Blackcurse



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə17/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
2 5215525430601193042

Savol va topshiriqlar:

  1. Boshlang‘ich sinflarda Tarbiya fanini o‘qitishda yangicha yondashuvlar;

  2. 5-6-sinflarda Tarbiya fanini o’qitishda yangicha yondashuvlar;

  3. 7-9 sinflarda Tarbiya fanini o’qitishda yangicha yondashuvlar.



5-Mavzu: Tarbiya fani doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va hamkorlik masalalari.

Reja:

  1. Tarbiya fani doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va hamkorlik masalalari

  2. Tarbiyaning globallashuv jarayonidagi vazifalari

  3. Yuksak ma’naviyatli pedogok kadrlarni shakllantirish: muammo va yechimlar;



Tayanch iboralari: ma’naviy, ma’rifiy, Yuksak ma’naviyat, pedogok kadrlarni, muammo va yechimlar.
Mustaqil O‘zbekistonda milliy tarbiya g‘oyasining tiklanishi va rivojlanishi
Sobiq SSJIda "millat", "milliylik" muammosi 60-yillardan faylasuflar tomonidan muhokama qilina boshlandi. Dastlab milliy adabiyotlarning o‘zaro ta’siri, milliy madaniyatlarning o‘zaro bir-birini boyitishi, ma’naviy hayotning baynalmilallashuvi kabi masalalar kun tartibiga qo‘yildi. Biroq madaniyat, san’at, an’ana, ruhiyatning milliyligi e’tirof qilinsa-da, tarbiyaning milliyligi e’tibordan chetda qolaverdi. “Milliy tarbiya” tushunchasining falsafiy mohiyati ilk bor falsafa fanlari doktori, professor S.Otamurodov tomonidan kun tartibiga qo‘yildi1. Sobiq internatsional tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolarni umumlashtirar ekan, olim o‘sha davrniig rasmiy nuqtai-nazariga tamoman zid xulosaga keldi. YA’ni, milliy tarbiyasiz baynalmilal tarbiya bo‘lishi ham mumkin emasligi; "baynalmilal tarbiyani milliy tarbiya orqali amalga oshirish lozimligi; chunki milliy tarbiya o‘z xalqining madaniy qadriyatlarini singdirgan insonni shakllantirishi va haqiqiy milliy madaniyat ruhida tarbiyalangan kishigina boshqa milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan kishidagi insoniy fazilatlarni anglab, hurmat qila olishi; milliy tarbiyaning xalqlarning ma’naviy yaqinlashuviga asos bo‘lishi; milliy tarbiya shakl va uslublarining tiklab qo‘llanilishi - jamiyatni mafkuraviy, ma’naviy yakdillashuviga demokratlashuviga xizmat qiluvchi yangi yondashuv bo‘la olishini falsafiy isbotladi. Milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi arafasidagi "milliy madaniyatning chuqur inqiroz holati" deb baholab, S.Otamurodov bu inqirozdan qutulish har bir xalqning madaniy an’analarini ma’rifiy tiklash, ya’ni ongli, maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaga bog‘liqligini, milliy tarbiya istiqbolda shovinizm, kabi illatlarning oldini olishini asoslab berdi1.

Har bir jamiyatni psixologik, mafkuraviy va iqtisodiy tanglikdan qutqazish sharti - inson xarakterini o‘zgartirishga bog‘liq2. Lekin tarixda bu vazifani insonparvarona hal etish hamma vaqt ham amalga oshavermagan. CHunki mustamlakachilik manfaatlari, siyosiylik, partiyaviylik aksariyat hollarda ushbu muammoni hal qilishning ma’rifiy usulini inkor qilib kelgan.

Inson va jamiyat xarakterini o‘zgartirish qator ma’rifiy, pedagogik islohotlar orqali amalga oshadi. Ana shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasining ochilishi mamlakatda milliy davlatchilikka xos va mos milliy tarbiya nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishga kuchli rag‘bat bo‘ldi. Prezident I.A.Karimov Akademiyaning vazifasi faqat muayyan nafar kadr tayyorlab berishdangina iborat bo‘lib qolmasligini, akademiya “o‘zining ilmiy, pedagogik salohiyati asosida butun maorif tizimini isloh qilish uchun yangi muhit, yangi sharoit yaratib berishi lozim”ligini uqtirdi.

CHunki “... biz o‘zimizning o‘quv dasturlarimiz va aholini ma’naviy tarbiyalash dasturlarini qaytadan ko‘rib chiqmas ekanmiz, hech narsaga erisha olmaymiz”, - dedi davlat rahbari3.

Milliylik g‘oyasi Akademiya olimlari ilmiy ishlarining etakchi tamoyiliga aylantirildi. Natijada milliy davlatchilikning huquqiy asoslari professor A.A.Azizxo‘jaev, O.T.Husanov, siyosiy asoslari R.Z.Jumaev, ma’naviy asoslari professorlar N.Komilov, M.Imomnazarov va boshqalar tomonidan ishlab chiqilib, boyitila boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va tadqiqotlar institutida yaratilib amalga oshirilgan “Ma’naviy yangilanish” Davlat Dasturida milliy ma’naviyatni saqlab qolish, tiklash va yangilashga qaratilgan kompleks tadqiqotlar milliy tarbiyaning strategik yo‘nalishlarini belgilashga zamin yaratdi.

Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan rag‘bat va e’tibordan kelib chiqib, Mustaqil O‘zbekistonda milliy tarbiya g‘oyasining rivojlanishini o‘rganish muayyan tamoyillarga tayangan holda amalga oshirilishi lozim. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: 1) Respublikamiz mustaqilligining arafasida va boshida qanday ma’rifiy-pedagogik qiyinchiliklar mavjud bo‘lganligini aniqlash; 2) Mavjud qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan sabablarning aniqlanishi; 3) Muammoni ijobiy hal qilishning eng to‘g‘ri, ilmiy asoslangan yo‘llarini topib olish kerak. SHu tariqa milliy tarbiya g‘oyasi taraqqiyotini o‘rganish oldiga ham respublikamizda: 1) "miliy tarbiya - pedagogik muammo" sifatida 2) muammoni yuzaga keltirgan sabablar; va 3) uni echish uchun nimalar qilmoq kerakligi haqidagi savollarga javob izlash vazifasi qo‘yildi.

Tarbiyaning mohiyatan milliyligi va maktabni milliy ruhdan ajratish halokatli xato ekanligi haqidagi fikrlar ilk bor sobiq SSJI miqyosida xalq ta’limi xodimlari Butunittifoq s’ezdida (1988 yil 20-22 dekabr) ko‘tarildi. Gruziya vakili professor SH.A.Amonashvili deputatlar diqqatini milliy (gruzin va boshqa) va nomilliy (sovet maktabi) mavjudligiga qaratdi. Taniqli olim yagona dastur, yagona o‘quv rejasi, o‘qituvchi tayyorlashning yagona tarzi natijasida maktablardan milliy madaniyat haydab chiqarilganligi haqida gapirib, “Maktabda bolalarning gruzin, ya’ni ona tilida o‘qishlari hali bu milliy maktab degani emas. Maktabda qachon gruzin madaniyati ruhi yashar ekan, ana shundagina u maktab milliy bo‘la oladi. Rus maktabida ham, arman maktabida ham, umuman har bir maktabda ana shunday bo‘lmog‘i kerak. (Qarsaklar)... Bizga milliy maktabni qanday qurish kerakligi haqida (markazdan M.Q.) buyruq kerak emas. Nahotki, markazdagilar o‘z gruzin bolalarimizni bizlar – ota-onalar, o‘qituvchilardan ham ortiq sevuvchilar bor, deb o‘ylasalar”, - dedi1. Mazkur chiqish keyinchalik barcha ittifoqdosh respublikalarda etilgan muammo – ta’lim-tarbiya, maktabning milliyligi haqidagi qizg‘in munozaralarning boshlanib ketishiga turtki bo‘ldi.

Xalq ta’limi xodimlarining Butunittifoq s’ezdi arafasida Moskva pedagogik dunyosida “konsepsiyalar jangi” kechdi. Pedagogika fanlari Akademiyasi o‘zining “Umumiy o‘rta ta’lim konsepsiyasi”ni s’ezd delegatlariga tarqatdi. Konsepsiya mazmunida “milliy va mahalliy xususiyatlarni ham xisobga olish” tamoyili ilk bor tilga olib o‘tildi, xolos2.

O‘zbekistonda milliy tarbiya muammosi “milliy maktab” muammosi tarkibida muhokama qilina boshladi. Respublikamizning keng jamoatchiligi P.Musaev, R.Hasanov va D.Qo‘ldoshevalarning “Fan va turmush” oynomasida (1989 yil oktyabr) e’lon qilingan “Maktabimiz istiqboli haqida o‘ylar” davra suhbatini; O‘zPFITI bo‘lim mudiri (Respublika “Milliy maktab muammolari” jamoatchilik ilmiy Markazining tashkilotchisi va rahbari) R.Hasanovning “Maktabga milliy asos kerak” (O‘qituvchilar gazetasi, 1989 yil 1 noyabr); professor K.YUsupovning “Milliy maktab zarurmi?” (O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 1990 yil 19 noyabr), "YAngi milliy maktab yarataylik" (Uchitelskaya gazeta, 1990 yil oktyabr) va boshqa qator maqolalarni katta tashnalik bilan kutib oldi.

Xalq - mushtariylar fikri gazeta va jurnallarda "Etilgan muammolar haqida maktublar", "Taklif vv mulohazalar", "Ona tilimiz - boyligimiz", "Bizning maktub", "YAna milliy maktab haqida", "Milliy maktab muammolari", "Munozara uchun mavzu", "Mehmonnoma" va boshqa ruknlarda muntazam berib borildi. Mavzuning dolzarblik darajasini 1990 yil oxiriga kelib ushbu mavzu bo‘yicha O‘zbekistonliklardan tashqari Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston fuqarolaridan ham tahririyatlarga 1500 dan ortiq xat kelganligi ham tasdiqlaydi. Muharririyatdagilar ham mushtariylarning bu qadar faolligini kamdan-kam uchrashini qayd qilganlar1. Mushtariylardan kelgan xatlardan parchalar keltiramiz:

“...SHu vaqtga qadar yagona sovet pedagogikasi sistemasiga amal qilib kelgan maktablarimiz programmadan chiqa olmadi. Kerakli-keraksiz fanlar o‘tilgan. Tarbiya ikkinchi planga tushirib qo‘yildi. Natijada odamlar o‘rtasida mehr-muhabbat, odamiylik unutila boshlandi. Milliy g‘urur nimaligini bilmay o‘sayotgan yoshlar o‘rtasida bezorilik avj oldi. Bordi-yu, shu hol davom etaversa, kelgusi asr odamlarini, ularning o‘zaro hamkorligini tasavvur etish qiyin. Avvalo maktabga, tarbiyaga milliy asos berish kerak” /J.Jilovov, Qashqadaryo viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish institutining kabinet mudiri2.

“...Maktabda Makarenko, Ushinskiy, Suxomliiskiy va boshqa atoqli pedagoglarning metodikalari asosida ish yuritiladi. Bular bir jihatdan yaxshi. Biroq metodika va pedagogika bir joyda to‘xtab turmaydi-ku! CHunkn yoshlar dunyoqarashlari o‘zgarib bormokda. Men aytmokchi bo‘lgan fikr, ya’ni har bir millat farzandi o‘z milliy yashash sharoitida tarbiyalanadi. Inson bir xil bo‘lgani bilan ularning urf-odatlari har xil, yashash sharoiti turlicha. SHuning uchun O‘rta Osiyoda o‘quvchilar va yoshlarni tarbiyalash uchun olimlarimiz va aktiv pedagoglar hamkorlikda yangi metodika va pedagogika fanini yaratishlarini istayman. Hozir yoshlar faqat nasihatgo‘ylikni tinglamoqdalar. Maktabda va uyda, radio, televidenie va matbuotda nasihat ko‘payib ketdi. Menimcha: ko‘p yoshlar radio, televizordagi nasihatlardan ko‘ra badiiy film berilayottan kanalni burashadi".3 “...Milliy maktab yaratishning birinchi bosqichida har bir o‘qituvchi mavjud programma va darsliklarga ijodiy yondashib, dars jarayonida ta’lim mazmunini milliylashtirmoqni o‘rganmog‘i lozim. Buning uchun o‘qituvchi o‘tayotgan darsiga muvofiq ravishda yurtimiz tarixi, geografiyasi, xalqimiz madaniyati va urf-odatlari, ananalaridan ham to‘liq; xabardor bo‘lishi talab etiladi. Ikkinchi bosqichda mutaxassislarning ilmiy izlanishlari asosida milliy ruhda yozilgan qo‘llanma va darsliklar asosida o‘qituvchilar dars olib boradi.4

“...Xo‘sh, maktablarni milliylashtirish shunchaki milliy hissiyotlarga yoki o‘z-o‘zini anglashga qaratilgan bir tadbirmi? Unday emas. Maktablarni milliylashtirish zamirida keng ma’no bor. Bizningcha, milliy maktablarning yaratilishi, birinchidan, o‘zbek xalqining urf-odatlari, an’analari, axloq normalarini, milliy qiyofasini tiklash imkonini beradi... Ikkinchidan, u milliy g‘ururni shakllantiradi, o‘z-o‘zini anglash, o‘z xalqi va uning kelajagiga javobgar bo‘lgan va bu javobgarlikni his etuvchi vatanparvarlarni etishtirishga ko‘maklashadi; uchinchidan, maktablarda ta’lim mazmunini tez va oson o‘zlashtirish imkonini beradi; to‘rtinchidan, o‘zbek xalqini dunyo madaniyatida o‘z o‘rnini topishiga sharoit yaratadi; nihoyat, oxirgisi, o‘zbek xalqining birligini ta’minlash va iqtisodiyotimizni yaxshilashga yo‘l ochib beradi", /Q.Fozilxo‘jaev, R.Hasanov. Istiqbolimiz garovi.1

Keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar, mulohazalar “Fan va turmush”, “Maktabgacha tarbiya”, “Boshlang‘ich ta’lim”, balki respublikamizning "YOsh leninchi", "O‘qituvchilar gazetasi", "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati", "Turkiston", "Xalq so‘zi", "O‘zbekiston ovozi", “Vatan”,"Oila va jamiyat", "Ma’rifat" va boshqa ro‘znomalarda; “Xalq ta’limi”, "Sovet sharhi musulmonlari", "YOsh kuch" kabi oynomalarda, radio, televidenie eshitiruv va ko‘rsatuvlarida buyuk bir faollik, kuyunchaklik bilan bildirildi. Bu qadar faollik milliy maktab yaratish, tarbiyani milliy asosga qurish g‘oyasi respublikamizda ijtimoiy ongga aylanganligini, o‘zbek xalqining milliylikka, o‘z fazandlarida milliy ruh, milliy odob-axloq, pok vijdon, vatanparvarlikni ko‘rishni qanchalik istashlarining ko‘rsatkichi edi.

Milliy tarbiya zarurati nafaqat matbuotda, balki respublikamizda turli ko‘lam va darajalarda pedagogik, mafkuraviy ma’naviy - ma’rifiy ehtiyoj sifatida qizg‘in muhokama qilindi. 1990 yil 17 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston o‘qituvchilarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Uning rezolyusiyalarida; “Jumhuriyatda umumiy o‘rta ta’limni qayta qurish” bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligiga quyidagi takliflar bildirildi;



  1. O‘zbekiston SSJ fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda jumhuriyatda maktab ta’limi mazmunini jamiyat talabi darajasiga ko‘tarish, milliy madaniy an’analarni, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda qayta qurib chiqishga asosiy diqqat-e’tibor qaratilsin;

  2. Jumhuriyatnnng milliy maktabi Konsepsiyasi ishlab chiqilsin va uni amalga oshirish dasturi tuzilsin.

Jumhuriyatda maktabdan tashqari tarbiyani qayta qurish haqida O‘zSSJ Xalq; ta’limi vazirligiga:

  1. Milliy-madaniy an’analar va umuminsoniy qadriyatlar hamda ruhiy-pedagogika fanining zamonaviy yutuqlariga asoslangan holda O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini tarbiyalash dasturini ishlab chiqish ishini yaqin kunlar ichida amalga oshirish;

Xalq ta’limi vazirligiga, xalq ta’limi viloyat boshqarmalariga, Toshkent ijroqo‘mi xalq ta’limi Bosh Boshqarmasiga, nohiya (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalarga, maktablarga, hunar-texnika bilim yurtlariga, pedagogika bilim yurtlari va oliy ilmgohlariga, xalq ta’limi xodimlari, malaka oshirish institutlariga ushbu rezolyusiyalarni dasturilamal sifatida qabul qilib, o‘zlarining amaliy faoliyatlarida keng qo‘llab borish taklif etildi1.

Milliy tarbiya g‘oyasining Davlat ahamiyatiga molik masala sifatidagi ko‘lamini ko‘rsatish uchun 8-jadvalga murojaat qilamiz. Zero bu - milliy tarbiya nazariyasi va amaliyotini ilmiy asoslash nuqtai-nazaridan katta ahamiyatga egadir.



8-jadval. Milliy tarbiyaning nazariy va xalqaro, respublika, viloyat miqyoslaridagi amaliy masalalari bevosita va bilvosita muhokama qilingan ayrim tadbir, anjuman, seminar, yig‘ilish, konferensiyalar


T/r

Mavzu, turli shakli

Joyi vaqti

SHakli

Tashkilotchi

1

Sobiq SSJI “milliy maktab”, “maktabda milliy madaniyat ruhi” tushunchalarining muhokama qila boshlanishi

Moskava 1988

Xalq ta’limi xodimlarining Butunittifoq s’ezdi
SH.A.Amonashvili

2.

O‘zbekistonda milliy tarbiya g‘oyasining “milliy maktab” muammosi tarkibida qizg‘in muhokama qila boshlanishi

1989

Respublika miqyosida




3.

O‘zKP MK Respublika xalq maorifining milliy asosdagi Konsepsiyasini ishlab chiqish haqida qaror qabul qildi

1989

O‘zKP MK byuro qarori




4.

“Maktabga milliy asos kerak”

1990

Qashqadaryo viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish institutida bahs, davra suhbaati

Qashqadaryo VUMOI

5.

“Kelajagimiz maktabda”

1990 18/IV O‘qituvchilar gazetasi

Murojaatnoma




6.

O‘zbekiston jumhuriyatining umumiy o‘rta ta’lim maktabi to‘g‘risida muvaqqat Nizomi

1991 oktyabr

Nizom

Respublika Xalq ta’limi vazirligi

7.

O‘zbekiston o‘qituvchilar konferensiyasi

1990 noyabr

Konferensiya rezolyusiyalari

Respublika Xalq ta’limi vazirligi

8.

“Milliy maktab muammolari” Respublika jamoatchilik ilmiy Markazi

1992 fevral

Oyda bir o‘tkaziluvchi seminarlar

O‘zPFITI R.Hasanov

9.

“Kun tartibida- milliy maktab”

1992 mart

Faollar yig‘ilishi

Respublika o‘qituvchilar uyi

10.

“O‘zbek xalq pedagogikasini qayta tiklash yo‘riqnomasi (konsepsiyasi) e’lon qilindi

1992 iyul

konsepsiya

O‘zPFITI xalq pedagogikasini o‘rganish bo‘limi

11.

“Milliy qadriyatlarimiz maktab va mahallalarda tarbiya ishlarini olib borishda muhim omil”

1992

Ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zPFITI

12.

Milliy - maktab va uni shakllantirish muammolari

1992 mart

Ilmiy anjuman

Nizomiy nomli TDPI

13.

“O‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishda oliy va umumta’lim maktablarining hamkorligi (tavsiyalar)

1992

Plenum yig‘ilishi

O‘zbekiston pedagogika jamiyati Plenum yig‘ilishi

14.

“O‘zbek maktabi o‘qituvchisining siymosi” (ichki va tashqi)

1992

Ilmiy markaz yig‘ilishi

O‘zPFITI

15.

“Milliy maktab”: uni qachon shakllantiramiz?

1992

Davra suhbati

“Ma’rifat” gazetasi

16.

“Milliy maktab” tajriba va istiqbol

1992

“O‘qituvchi-92” ko‘rik tanlovi

RUMM

17.

“O‘zbekiston tarixini o‘qitishning dolzarb vazifalari”

1992

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

18.

SHarqning ulug‘ mutafakkirlari merosida ta’lim-tarbiya masalalari

1993 yanvar

Respublika idmiy-amaliy anjumani

Nizomiy nomli TDPI

19.

“Tarbiya – barchaning muqaddas ishi”

1993 27/III Ma’rifat

Respublika o‘qituvchilar uyi qoshidagi urush va mehnat faxriylari Kengashi murojaati




20.

“Bilim maskanlarini milliylashtirish muammolari”

1993 aprel

Respublika seminar kengashi XT vazirligining ko‘chma hay’at yig‘ilishi

Buxoro viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti

21.

“Milliy maktab va tarbiyaning taraqqiyot istiqbollari”

1993 yil Toshkent

Respublika pedagog olimlarining ilmiy ishlari to‘plami

Nizomiy nomli TDPU

22.

“Milliy maktab: konsepsiya va rivojlantirish texnologiyasi”

1993 mart

Xalqaro konferensiya

YUNESKO

23.

“Prezident I.A.Karimov asarlarini o‘rganish va targ‘ib qilish”

1993 iyul

Ilmiy-nazariy anjuman

Nizomiy nomli TDPU

24.

“O‘zbek oilasining etnopsixologik muammolari”

1993 oktyabr

Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti

25.

“Mafkura va tarbiya muammolari: nazariya va amaliyot

1994 aprel

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

26.

“O‘zbekiston o‘qituvchilari va talabalarini milliy istiqlol ruhida tarbiyalash”

1994 sentyabr

Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; Respublika ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi; SamDU; VPXMOI

27.

Milliy tarbiyani yuksaltirishda davlat bosh islohotchi bo‘lishi O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy istiqbolining asosiy tamoyillaridan biriga aylantirildi va h.k.

1995 fevral

Prezident I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Birinchi majlisidagi ma’ruzasida

Toshkent

Tadqiqot vazifalari sotsiologik so‘rovlar o‘tkazib, keng jamoatchilikning, maorif xodimlari, rahbarlari, tashkilotchilarining tarbiyadagi milliylikka va uni o‘zbek maktablarida joriy qilinishiga munosabatlarini o‘rganishni taqozo qildi.

Milliy tarbiya maqsadini yanada muayyan, zamonaviy talqin qilish uchun O‘zbekiston Respublika xalq noiblari sessiyalari materiallari; Prezident va Vazirlar mahkamasi chiqargan farmonlar, qarorlar, mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi; O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasining ilmiy asoslari; respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy talablari ifodalangan davlat hujjatlari, shartnomalari o‘rganildi. Maqsad – yuqorida zikr etilgan hujjatlardan O‘zbekiston pedagogikasi bilan bog‘liq mazmunni aniqlab olmoq edi. Jumhuriyatimizda mustaqillik arafasida va undan keyingi e’lon qilingan hujjat, ma’lumotlar mazmunini o‘rganishning asosiy usullaridan biri sifatida kontent tahlildan foydalanildi. Maqsadli ma’lumot qidiruv, so‘rovlar oldiga “Xalqimiz va davlatimiz milliy tarbiyaning maqsadi, usullari, shakllari, vositalari, natijasini qanday tasavvur qilmoqda?”, “O‘quvchilar xarakterida qanday sifatlarning mujassam bo‘lishini istaydi va qaysi sifatlardan norozi?” kabi muayyan pedagogik savollarga javob olish vazifa qilib qo‘yildi. Maqsad-xalqimizning pedagogik tafakkuridagi tarbiyaviy maqsadni anglab, uni ilmiy pedagogik nazariya bilan uyg‘unlashtirish va shu orqali nazariya va amaliyotning, tarbiya va hayotning birligiga erishish edi.

Mustaqil O‘zbekistonda yuqoridagi savollar va maqsadga javob beruvchi qudratli manba barpo qilindn. Bu - O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi bo‘ldi. Galdagi vazifa - mafkuraning milliy asoslariga milliy tarbiyaning ilmiy asoslarini uyg‘unlashtirish edi. CHunki “milliy mafkurani ongimizga singdiruvchi amaliy tarbiyani yo‘lga qo‘ymoq kerak (I.A.Karimov)ligi davlat ahamiyatiga molik zaruriyatga aylangan edi. SHu tariqa milliy tarbiyaning milliy mafkura bilan uyg‘unligiga erishish quyidagi yo‘nalishlarda belgilandi:

“5. Axloqda, xulq-odobda va fuqarolar ongida milliylik ruhini, his-tuyg‘ularini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratish...Axloq va ongda milliy g‘ururni shakllantirish;

- axloqdagi, xulq-odobdagi milliylikni umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirish, ularni tarbiyaga singdirish asosida yuksaltirish, axloqiy merosdan keng foydalanish, axloq va ongni boshqa xalq va millatlarga xayrixohlik, do‘stlik, ular bilan tinch-totuvlik ruhida tarbiyalash, yoshlarga baynalmillallik tuyg‘usini hamda milliy nizolarga, kamsitishlarga mensimasliklarga esa nafrat hissini singdirish"1. SHu tariqa O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasining ilmiy asoslaridan kelib chiquvchi milliy odob", "milliy g‘urur" “millatlararo muloqot madaniyati" kabi fazilatlarni shakllantirish milliy tarbiyaning vazifalariga aylantirildi.

Mustaqillik sharofati bilan respublikamizda ta’limni tashkil qilish, litseylar, kollejlar ochish, iqtidorli bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ta’limning sifatini jahon standartlari darajasiga etkazish yo‘lida xayrli ishlar boshlandi. Galdagi vazifa - tarbiya masalasini ham shu darajada hal qilish edi. Zero sobiq sovet pedagogikasidagi "ta’limning o‘zi tarbiyalaydi", deya tarbiyani ikkinchi darajali ish deb qarash ayrim bilimli kishilarda so‘z va ish orasidagi tafovutda namoyon bo‘lmoqda edi. CHunki mustaqil O‘zbekistonda ayrim bilimli ishbilarmonlari xalqimizning xorijdan valyuta hisobiga keltirilgan rizq-ro‘zini o‘g‘irlab, chetga chiqarib sotganlari; bunday jinoyatlarning boshida 276 nafar mansabdor shaxslar turganliklari"2 Oliy ma’lumotli kishilar tomonidan buzilayotganligi" ayrim maktab o‘qituvchilarining vatanimiz kelajagini o‘ylash u yoqda tursin, hatto maosh, imtiyozlari oshirib qo‘yilgandan keyin ham o‘z darslari sifatini oshirishga urinmayotganliklari va h.k. haqida tashvishli xabarlar bildirilmoqda edi. Respublika Prezidenti bu hodisani vijdon masalasi, ya’ni aholining bir qismida niyat - so‘z va ish oralarida farqning mavjudligida deb baholaydi. Mavjud holat yosh avlodning ana shu illatdan himoya qilish uchun ularning niyati, so‘zi va ishi bir - sof vijdon sohiblari etib tarbiyalash zaruratini pedagogika faniga ijtimoiy buyurtma sifatida belgilashga asos bo‘ldi.

Xalq ta’limi amaliyotchilarining milliy tarbiya yo‘nalishlariga munosabatlarini anglash va shu asosda milliy tarbiya maqsadida, respublikamiz viloyatlari maktablari direktorlari, ilmiy bo‘lim mudirlari, tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari orasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazildi. So‘rovlarning barchasi har bir kishi o‘z xalqi, millati urf-odatlari ruhida tarbiyalashlari lozim, bu jarayon maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, maktablar o‘quvchilarda milliy fazilatlarni, qadriyatlarni sistemasiz, ya’ni qoniqarsiz shakllantirmokda /91,4%/. SHuning uchun o‘zbek maktablarida tarbiya mazmuni tubdan, milliy asosda isloh qilinishi kerak. So‘ralganlarning 99,4 foizi o‘quvchilarning tarbiyalanganligining mavjud darajasi mustaqil O‘zbekiston istiqloli talablariga javob bera olmasligi qayd etishdi. Tarbiyaning mohiyati haqidagi savolga respondentlarning 0,4%-o‘zbek maktablarida o‘quvchilarni sovet davridagidek, 89% -ham milliy, ham zamonaviy, 10,6 -qadimiy musulmon an’analari ruhida bo‘lishi kerak, degan fikrni bildirdilar.

O‘quvchilarning o‘z milliy tarixiga, madaniyatiga qiziqishlari ularning boshqa millat bolalari bilan munosabatlarining yomonlashuviga olib keladimi?" Bu fikrga Siz qanday qaraysiz?" degan savolga so‘ralgan o‘qituvchi-tarbiyachilarning 8,6%i qo‘shilishlarini, 5,1% - biror fikr aytishga qiynalishlarini va 86,3%i esa bu fikrga qo‘shilmasliklarini bildirdilar. SHuningdek, so‘ralganlarnnng 75%i o‘quvchilarning yagona maktab kiyimi bo‘lishi kerak, aks holda ular orasida moddiy tengsizlik kayfiyati paydo bo‘lib, tarbiyaga zarar keltiradi, deb hisobladilar. Bu fikrga so‘ralganlarning 18%i qo‘shilmadi.

Sotsiologik-pedagogik so‘rov natijalari maktablarimizda olib borilayotgan tarbiyaning mavjud maqsadi, vazifalari mustaqil O‘zbekistonni jahonning eng taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylantirishning pedagogik kafolatini yaratishga tayyor emasligini; shuning uchun ham tarbiya tizimi tubdan isloh qilinishi - ham milliy, ham zamonaviy O‘zbekiston fuqarolarini-vatanparvarlarini shakllantirishga yo‘naltirilishi lozimligini; istiqlol maqsadlarini mukammal amalga oshiruvchi fazilatlarni, jumladan, milliy g‘urur, O‘zbekiston vatanparvarligi, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odob, milliy istiqloliy mafkuraviy onglilikni shakllantirmay turib O‘zbekistonni jahonning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biriga aylantirib bo‘lmasligini ko‘rsatdi.

Sotsiologik-pedagogik va kontent tahlil yuqoridagi konstruktiv g‘oyalar, faktlar bilan birga "O‘zbekning eng asosiy fazilatlari, asosiy xislatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?"(I.A.Karimov) savollariga javoblar tizimini ham belgilab berdi. Respondentlar jamiyatimizning hayotida uchrab turgan salbiy sifatlarni ham qayd qildilar. Bu esa nafaqat ijobiy sifatlarni umumlashtirib, milliy istiqloliy fazilatlarni asoslab olishga, balki salbiy sifatlardan o‘quvchilarni qutqazishning pedagogik choralarini aniqlashga ham xizmat qildi.

9-jadval. Respondentlar qayd etishgan ijobiy va salbiy sifatlar



Ijobiy sifatlar

Do‘stga vafodorlik

O‘rtoqlik

Mehmondo‘stlik

Odamgarchilik

Insonparvarlik

Tadbirkor-chaqqonlik

Axloqan teranlik

Turmushga nafosat bilan qarash

Uquvlilik

Fazilatlilik

Sahiylik


Xushmuomalalik

Ko‘p bilan birga bo‘lish

Hayolilik

Sizlab muomala qilish

Ozodalik

Xushf’ellik

Mardlik

Nazokatlilik

Samimiylik

Ziyraklik

Lutf karamlilik

Ro‘zg‘orshunoslik

SHinavandalik

Ona tilida sof so‘zlash

Tashabbuskorlik

Milliy mafkuraviy e’tiqodlilik

Milliy san’atga shaydolik

Milliy g‘ururlik

Vatanga muhabbatlilik

Sof vijdonlilik

Or-nomuslilik

Ogohlik


Boshqa xalqlarga hurmatlilik

Vazminlik

Milliy iftixor

O‘tmishga hurmat

Diyonatlilik

Va boshqalar



Salbiy sifatlar

Beѓamlik


Manmanlik

Isrofgarchilik

Laganbardorlik

Tilyog‘lamalik

Xasislik

Tamagirlik

SHuhratparastlik

Xudbinlik

Behayolik

Manfaatparastlik

Bemehrlik

qonunbuzarlik

jinoyatchilik

bezorilik

giyohvandlik

muallimlarni haqoratlash

ota-onaga mehrsizlik

marhumlarni yomonlash

milliy g‘urursizlik

ma’naviy qashshoqlik

andishasizlik

loќaydlik

behayolik

ma’naviy qashshoqlik

madaniy qashshoqlik

qimorbozlik

ichkilikbozlik

Vatan tuyg‘usini his qilmaslik

Tajavuzkorlik

so‘z va ish orasidagi tafovut

xalq oldida burchsizlik

mahalliychilik

uyat so‘zlarni ishlatish

mahalliychilik

iymonsizlik

beqarorlik

o‘tmishga hurmatsizlik

xotin-qizlarga dag‘allik

va boshqalar

Xullas, XXI asr ostonasida turgan jamiyatimiz o‘sib kelayotgan ajdodlarda yuqoridagi ijobiy, milliy sifatlarning namoyon bo‘lishini va salbiy sifatlarning bartaraf qilinishini istar edi. Buning asosiy shartlaridan biri esa maktabning, tarbiyaning milliy asosga qurilishidir. Milliy maktab, tarbiya haqida 1989-1993 yillarda respublikamiz matbuoti, xususan “Ma’rifat”da e’lon qilingan “Amaliy ish qachon?”, “Quloq soling mutasaddi tashkilotlar!”, “Milliy maktab zarur” va boshqa maqolalarda bu ehtiyojning qanchalik o‘tkir bo‘lganligini quyidagi misralar misolida sezish mumkin edi: “... Maktabda milliy madaniyatga, milliy qadriyatga va bolalar tarbiyasiga ko‘proq e’tibor berilsa, jamiyatimizda jinoyat va tartibsizliklar birmuncha kamayar edi... Sizlardan milliy maktab masalasini ijobiy hal qilishda ko‘mak berishingizni so‘raymiz” /A.YUnusov, A.Ilxomov, U.Karimov, A.YUsupov – ikkinchi jahon urushi qatnashchilari (jami 677 imzo). Toshkent shahar, Sirg‘ali rayoni. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 1993 yil 4 iyul).

Barcha sohalarda bo‘lgani kabi, o‘tish davri pedagogikasi ham o‘ziga xos qarama-qarshiliklarga ega edi. Jumladan milliy istiqlolni mustahkamlashning madaniy, ma’rifiy vositasi bo‘lgan “milliy maktab”, “Milliy tarbiya” g‘oyalari joylarda eskicha talqin qilindi. Bunday munosabat Prezident I.A.Karimovning 1993 yil aprel oyida respublika ijodkor ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida o‘z mafkuraviy bahosini oldi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi O.YOqubov Prezidentga murojaat qilib “Biz o‘zbek xalqining milliy tuyg‘usiga bag‘ishlangan bir ko‘rsatuvda ishtirok etdik. Afsuski bizning chiqishimizga qarshilik qilganlar ham bo‘ldi”, -deganida Prezident bu voqeaga o‘z munosabatini bildirib, shunday dedi:-“... Xalqimiz orasida bir vaqtlar uning elkasiga minib, haqqini eb, hukmdorlik qilib yurgan odamlar juda ko‘p. Zero biz sovet tuzumida uch-to‘rtta avlodni ko‘rdik. Ular qanday tarbiya oldi? "Kreml yulduzi"ga itoat qilmasang, mansabda o‘tirmaysan",- degan gaplar bo‘lgan. Kimki o‘z yurtini, o‘z xalqini sotmasa, mansabdan ketardi. Mustaqillik xalqning milliy an’analari, g‘ururini tiklashga qarshi chiqadiganlar o‘sha toifadagi odamlardir. Mening xavotir bo‘layotgan joyim ham shu. Agar ahil bo‘lsak, o‘zimizdan sotqin chiqmasa, o‘zbek xalqini hech kim enga olmaydi" 1.

O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi bu boradagi savollarga aniqlik kiritdi. YA’ni, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash “Milliy tizimini yaratish” - Davlat siyosatiga aylandi2.

Xullas, O‘zbekistonda mustaqillik arafasida va u qo‘lga kiritilgach, jamoatchilik tomonidan ko‘tarilgan eng muhim masalalardan biri maktab va undagi tarbiyaviy jarayonning milliylashuvi masalasi bo‘ldi. Milliy tarbiyaning tiklanishi va rivojlanishini o‘rganish natijasida hosil qilingan xulosalar quyidagilardan iborat:

Birinchi. Milliy istiqlol arafasida va u qo‘lga kiritganidan keyin o‘zbek xalqi o‘z milliy qadr-qimmatini anglay boshladi. Ajdodlar yodi, milliylik, jonajon madaniyat haqida ko‘plab e’lon qilingan badiiy, publitsistik ijtimoiy-tarixiy, diniy, ma’rifiy adabiyotlar, televizion ko‘rsatuvlar va radio eshittirishlari pedagogik o‘zlikni ham tiklash ehtiyojini uyg‘otdi.

Ikkinchi. Mustaqillik Deklaratsiyasining (1990) e’lon qilinishi, SSJIning parchalanib ketishi. Prezident boshqaruvi tizimiga o‘tish, Milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi, Konstitutsiyaning qabul qilinishi, O‘zbekistonning dunyoga, dunyoning O‘zbekistonga "ochilishi"-milliy istiqlol mafkurasining xalq ongiga singan borishi pedagogik tafakkurda ham o‘z aksini topa bordi. Maktab, o‘qituvchilar, xalq va Davlatning milliy tarbiyaviy qarashlarining birligi tobora oydinlasha bordi.

Uchinchi.Ta’lim va tarbiya milliy qadriyatlarni tiklash jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi turli ilmiy jamoatchilik markazlari, seminarlari, konferensiyalari, kengashlarining diqqat markazida turgan mavzularga aylana bordi.

To‘rtinchi. Mustaqil O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining rejalari; Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining besh tamoyili; Prezident I.A.Karimov tomonidan Vatan manfaatlari atrofidagi milliy birlikkina O‘zbekistonni jahonning eng taraqqiy etgan mamlakatlari qatoriga ko‘taradi; milliy tarbiyani yuksaltirish bosh islohotchining tamoyiliga aylantirilishi kerakligi haqidagi milliy-ma’rifiy g‘oyalari Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi davlatimizning milliy tarbiyaga ijtimoiy buyurtmasini ifodaladi.

Beshinchi. Mustaqillik sharofati bilan sobiq kommunistik mafkurani O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi bilan isloh qilish amalga oshirila boshlandi. Bu esa respublikada milliy tarbiyannng mafkuraviy asosini yaratdi.

Oltinchi. YUNESKO tashabusi bilan "Milliy maktab: konsepsiya va rivojlantirish texnologiyasi" mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada “Hozirgi tezkor oqimida har bir millat faqat o‘z milliy tarbiyasi sistemasiga tayangandagina o‘zini saqlab qola olishi mumkin"ligi tarbiyani milliy asosga qurishni umuminsoniy pedagogik zarurat darajasiga ko‘tardi1. SHu tariqa o‘zbek davlatining buyukligi, uning qudrati har bir fuqaroning milliy g‘ururi, vatanparvarligi, ish va so‘z birligi, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odobi, milliy mafkuraviy ongliligini tarbiyalashga bog‘liqligi tobora oydinlasha bordi.

Izlanishlarimiz natijalarining ilmiy pedagogik talqini o‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik mezonlarini ishlab chiqishga zamin yaratdi. SHu boisdan ham quyida biz zamonaviy o‘zbek maktabi o‘quvchisining milliy tar6iyalanganlik mezonlari masalasi xususida maxsus to‘xtalamiz.




Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin