Jahon dinlari - dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’iy nazar unga e’tiqot qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Unga buddaviylik, hristianlik va islom dinlari kiradi.
Bundan tashqari dinlar talimotiga ko’ra monoteistik - yakka hudolik (YAhudiylik, islom kabi) va politeistik - ko’phudolik (Hinduiylik, konfusiychilik) dinlariga bo’linadi.
SHaman - (tunguscha - sehrgar) shamanlik amallarini bajaruvchi shahs. Sehrgarlik real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual urf-odatlar majmuasidir. U qadim o’tmishda paydo bo’lib, ming yillar davomida rivojlanishda davom etib, saqlanib kelgan. Odatda afsungarlik urf-odatlari bilan mahsus odamlar - shamanlar shug’ullanganlar. Ular asabiy va jazavali kishilar bo’lganlar. Ular har hil ovozlar chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish yo’li bilan afsungarlik qilganlar. SHamanlik hozir ham turli halqlarda saqlanib qolgan.
Magiya - (yunon - magus) sehrgarlik. Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo’lib amalga oshirilishi mumkin. Sehrgarlik maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: yovuz sehrgarlik, Harbiy sehrgarlik, sevgi afsungarligi, tibbiy sehrgarlik, ob-Havo sehrgarligi. Magiya hozirda ham zamonaviy dinlarda va turli Halqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.
Totem - (ma'nosi quning uruhiq) Totemning mohiyati qodamlarning hayvonot yoki o’simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari borq. Ehtimol, ma'lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o’simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasawurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo’lishi mumkin.