Blackcurse


II bosqich (V-IX sinflar)



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə20/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
2 5215525430601193042

II bosqich (V-IX sinflar)
O‘zbekiston vatanparvarligi
YUqori daraja

Turkiston, O‘zbekiston haqida tasavvurlari keng. YOlg‘iz Vatani O‘zbekiston ekanligini e’tiqodga aylantirgan; O‘zbekistonning kelajagi buyukligiga so‘zsiz ishonadi; istiqlol tarixi, mamlakatimizda sodir bo‘layotgan muhim voqealarni yaxshi biladi; O‘zbekiston va uning buyuk farzandlari bilan faxrlanadi; O‘zbekiston vatanparvarligi mohiyatiga ega bo‘lgan tadbirlarda ko‘ngilli ravishda ishtirok etadi; o‘lka tabiatini e’zozlaydi, bu ishga boshqalarni ham chorlaydi; o‘zini O‘zbekiston himoyasiga tayyorlay boradi; fidoyi; O‘zbekiston tarixi, kelajagiga befarqlik, O‘zbekistonni sevmaslik hollarini uchratsa, murosasizligini namoyon qiladi.

O‘rta daraja

O‘zbekiston tarixi, hozirgi hayoti haqida tasavvurlarga ega; O‘zbekistonning kelajagi buyukligiga ishonadi; respublikamizda sodir bo‘lgan muhim voqealar, tarixiy siymolar xizmatlari, millat shoniga shon qo‘shgan kishilar haqida bilimlarga ega; o‘lka tabiatini avalaydi; harbiy-vatanparvarlik malakalariga ega; faol; O‘zbekistonga befarqlik vatanga befarqlik hollarini qoralaydi; o‘z kelajagini O‘zbekiston kelajagi bilan birligini tushunadi.

Past daraja

O‘zbekistonning tarixi, hoziri va kelajagi haqida mustaqil fikrga ega emas; Respublika hayotiga oid muhim voqealarni bilmaydi; tabiatni e’zozlaydi; ijtimoiy faoliyatda sust; O‘zbekiston-Vatanga befarqlik hollarini anglamaydi.

Salbiy daraja

O‘zbekistonning hayoti, taqdiri bilan qiziqmaydi, bu haqda o‘ylamaydi; tabiatni, atrof muhitni bemalol ifloslashtiraveradi; o‘zini Vatan himoyasiga tayyorlashdan olib qochadi; O‘zbekiston vatanparvarligining namoyon bo‘lishi namunalarini qabul qilmaydi, yoki istehzo bilan munosabat bildiradi.


Milliy g‘urur

YUqori daraja

O‘zining etti pushtini , o‘zining milliy farzandlik burchlarini chuqur anglaydi; o‘zbek xalqiga uning san’ati, an’analari, tili madaniyatiga hurmatini doimo va hamma erda namoyon qiladi; millat tarixi, allomalari haqida chuqur bilim va minnatdorlikni namoyon qiladi; manqurtlik, milliy majhullik, millat tarixi va taqdiriga befarqlikni ko‘rganida millatdoshlarini qaytarishga faol harakat qiladi; “o‘zbekchilik”ning barcha ilg‘or qirralarini taraqqiyparvarlik bilan uyg‘unlashtirishni dasturul amaliga aylantira boradi.

O‘rta daraja

O‘zining o‘zbek xalqi oldida farzandlik burchi borligini anglaydi; o‘zbek xalqini, tilini, madaniyatini, san’atini hurmat qiladi; xalqi tarixi, allomalar meroslarini biladi, hurmat qiladi; manqurtlik, milliy majhullik, millat tarixi va taqdiriga befarqlikni qoralaydi; o‘zining milliy mas’uliyatini anglaydi.

Past daraja

O‘z xalqi oldidagi har qanday burch, mas’uliyatni his qilmaydi; o‘zbek san’ati, tarixi, madaniyati, tiliga, allomalari merosiga e’tiborsiz; manqurtlik, milliy majhullik, ona xalqi tarixi va taqdiriga befarq; “o‘zbekchilik”ning eng ilg‘or qirralaridan bexabar va qiziqmaydi.

Salbiy daraja

Salbiy mariginal; o‘zbek xalqi oldidagi har qanday burch, mas’uliyatni inkor qiladi; o‘zbek xalqi tarixi, san’ati, tili, allomalari merosiga bepisand munosabatda bo‘ladi; milliy majhul, ona xalqi tarixi va taqdiriga befarqlikni, boshqa millat milliyligini o‘z milliy qadriyatlaridan ko‘r-ko‘rona ustun qo‘yadi; Ѓarb madaniyatining salbiy namunalariga ko‘r-ko‘rona taqlid qiladi va buni turli yo‘llar bilan namoyon qiladi.
Vijdoniylik

YUqori daraja

Doimo va hamma joyda rostgo‘ylikni namoyon va targ‘ib qiladi; aytgan so‘zi va qilgan ishi doimo, hamma joyda bir xil; a’lo o‘qish kerakligini biladi va a’lo o‘qiydi; burch, mas’uliyatini doimo, hamma joyda sifatli bajaradi; vijdon sof, pok; sinf, maktab, jamoa hayotidagi tadbirlarda ko‘ngilli, faol ishtirok etadi; nohaqlik, adolatsizlikka doimo va hamma joyda murosasiz; noinsoflik, vijdonsizlikni ko‘rganida so‘z, yoki yomon ko‘rish bilan unga qarshiligini namoyon qiladi.

O‘rta daraja

Rostgo‘y, so‘zini amalda namoyon qilishga harakat qiladi; a’lo o‘qish kerakligini biladi va yaxshi o‘qiydi; burch, mas’uliyatini yaxshi bajaradi; vijdonli, sinf, maktab, jamoa hayotida, tadbirlarida ishtirok etadi; nohaqlik va adolatsizlikni yomon ko‘radi; noinsoflik, vijdonsizlikni yoqtirmasligini namoyon qiladi.

Past daraja

Rost va yolg‘onni aralash gapirib turadi; so‘zi va amali orasida farq mavjud; a’lo o‘qish kerakligini biladi, biroq o‘rtacha o‘qiydi(a’lo o‘qishga harakat qilmaydi) burch, mas’uliyatni his qilmaydi; sinf, maktab, jamoa hayotidagi tadbirlarda faqat talab qilingandagina ishtirok etadi; nohaqlik va adolatsizlikning mohiyatini tushunmaydi; noinsoflik, vijdonsizlikni ko‘rganida befarqligini namoyon qiladi.

Salbiy daraja

YOlg‘onchi; huda-behuda qasam ichaveradi; so‘zi va uning amali bir-biriga zid; a’lo o‘qish kerakligini biladi va yomon o‘qiydi; burch, mas’uliyatini tan olmaydi; faol qatnashishi kerakligini bila turib sinf, jamoa hayotida tadbirlardan qochib yuradi; nohaqlik va adolatsizlikning mohiyatini bilaturib o‘zida namoyon qiladi; noinsoflik, vijdonsizlikni rag‘batlantiradi, targ‘ibot qiladi.

Millatlararo muloќat madaniyati

YUqori daraja

Vatani-O‘zbekistonning gullab yashnashining sharti – barcha O‘zbekiston millatlarining do‘stligi va totuvligiga bog‘liqligini e’tiqodga aylantirgan; jahonning har bir millati o‘zbek millatidek go‘zal an’ana, madaniyat sohibi ekanligiga, millatlar o‘zaro farqli va tengligini e’tiqodga aylantirish; targ‘ibot qiladi; millatlararo munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarda faollik, tashabbuskorlikni ko‘rsatadi; O‘zbekistonga sadoqatli barcha xalqlarga hurmat tuyg‘usini bildiradi; O‘zbekiston xalqlarining har bir vakiliga hurmat bildiradi; millatlararo muloqat, munosabatlarni yomonlashtiruvchi fikr bildirgudek bo‘lsa, unga dadil, asosli qarshi turadi.

O‘rta daraja

Barcha millatlar huquqlarining tengligini yaxshi anglaydi; boshqa millatlar vakillari bilan muloqatga kirisha oladi; millatlaro munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarda qatnashadi; O‘zbekiston xalqlariga hurmat hissi bor; millatlararo munosabatlarni yomonlashtiruvchi fikr bildirilganda, bunday fikrga qo‘shilmaydi.

Past daraja

Faqat o‘z milliy an’analarini qadrlaydi; avaylab asraydi; boshqa xalqlar milliy an’analariga e’tiborsiz; boshqa millatlar vakillari bilan muloqotdan o‘zini tortadi; millatlararo munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarda talab qilinsa, qatnashadi; millatlararo munosabatlarni yomonlashtiruvchi fikr bildirilganida uning zararli ekanligini anglamaydi.

Salbiy daraja

Boshqa millatlar madaniyati, urf-odatlarini kamsitadi; boshqa millat vakillari bilan ataylab yomon munosabatda bo‘ladi; o‘z xalqini boshqa xalqlardan ustun qo‘yadi; millatlararo munosabatlarni yomonlashtiruvchi fikrlar bildiradi, hatti-harakatlar qiladi.

Milliy odob

YUqori daraja

Ota-onaga samimiy yaqin, mehrini doimo va hamma joyda bildirib turadi; o‘zbekona axloq me’yorlariga insoniylikni saqlab qolish kafolati sifatida ongli, e’tiqod bilan amal qiladi; ajdodlarga, yoshi ulug‘larga hurmat, ehtiromni doimo va hamma joyda namoyon qiladi; mehmondo‘stlikni so‘z va amalda namoyon qiladi; o‘zidan katta, yoshu-qarini samimiy hurmat qiladi; jahli chiqqanida o‘zini odob me’yorida idora qila oladi; shodlik va motam madaniyatining sohibi (to‘y, motam marosimlarida o‘z o‘rnini, xizmatini biladi va faol amalga oshiradi); milliy odobga zid hatti-harakatlarni doimo va hamma joyda faol qoralaydi.

O‘rta daraja

Ota-onasini hurmatlaydi; o‘zbekona axloq me’yorlarining rioya qilinishiga xayrihoh; yoshi ulug‘larni hurmat qiladi; mehmondo‘st; jahli chiqsa o‘zini idora qila oladi; marosimlarda o‘zini tuta oladi; idora qila oladi; milliy odobga zid hatti-harakatlarni yoqtirmaydi.

Past daraja

Ota-onasining hurmat, izatini joyiga qo‘ya olmaydi; o‘zbekona axloq me’yorlariga befarq munosabatda bo‘ladi: manfaatli bo‘lsa, biror kishi ko‘rib, kuzatib turganligini, baholashini sezsa, yoshi ulug‘larni hurmat qiladi; mehmondo‘stlik madaniyatini tushunmaydi; tengqurlarini “sen”laydi; qizishsa, o‘zini idora qila olmaydi; marosimlarda o‘zini tuta olmaydi; milliy odobga zid xatti-harakatlarni befarq, bemalol kuzatadi.

Salbiy daraja

Ota-onasini xo‘rlaydi; qaqshatadi; dilozorlik qiladi; o‘zbekona axloq me’yorlariga eskilik sarqitlari, “madaniyatsizlik” deya munosabatda bo‘ladi; yoshu-qarilarni hurmat qilmaydi; so‘kinadi” barchani sensirashga moyil; johil; marosimlarda buzg‘unchilik qiladi; milliy odob me’yorlarini surunkali buzib yuradi.
Milliy mafkuraviy onglilik

YUqori daraja

Jonajon Vatan-O‘zbekistonning jahon va Markaziy Osiyoda tutgan mavqeini, bir va butunligini chuqur, asosli anglaydi; O‘zbekiston hukumati va Prezidenti ichki va tashqi siyosati haqida yoshiga mos darajada xabardor; milliy Davlat manfaatlarining guruhiy firqaviy, mahalliy, qon-qarindoshchilik manfaatlaridan ustunligini teran anglaydi, dalillar bilan asoslaydi; O‘zbekiston xalqining mafkuraviy birligiga zid tashqi (boshqa davlatlardan) va ichki (millatchilik, mahalliychilik guruhbozchilik va boshqa) bo‘linishlarga qarshi tura oladi.

O‘rta daraja

O‘zbekistonning mustaqilligi, taraqqiyot yo‘li, ichki va tashqi siyosatidan xabardor; milliy davlat manfaatlarining guruhiy, firqaviy, diniy, mahalliy, qon-qarindoshchilik manfaatlaridan ustunligini tushunadi; O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasiga zid tashqi yoki ichki harakatlarning zararini anglaydi.

Past daraja

O‘zbekistonda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan islohotlar haqida tushunchalari sayoz, yuzaki; milliy davlat manfaatlarining ustun turishi shartligini anglamaydi; O‘zbekistonnning milliy istiqlol makurasining mohiyatini tushunmaydi.

Salbiy daraja

O‘zbekistonning jahon va Markaziy Osiyodagi o‘rni, mavqei bilan qiziqmaydi; shaxsiy, guruhiy, diniy, mahalliychilik manfaatlarini milliy davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi; O‘zbekiston milliy istiqlol mafkurasiga zid hatti-harakatlarni yoqlaydi.

O‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik darajasini qayd qilish uchun yuqori (4), o‘rta (3), past (2) va salbiy daraja (1) ballik o‘lchovdan foydalanildi. U yoki bu ko‘rsatgich bo‘yicha o‘quvchida barcha yuqori ko‘rsatgichlar mavjud bo‘lsa, unga yuqori ball qo‘yish nazarda tutildi. Sanayu o‘tilgan ko‘rsatgichlarning fazilatlarga, tadqiqot uslublarining fazilatlarga validligini ta’minlashga alohida e’tibor berildi. Kuzatish, suhbat o‘tkazish, anketa o‘tkazish, insho olish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish kabi usullarning bir-birlarini to‘ldirishlariga erishildi.



Xulosalar:

  • har qanday tarbiyaviy ish, faoliyatning samaradorligi, ilmiyligi, milliy istiqloliy qimmati uning aniq mezonlarga asoslanishiga bog‘liq. Buning uchun dastlab mustaqil O‘zbekiston istiqlolining pedagogika faniga berayotgan milliy tarbiyaviy buyurtmasi asoslab olinmog‘i kerak. SHu bilan birgalikda, O‘zbekiston pedagogikasida ilmiy o‘rganilmagan, biroq hozir yosh avlodlarimizda shakllantirilmagan, mustaqillikni mustahkamlash uchun shakllantirish zarur bo‘lgan va shaxsning milliyligiga bevosita aloqador bo‘lgan fazilatlarni belgilash, ilmiy asoslash zarurati paydo bo‘ldi.

  • Milliy tarbiyaviy fazilatlar sifatida “O‘zbekiston vatanparvarligi”, “milliy g‘ururlik”, “milliy odoblilik” millatlararo muloqot madaniyati”, “vijdoniylik”, “milliy mafkuraviy onglilik” asoslandi. Mazkur fazilatlarning pedagogik mohiyatini belgilashda barcha ijtimoiy fanlarda, xalq orasida hozir ham mavjud bo‘lgan(empirik) axloqiy mezonlarga va shaxsiy sifatlarni shakllantirishning psixologik manbalariga tayanildi.

  • Milliy tarbiyalanganlik mezonlarini belgilashda o‘zbek xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogik yondoshuvlar uyg‘unligiga tayanildi. SHaxsning mohiyatini ochib beruvchi qadimiy uchlik mezon – yaxshi so‘z, yaxshi fikr, niyat va yaxshi ish hamda uning pedagogik-psixologik talqini – shaxs shakllanishining intellektual – ratsional, empirik – irodaviy va amaliy faoliyatga doir qirralari haqidagi qarash uyg‘unligidan kelib chiqildi.

  • Milliy tarbiyaviy fazilatning shakllanganlik darajasini aniqlash uchun har bir fazilatga xos asosiy belgilar yig‘indisi asos qilib olindi.

  • Mazkur ilmiy va empirik ko‘rsatkichlar, darajalar, mezonlar uyg‘unligi o‘zaro bir-birini to‘ldirib, tadqiqot va tarbiya uslubiyatining bir-biriga mutanosibligini belgilashga asos bo‘ldi.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin