KOMPENSATORLIK - tasalli beruvchilik. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bo’lib turadi. Inson o’z hayotiy, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida maqsadlariga erishishi qiyin bo’lib tuyulgan paytlarda, unda qandaydir ma'naviy-ruhiy ehtiyojga zarurat sezgan. Ana shu ehtiyoj diniy ehtiyoj edi. Din bu o’rinda kompensatorlik vazifasini bajargan.
INTEGRATORLIK - birlashtiruvchilik.
Din hamisha muayyan ijtimoiy-etnik va ma'naviy hayotining o’z ta'sirida bo’lishga intiladi. Bu ta'sirning muntazamligini ta'minlash maqsadida din halqlarning ijtimoiy hayotiga, ahlohiy munosabatlariga ta'sir o’tkazadi.
Masalan: YAhudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona hudo-YAhvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
REGULYATORLIK - Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo’yadi.
Masalan: islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini masjidlarda ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi musulmonlarning hayoti tarzini tartibga solib turadi.
Dostları ilə paylaş: |