Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari


 Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan boshqa axborotlar



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/32
tarix03.12.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#120396
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

2.10. Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan boshqa axborotlar 
Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan boshqa axborot manbalariga 
quyidagilar kiradi: 
- Ta’sis hujjatlari; 
- Reja va prognoz ma’lumotlari; 
- Statistika hisobotlari; 
- Soliq hisobotlari; 
- Xalq banki hisobotlari; 
- Boshqaruv hisobi va hisoboti ma’lumotlari. 
Ta’sis hujjatlariga korxona faoliyatining tartibi va shartlarini 
belgilab beruvchi Nizomi kiradi. Nizomda korxonaning tashkiliy 
huquqiy shakli, uning nomi, joylashgan o‘rni, ustav kapitali miqdori, 
tarkibi, uning boshqaruv va nazorat organlarini shakllantirish tartiblari, 
foydani taqsimlash, fondlarni shakllantirish tartiblari, korxonani qayta 
tashkil etish va tugatish tartiblari belgilanadi. 
Reja ma’lumotlari va prognoz ko‘rsatkichlar. Reja va prognoz 
ko‘rsatkichlariga korxonaning biznes rejasi, kelgusi davrlar bo‘yicha 
prognoz ko‘rsatkichlarini 
kiritish 
mumkin. Reja va prognoz 
ma’lumotlari korxona boshqaruvchisini maqsadliligini ta’minlashda, 
biznes samaradorligini va moliyaviy holatini yaxshilashga eng muhim 
dastak sifatida qarashi mumkin. 
Reja ko‘rsatkichlarini belgilash – bu resurslardan samarali 
foydalanishni va foydani o‘stirishning muhim omili hamdir. 
Statistika hisobotlari. Statistika hisobotlari, korxona boshqaruvi 
yuzasidan quyidagi muhim muammolarni hal qilish imkonini beradi.


164 
Ya’ni: 
- hodisa va jarayonlar, ularning natijalari haqidagi ijobiy va salbiy 
o‘zgarishlarni doimiy bilib turishda; 
- ko‘rsatkichlarni tahlil etish orqali ularning sifatini baholashda; 
- statistika manbaalari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning 
kelgusidagi rivojlanish tendensiyalarini belgilashda; 
- boshqaruv subyektlarida haqqoniy ma’lumotlarga nisbatan xavfsiz 
va ishonch hissini shakllantirishda; 
- aniq faktlarga tayangan holda faoliyatni boshqarishda; 
- kamchiliklar yo‘l qo‘yilayotgan bo‘g‘inlar va ularni bartaraf 
etishda muhim chora-tadbirlarni belgilashda juda muhim hisoblanadi. 
Statistika hisobotlarini tuzish va topshirish tartiblari Davlat 
statistika qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 
Statistik hisobotlarni faqat davlat tomonidan ko‘rsatkichlarni 
jamlash, tahlil qilish va prognozlash mazmunida qarash noto‘g‘ri. Ushbu 
hisobot shakllaridagi ma’lumotlarga birinchi navbatda o‘z biznes 
samaradorligi va natijaviyligini baholashda korxona egalari va 
boshqaruv xodimlariga qay darajada muhimligini anglash lozim. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun quyidagi davlat statistika 
hisobotlari belgilangan: 
- narx statistikasi
- investitsiya va qurilish statistikasi; 
- sanoat statistikasi; 
- tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi; 
- qishloq xo‘jaligi statistikasi; 
- ekologiya statistikasi; 
- ijtimoiy soha statistikasi; 
- mehnat va axo demografiyasi statistikasi; 
- aholining yashash sharoitlari va xizmatlar statistikasi; 
- transport va aloqa statistikasi; 
- tadbirkorlik va bank-moliya xizmatlari statistikasi. 
Xo‘jalik subyektlarining u yoki bu statistika hisobotlarini tuzishi va 
taqdim etishi qonun normalari asosida hal etiladi. 


165 
Soliq hisobotlari. Soliq hisoboti soliq to‘lovchining soliq va boshqa 
majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar 
bo‘yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek‚ 
ularga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan hujjati bo‘lib, u Davlat soliq 
qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda 
tuziladi. Hisobot soliq to‘lovchi tomonidan Soliq Qo‘mitasi belgilangan 
muddatlarda, soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq 
xizmati organiga taqdim etiladi.
Xalq banki hisobotlari. Xalq banki hisobotlari shaxsiy va ixtiyoriy 
jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armalari yuzasidan axborotlarni 
jamlaydi va xalq bankiga taqdim etiladi. 
Boshqaruv hisobi va hisoboti ma’lumotlari. 
Boshqaruv hisobi – korxona rahbari va menejerlarini har tomonlama 
ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 
bilan ta’minlovchi hisobdir. Boshqaruv ma’lumotlaridan faqat xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning boshqaruv xodimlarigina foydalanadilar. 
Boshqaruv hisobi ma’lumotlaridan asosan kelgusidagi iqtisodiy 
faoliyatni rejalashtirish (byudjetlashtirish) va oqilona boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishda foydalaniladi. 
Boshqaruv hisoboti – boshqaruv hisobi ma’lumotlari asosida 
ixtiyoriy mazmunda tayyorlanadigan va korxona boshqaruviga taqdim 
etiladigan hisobotlardir. Unda moliyaviy hisobotlardan farqli jihatdan 
faqat moliyaviy emas‚ balki moliyaviy bo‘lmagan ko‘rsatkichlar ham 
aks etadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin