yangi istiqbolli loyihalar ustida ishlash, loyihalarni moliyaviy ta’minlash imkoniyatlarini baholash va tegishli choralar ko‘rish, investitsiya faoliyatidan kutilayotgan natijadorlikni ta’minlash, moliyaviy ta’minot va investitsion faoliyatni rejalashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni oldindan ko‘ra bilish kabilarni shart qilib qo‘ymoqda va bu jihatlar bevosita korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish amaliyoti bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. “Jahon bankining istiqboldagi biznes muhiti, moliyaviy strategiyalar borasida qator hisobotlarida ham bevosita moliyaviy qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan”.
“Eng muhimi, investitsiyaloyihalarini to’g’ri joylashtirishkerak. Bu borada investorlarningyagona talabi – loyiha mo’ljallanganjoy zarur infratuzilma tarmoqlarigaega bo’lishidir”1. Sh.M.Mirziyoyev.
Shuningdek, “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ayrim davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha assotsiatsiyalar maqsadi ham korxonalar va mamlakatning moliyaviyiqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi”.
Bunda asosiy e’tibor jahon bozoridagi o‘zgarishlarni oldindan baholash orqali moliyaviy rejalarni har tomonlama asosli tuzish va to‘g’ri moliyaviy qarorlarni qabul qilishga qaratiladi. Xalqaro amaliyotda korxonalar faoliyatida moliyaviy qarorlar qabul qilishga doir ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy izlanishlarda jahon bozori kon’yukturasidagi o‘zgarishlar, bugungi kundagi biznes muhiti, raqobatning milliy doiradan jahon darajasiga chiqqanligi asosida o‘rta va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish, strategik moliyaviy tahlil va strategik rejalashtirishda ta’sir etuvchi omillarni oldindan baholash kabilarga alohida e’tibor qaratilgan. Garchi bu borada atroflicha tadqiqotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, raqamli iqtisodiyotning keng doirada turli sohalarga kirib borishi, jahon bozoridagi keskin o‘zgarishlar moliyaviy rejalashtirish borasida atroflicha tahlillar asosida moliyaviy qarorlar qabul qilishni talab qilmoqda.
Bu jihat o‘z-o‘zidan milliy va xalqaro darajada kompleks tadqiqotlar olib borish orqali moliyaviy rejalashtirish amaliyotini samarali tashkil etishni shart qilib qo‘ymoqda. Mamlakatimizda korxonalar faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolda jahon bozorida mustahkam o‘rin egallashiga erishishda korporativ moliyaviy strategiyaning to‘g‘ri belgilanishi, strategik va joriy moliyaviy rejalarning o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirilishi alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqqan holda moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, makrodarajada moliyaviy ko‘rsatkichlar prognozlarini oldindan belgilash, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash, soliq yukini pasaytirish kabilarga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda.