Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari


 Auditor xulosalarini ko‘rib chiqish. Auditdan o‘tkazilmagan



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/32
tarix03.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#120396
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

2.9. Auditor xulosalarini ko‘rib chiqish. Auditdan o‘tkazilmagan 
hisobotlar. 
Auditorlik xulosasi yuridik kuchga ega bo‘lgan muhim hujjatlardan 
biridir. Xulosa asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bir yillik 
moliya-xo‘jalik faoliyatiga baho beriladi. 
Auditorlik xulosasining quyidagi turlari mavjud: Auditorlik 
xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik xulosasi; b) salbiy 
auditorlik xulosasi. Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va 
moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan 
tasdiqlanadi. Qoidaga ko‘ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik 
tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti uning 


160 
moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xo‘jalik muomalalarining 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini 
ishonarli aks ettiradi‚ degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim. 
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy 
ahvoli to‘g‘risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti 
hamda uning moliya-xo‘jalik faoliyati hisobi amaldagi me’yoriy 
qonunchilik talablariga mos kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. 
Bunday xato-kamchiliklar o‘z vaqtida tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilarni chalg‘itishi mumkin. 
Tahlilning ishonchli axborot manbalariga egaligini zaruriy kafolati 
bu birinchi navbatda moliyaviy hisobotlarni auditorlik nazoratidan 
o‘tganligi va xulosalanganligiga bog‘liq.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra ho‘jalik 
yurituvchi subyektda quyidagilarga baho berishi lozim
24

- auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq fikr 
bildirish uchun yetarli va lozim darajadagi dalillar olinganligiga; 
- alohida-alohida yoki umumiy birgalikda olinganda tuzatilmagan 
buzib ko‘rsatishlar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga 
muvofiq muhim hisoblanishiga; 
- qabul qilingan hisob siyosatining asoslanganligiga va uning 
buxgalteriya 
hisobi 
to‘g‘risidagi 
qonun 
hujjatlari 
talablariga 
muvofiqligiga; 
- moliyaviy hisobotda aks ettirilgan axborotning ishonchli, 
qiyoslanuvchanli, tushunarli va o‘rinli ekanligiga; 
- moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni 
tuzishga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligiga. 
Auditorlik 
xulosasi 
auditorlik 
tashkilotining 
ijobiy 
yoki 
modifikatsiyalangan fikri bilan ifodalanishi mumkin. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti barcha 
muhimlilik munosabatlarida uning moliyaviy ahvolini, moliyaviy 
24
Молия вазирининг буйруғи (рўйхат рақами 2844, 2016 йил 1 декабрь) билан Ўзбекистон 
Республикаси аудиторлик фаолиятининг миллий стандарти (70-сон АФМС) "Молиявий ҳисобот 
тўғрисидаги аудиторлик ҳисоботи ва аудиторлик хулосаси" тасдиқланди.


161 
natijalarini haqqoniy aks ettirsa va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga muvofiq kelgan hollarda ijobiy fikr bildiriladi. 
Modifikatsiyalangan fikr quyidagi holatlarda bildiriladi: 
- olingan auditorlik dalillari asosida umumiy holda ko‘rilayotgan 
moliyaviy hisobot muhim buzib ko‘rsatishlarga ega bo‘lsa; 
- umumiy holda ko‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib 
ko‘rsatishlarga ega emasligini aniqlash uchun yetarli darajadagi tegishli 
auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmasa. 
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditor (auditorlar) tomonidan 
bajarilgan ishlar va auditorlik dalillarini olishga qaratilgan auditorlik 
amallari bayonini hamda quyidagilarning tekshirish natijalarini qamrab 
olishi lozim: qo‘llanilayotgan hisob siyosatini; xo‘jalik yurituvchi 
subyektning ichki nazorat tizimini; buxgalteriya hisobi tizimi va 
moliyaviy hisobot tuzilishini; moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga 
oshirishda buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishini; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va 
to‘lashning to‘g‘riligini; aktivlar saqlanishining ta’minlanganligini; 
moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobi va uning tahlilini o‘z ichiga 
oladi. 
Moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobi va ularning tahlili 
quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi: 
- tekshirilgan moliyaviy hisobot asosida hisoblangan moliyaviy 
koeffitsiyentlar tahlili; 
- o‘tkazilgan tahlil natijalaridan kelib chiqib, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumot. 
Hisob-kitob va tahlil uchun moliyaviy koeffitsiyentlarni tanlab olish 
auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi 
bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida ahamiyatli 
buzib ko‘rsatishlar mavjud bo‘lsa va ularning xo‘jalik yurituvchi 
subyekt 
tomonidan 
bartaraf 
etilmasligi, 
moliyaviy 
hisobotdan 
foydalanuvchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan hollarda auditorlik 
tashkiloti salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasini tuzadi. 


162 
Shuningdek, quyidagi holatlarda ham salbiy fikr bildiriladi: 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-
xo‘jalik operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin 
ular qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaganda; 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati aniqlangan buzib 
ko‘rsatishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar 
kiritishga rozi bo‘lmaganda. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik tekshiruvi davomida 
moliyaviy hisobotda aniqlangan buzib ko‘rsatishlarni bartaraf etsa salbiy 
fikr bildirilmaydi. 
Auditorlik xulosasi yozma ko‘rinishda tayyorlanishi kerak. 
Auditorlik xulosasiga unga nisbatan fikr bildirilgan, buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan sanasi ko‘rsatilgan va imzolangan moliyaviy hisobotning 
nusxasi ilova qilinadi. 
Auditorlik xulosasini olish barcha uchun majburiy hisoblanmaydi. 
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda tashqi buxgalterlarga yoki 
autsorsing xizmatlari bo‘yicha maxsus firmalarga murojaat qiluvchi 
ko‘pgina korxonalarni auditdan o‘tkazish ma’lum bir xarajatlar qilinishi 
talab 
qilganligi 
sababli 
doimo 
ham 
auditorlar 
xizmatidan 
foydalanavermaydilar. Bunday holatlarda analitiklar oldida qator 
vazifalar yuklanadi: 
- moliyaviy hisobotlarni tuzuvchilar qanchalik tajribali va 
uddaburonligini; 
- tuzilgan moliyaviy hisobotlar qanchalik ishonchli, to‘liqligiga; 
- barcha majburiyatlar hisobga olinganmi yoki yo‘qmi; 
- agar moliyaviy hisobotlarni yetuk mutaxassislar tomonidan 
tuzilganligi qayd etilgan holda, ularning mustaqilligi qay darajada 
ta’minlanganligiga; 
- moliyaviy hisobotlarni tuzuvchilar korxonaning shaxsiy tarkibida 
doimiy turishiga; 
- moliyaviy hisobot tuzuvchilarni aktivlar qiymatini aniqlashda va 
majburiyatlarni hisobga olishda obyektiv yondashganlik darajasiga; 


163 
- korxona rahbarining moliyaviy hisobotlarni tuzishga ta’sir 
darajasiga baho berish talab etiladi. 
Auditorlik xulosalari talab etilmaydigan axborot manbaalariga soliq 
hisobotlari, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armalari, 
sug‘urta badallari bo‘yicha hisobotlar va boshqa axborot manbalari 
kiradi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin