Bmi fotima



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə16/27
tarix15.01.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#122241
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Hasanova maxliyo yunusjonovna o’zbekistonda azotli o’G’itlar ish

Fosforli o'g'itlar — bular fosfat kislotaning kalsiyli va ammoniyli tuzlaridir. Ular ishlab chiqariladigan barcha mineral o'g'itlarning yarmini tashkil etadi. Eng ko'p tarqalgan fosforli o'g'itlar quyi­dagilardir.
Fosforit talqoni, fosforitlarni mayda tuyish yo'li bilan olinadi. Uning tarkibida kam eriydigan tuz Ca3(PO4)2 borligi sababli o'simliklar faqat kislotali tuproqlarda — podzol va torfli tuproqlardagina o'zlashtirishi mumkin. Mayin tuyilganligi, shuningdek uni tuproqqa kislotali o'g'itlar, masalan, (NH4)2SO4 yoki go'ng bilan birga solish о' zlashtirilishini osonlashtiradi.
Oddiy superfosfat, apatit va fosforitlarga sulfat kislota bilan ishlov berish orqali olinadi. Ishlov berishdan maqsad - o'simliklar har qanday tuproqda yaxshi o'zlashtiradigan eruvchan tuz olishdir:
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Са(Н2РO4)2+ 2CaSO4
Donador o'g'itlarning kukunsimon o'g'itlarga nisbatan ancha afzalliklari bor: ularni saqlash oson, o'g'itni seyalkalar yordamida tuproqqa solish qulay, lekin asosiysi — u ko'pchilik tuproqda hosilni ancha oshiradi.
Qo'sh superfosfat — tarkibi Ca(H2PO4)2 bo'lgan konsentrlangan fosforli o'g'it. Oddiy superfosfatga nisbatan taqqoslanganda tarkibida ballast — CaSO4 yo'qligi jihatdan afzal. Qo'sh superfosfat ikki bosqichda olinadi. Dastlab fosfat kislota olinadi. So'ngra apatit yoki fosforit fosfat kislotaning suvdagi eritmasi bilan ishlanadi. Boshlang'ich moddalarning ko'p miqdori quyidagi tenglamaga muvofiq olinadi:
Ca3(PO4)2+ 4H3PO4= 3Ca(H2PO4)2
Pretsipitat tarkibi CaHPO4• 2H2O bo'lgan konsentrlangan fosforli o'g'it. Suvda kam eriydi, lekin organik kislotalarda yaxshi eriydi. Fosfat kislotani kalsiy gidroksid eritmasi bilan neytrallash orqali oiinadi:
H3PO4+ Ca(OH)2 = CaHPO4 • 2N2O

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin