2.8. Moliyaviy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi
qiyosiylik, turli korxonalar o‘rtasidagi qiyosiylik, axborot
operativligi muammolari)
Moliyaviy tahlil yuzasidan mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan
chop etilgan adabiyotlar soni shu darajada ko‘pki‚ ularni o‘rganish
asosida bitta xulosaga kelish mumkin, ya’ni xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning faoliyat samaradorligi va uning natijaviyligini baholash
154
doimo keng qiziquvchilar (menejerlar, mulk egalari va kontragentlar)
e’tiboridagi muhim masalalardan biri bo‘lgan. Moliyaviy holat va
undagi o‘zgarishlarni tahlil etish orqali nafaqat bo‘lib o‘tgan
jarayonlarning
samaradorligi
va
natijaviyligiga
balki
ularning
kelgusidagi kutilishlari ham bashorat qilinadi
19
. Bu esa raqobatdosh
iqtisodiyot sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holati va undagi
o‘zgarishlarni baholash, tahlil etishda O‘zbekiston va xorij
amaliyotining o‘xshash jihatlari juda ko‘p. Chunki global iqtisodiyot
barcha davlatlarning hisob, audit va tahlil tizimida ham yagonalashuvni
talab etadi. Xuddi shu sababli ham buxgalteriya hisobi va auditning,
moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari ishlab chiqilgan va amal
etilmoqda. Ya’ni, xalqaro iqtisodiy aloqalarning yagona “biznes tili”
rasmiy jihatdan shakllangan. Shu sababli ham, bozor iqtisodiyoti qonun
qoidalari asosida rivojlanuvchi barcha davlatlarda moliyaviy holat va
undagi o‘zgarishlarni tahlil etish tashkiliy, uslubiy jihatdan farq qilsa
ham mazmun jihatdan bir xilda yuritiladi.
Moliyaviy holat tahlilining asosiy farqli jihatlari xo‘jalik yuritish
shart-sharoitlarining turlichaligida, buxgalteriya hisobotlari va ularni
tuzish qoidalarida, uslubiy jihatlarda‚ shuningdek‚ ko‘proq nazariy
asoslarda ko‘rish mumkin.
Shuningdek, xo‘jalik yuritishning shart-sharoitlari yuzasidan juda
ko‘p farqli jihatlarni kuzatish mumkin. Bu birinchi navbatda, tizimning
iqtisodiy
rivojlanishi
va
boshqaruvning
farqli
jihatlari
bilan
xarakterlanadi
20
.
19
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод,
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л,
2013. - 388 с.K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
19
,
Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. —
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и
статистика. 2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и
статистика 2007. 367 стр
20
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод,
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л,
2013. - 388 с.K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
20
,
155
Xo‘jalik yuritishning farqli jihatlari albatta axborot oqimini
shakllantirishning amaldagi holatiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bitta,
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni yirik, o‘rta va kichik biznes subyektlari
qatoriga kiritishning o‘zi ham davlatlar o‘rtasida tubdan farq qiladi.
Rivojlangan davlatlarda buxgalterlarning bosh vazifasi korxonaning
davlat oldidagi axborot majburiyatlarini (moliyaviy, soliq, bojxona,
statistik hisobotlar orqali) hal etishga emas‚ balki birinchi navbatda
mulk egasi va menejerlarning samarali boshqaruvini ta’minlashga
qaratilgan vazifalarni hal etib berishga qaratilgan.
Moliyaviy tahlil etishdagi o‘xshash jihatlarni buxgalteriya
hisobining muhim tamoyili bo‘lgan mazmunning shakldan ustunligi
tamoyili bilan izohlash mumkin. Rivojlangan davlatlar moliyaviy
hisobotlari bilan O‘zbekistondagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar
tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot shakllari soni va ularning
nomlanishi yuzasidan farq kuzatilmaydi.
Amalda tuziladigan va taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning
asosiy shakli “Buxgalteriya balansi” (1-shakl) rasmiy tuzilishi va
mazmun bo‘yicha xorij amaliyotidan tubdan farq qilmaydi.
Juda ko‘p mualliflar xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holatiga
baho berishning muhim manbasi bo‘lgan buxgalteriya balansi va uning
tarkibiy tuzilishini belgilashda aktivlarning likvidlik darajasi bo‘yicha
qayta tarkiblanishi va qiziquvchilarning keng qatlami uchun ham
tushunarli bo‘lishi lozimligini qayd etadilar
21
.
Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. —
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и
статистика. 2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и
статистика 2007. 367 стр
21
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод,
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л,
2013. - 388 с., K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
,
Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. —
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и
статистика. 2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и
статистика 2007. 367 стр, Пардаев М.К. ва бошкалар Молиявий ва бошкарув тахлили,
дарслик.Т.:Чулпон. 2012,, 490 б., Савицкая Г.В. Анализ хозяйственной деятельности. Минск:
РИПО, 2012. — 367 с. Вахобов А.В., Ибрагимов А.Т., Ишонкулов Н.Ф. Молиявий ва бошкарув
тахлили. Т.:Иктисод-молия. 2013,598 б., Ковальев В.В., Волькова О.Н. Анализ хозяйственной
156
Moliyaviy holat tahlilining uslubiy jihatlarida ham ayrim
farqlanishlar kuzatiladi. Lekin aksariyat hollarda ularning bir xilligini
kuzatish mumkin.
O‘zbekiston va xorij amaliyotida ham moliyaviy holatni baholashda
quyidagi tarkibiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:
1.
Likvidlik
ko‘rsatkichlari.
Xalqaro
amaliyotda
ushbu
ko‘rsatkichlar tizimi “liquidity ratios”
22
deb nomlanadi.
2. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda ushbu
ko‘rsatkichlar tizimi “financial leverage
23
” deb, ayrim manbalarda
“leverage ratios” deb nomlanadi.
3. Foyda, rentabellik ko‘rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda mazkur
ko‘rsatkichlar tizimi “profitability ratios” deb nomlanadi.
4. Ish aktivligi ko‘rsatkichlari. Xorij amaliyotida ushbu
ko‘rsatkichlar tizimi “efficiency ratios” deb nomlanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, O‘zbekiston va xalqaro
amaliyotda moliyaviy tahlilda keskin farqlanishlar yo‘q. Muammo
nimada. Muammo, ularning yagona tizimga solinmaganligi va uslubiy,
metodologik asoslarning bir-biridan farq etishida deyish mumkin.
Yana bir muhim jihat, xorij amaliyotida tijorat korxonalari,
kompaniyalar ko‘rsatkichlarining bozor qiymatini tahliliga alohida urg‘u
beriladi. Mazkur ko‘rsatkichlar qatoriga: sof foydaning muomaladagi
aksiyalar soniga nisbati; dividend to‘lovlarining sof foydadagi salmog‘i;
aksiyalarga yillik dividend to‘lovlarining ularning o‘rtacha bozor
qiymatiga nisbati; aksiyaning bozor bahosining va bitta aksiyaga to‘g‘ri
keladigan sof foyda nisbati ko‘rsatkichlari kiritiladi. Mazkur
ko‘rsatkichlar asosida firma va kompaniyalarning bozor aktivligi
деятельности предприятия.М.: финансы и статистика, 2008, 415 с.ELEVENTH EDITION Published
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
, Карлин Т.Р.
Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 448 с. —
ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и статистика.
2003, -622 ст., Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и статистика
2007. 367 стр
22
K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION Published
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 646 бет.
23
K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION Published
by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 479- бет.
157
ko‘rsatkichlariga baho beriladi. O‘zbekiston amaliyotida ushbu tahlil turi
moliyaviy holatni baholash masalalari doirasiga kirmaydi va faoliyat
samaradorligining muhim ko‘rsatkichlari siftida alohida o‘rganiladi.
Mazkur tahliliy ko‘rsatkichlarlarni aniqlash, qiyosiy o‘rganishning
zaruriy jihatlari va ahamiyatliligi korxonalarning moliya bozoridagi
ishtiroki hamda aktivligining qay darajadaligi bilan belgilanadi. Ya’ni
bozor aktivligi ko‘rsatkichlarini baholash orqali investitsion faollik,
jozibadorlik ko‘rsatkichlari baholanadi.
Xorij tajribasida moliyaviy holatni baholashda ko‘pincha yirik va
shon-shuhratga ega bo‘lgan firma va kompaniyalar (Coca-Cola, Pepsi-
Cola, Adidas va boshqalar) misolida butun tahliliy jarayonlar amalga
oshiriladi va yakuniy xulosada mazkur firma, kompaniyalarni joriy
holatiga tashxis beriladi va kelgusida kompaniyani rivojlantirish,
moliyaviy qudratini oshirish yuzasidan muhim starategiyalar beriladi.
Korxonalar moliyaviy holatini O‘zbekiston amaliyotida kompleks
o‘rganish amaliyotiga juda kam hollardagina murojaat qilinadi. Bironta
manbada O‘zbekistonning iqtisodida muhim lokomotiv hisoblangan
korxonalar (Tog‘-kon metallurgiya kombinatlari, O‘zbekiston temir
yo‘llari, O‘zbekiston havo yo‘llari, avtomobilsozlik korxonalari
misolidagi) ma’lumotlari asosidagi real tahliliy xulosalar uchratilmaydi.
Ko‘pincha, analitik hisob-kitoblar taxminiy, o‘ylab topilgan manbalar
asosida tuzib chiqiladi. Bu farq faqat tahlil obyektlarining real manbalari
asosida emas balki yillar kesimidagi dinamik o‘zgarishlarda ham
kuzatiladi. Vaxolanki, xorij tahlil amaliyotida firma, kompaniyalarning
faoliyat va tarmoq bo‘g‘inlari bo‘yicha farqli jihatlariga ham alohida
ahamiyat qaratiladi.
Xorij amaliyotidagi yana bir muhim farqli jihatni ko‘rsatkichlarning
turlicha nomlanishida (joriy aktivlarning aylanma aktivlar, oborot
aktivlar, qisqa muddatli majburiyatlarning joriy majburiyatlar,
kreditorlik majburiyatlari deb nomlanishida, uzoq muddatli aktivlarning
oborotdan tashqari aktivlar, immobilizatsiya qilingan aktivlar tarzida
nomlanishi va h.k.), tarkiblanishida (uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z
mablag‘lari manbasi va majburiyatlar, asosiy faoliyatdan moliyaviy
158
natija, operatsion faoliyatdan daromadlar va xarajatlar), aniqlanish
tartiblaridagi (yalpi foyda, asosiy faoliyat natijasi, umumxo‘jalik
faoliyati natijasi, soliq to‘loviga qadar foyda, sof foyda, EBIT,
EBITDA) farqli jihatlarda ko‘rish mumkin. Shu sababli, chop etiladigan
manbalarda ko‘rsatkichlarning hisob-kitoblarida ma’lumotlar real (aniq
korxona misolidagi) moliyaviy hisobotlar va manbalarning hisobotlarni
qaysi shakl va satrlaridan olinishi ham aniq ko‘rsatilgan holda
berilmog‘i lozim. Shu yo‘l bilangina ularning aniqligini va bir xilligini
ta’minlash mumkin.
Sohada, eng muhim muammolarni hal etishning muhim yo‘li bu
moliyaviy hosobotlarni shakli va mazmuni bo‘yicha xalqaro normalarga
mos keltirishdir.
Moliyaviy hisobotlar va ularning axborotlar bazasini analitik qayta
ishlashning kompyuter dasturlarini yaratilmaganligi ham sohaga oid
muammolarni
biroz
chigallashtirmoqda.
Bu
boradagi
ishlar
boshlanganiga qaramasdan haliga qadar litsenziya olingan dasturiy
ta’minotlar yaratilmagan.
Moliyaviy hisobotlarni tahlil etishda qo‘shimcha manbalarga juda
ko‘p zaruriyat tug‘iladi. Ularni olinishi, olingan axborotlarning
ishonchligi, tezkorligi, aniqligi, asosligi kabi qator muammolarga duch
kelinmoqda. Bu jarayonlar ko‘proq xo‘jalik subyektlarining fond bozori,
qimmatli qog‘ozlar bozori, bozor va ish aktivligini baholashda‚ ayniqsa
qiynchiliklar tug‘dirmoqda.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish bo‘yicha eng muhim
muammolardan bittasi bu ular bo‘yicha ma’murchilik xarajatlarining
haddan tashqari ortib ketishi bilan bog‘liqdir. Ma’murchilik
xarajatlarining hisobi va ularni me’yorlash bo‘yicha hech qanday
tartiblar va qoidalar belgilanmaganligi analitik tahlilchilarning ish
unumiga ta’sir qilmoqda.
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda xalqaro standartlardagi normalarga
amal etishda yagona yondashuvning yo‘qligi, ularni har bitta xo‘jalik
yurituvchi subyekt o‘ziga xos tarzda qo‘llashidagi xilma xilliklar
mavjudligi ham o‘tkir muammolardan bittasi hisoblanadi. Shu bilan
159
birgalikda jahon bozoriga chiqishda ularning qay darajada ahamiyatli
ekanligi iqtisodiy jihatdan yetarli darajada asoslanmaganligi ham ushbu
sohada ishlarning jadal rivojlanishiga ta’sir etmoqda.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartiblarida elektron
hisobotlarning (moliyaviy (buxgalteriya), soliq, statistika, bojxona,
banklar hisobotlarining) yagona portalini shakllantirish va tegishli
bo‘g‘in bo‘yicha mijozlarning umumlashgan axborotlarini olish
imkoniyatlari ta’minlanmagan. Bu esa o‘z navbatida qiyosiy tahlilni
amalga oshirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ya’ni, korxonalar o‘rtasida
qiyosiy tahlilni amalga oshirish, metodologik xilma xillik, turlicha
hisob-kitoblarga tayanilishi yagona analitik xulosalarga sezilarli ta’sir
etmoqda.
Inflyatsiya ta’sirini ham albatta chetlab o‘tishning imkoni yo‘q. Bu
jihat sondagi o‘zagrishlardan sifat o‘zgarishlarga o‘tish imkonini
bermaydi.
Inflyatsiya
darajasining
yuqoriligi
ko‘rsatkichlarning
qiyosiyligini, o‘zgarishini aniq baholashga imkon bermaydi. Shu sababli
ham moliyaviy hisobotlarni tuzishda inflyatsiya, giper inflyatsiya amal
etiladigan xalqaro normalarga tayanish lozim. Bu jihat o‘zgarishlardan
himoyalanish moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarida
aniq va yorqin ifodasini topgan.
Dostları ilə paylaş: |