3-bosqich
Yakuniy
(5daqiqa).
Mashg‘ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini
va bajargan amaliy ishlarini izohlab baholaydi
.
Uyga vazigani berilishi:
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish
yuzasidan yo‘riqnoma beradi (7-ilova
)
Baholari bilan
tanishadilar.
Topshiriqni yozib
oladilar.
1-ilova
“Ha” yoki “Yo‘q ” usuli
T/r
Savollar
Javoblar
1.
Shim uzunligi beldan tizzagacha o‘lchanadi
Yo‘q
2.
Shim belda turadigan kiyimmi?
Ha
3.
Shim poycha kengligi moda yo‘nalishiga
bog‘liqmi?.
Ha
4.
Shimnin bel qismida vitachka bo‘ladimi?
Ha
5.
Qiz bolalar bilan o‘g‘il bolalar shimi bir-
biridan farqlanmaydi?
Yo‘q
(farqlanadi)
2-ilova
3-ilova
4-ilova
9-mavzu: Mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаr shortigi konstruktsiyasini qurish
uchun o‘lchаmlar.
Reja:
1.Bolalar kalta shim turlari.
2. Kalta shim silueti shakli
3.O‘g‘il bolalar kalta shimi uchun o‘lchov olish
.
Tayanch so‘z va iboralar
: kiyimining formasi, sifat
O‘g‘il bolalar kiyimining formalari va modalari tobora ko‘payayotganligi
katta yoshdagi kishilar kiyimlarining turlari hamda formalarining ko‘payishi bilan
chambarchas bog‘liq.
Hozirgi bolalar kiyimining asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri uning
funktsionalligidir. Kiyimning funktsionalligi kompleks tushuncha bo‘lib,
kiyimning konstruktiv va estetik xarakteristikasini, unga qo‘yiladigan fiziologik,
sotsial va texnologik talablarini o‘z ichiga oladi.
Maktab yoshidagi bolalarning kiyimlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Maktab bolalarining kiyimlar garderobini maktab formasidagi o‘quvchilar kiyimi
bilan bir qatorda, sport kiyimlari tashkil etadi. Kundalik kiyimning turli uslubdagi
formalari va qat-qatligi bilan xarakterlanadi. Ko‘proq to‘g‘ri bichimli tikilishi
uning yeng o‘miziga o‘tqazib tikiladigan yoki reglan bichimli yoki
kombinatsiyalashtirilgan bo‘lishi mumkin, cho‘ntaklar turli bo‘lishi mumkin.
Formalar universallashtirilishi natijasida beshta yosh guruhi o‘rniga ikki
guruh qoldirildi: 3 dan 12 yoshgacha va 12 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar
guruhlari, 12 yoshgacha bo‘lgan davr modaga beparvo qaraladigan davr
hisoblanadi. Bu guruhga mansub bolalarning kiyimlari qulay, shinam, maqsadga
loyiq qilib tikilishi bilan birga, badiiy bezatiladi. Bu: applikatsiya, kashta, kiyimni
chiroyli ko‘rsatadigan rasmlar atrofdagi muhitni bilish vositalari hisoblanadi.
12 yoshdan katta boalalarning kiyimlari katta yoshdagi kishilarning
kiyimlariga oz-ozdan o‘xshatila beriladi.
Bolalar modasida yangilik, birinchi navbatda, yangi turdagi kiyim
assortimentlarini
ko‘payishidir.
Bolalar
kiyimini
loyihalashning
asosiy
yo‘nalishlaridan biri-kiyimning kombinatsiyalashtirilgan formasini hosil qilish
bilan birga, ayrim buyumlarning o‘zaro almashuvchanligiga erishishdir.
O‘g‘il bolalar kalta shimlari bichig‘ida klassik elementlari-yon va odim
choklari, bel chizig‘ida qirqma belbog‘i borligi, shimning pocha tomoni bir oz
kengaytirilganligi bilan ajralib turadi. Alohida kiyiladigan shimlar bichig‘i juda
xilma-xil bo‘lishi mumkin: vertikal yoki gorizontal yo‘nalgan choklari bor, tizza
chizig‘i shakldor, gavdaga tarang yopishib turadigan, koketkali bo‘lishi mumkin.
Yonlari yo‘rma chok bilan bostirib tikilgan, kashta tikilgan yoki shim pochasiga
kesimi bo‘lishi mumkin. Molniyasi oldida yoki yon chokida bo‘lishi mumkin.
Shimning yuqori qirqimiga tarang qilib belbog‘ ulanadi, ba’zan korsaj tasma
qo‘yiladi. Shimda turli cho‘ntaklar tikilishi mumkin, shim pochasi manjetsiz
bo‘ladi.
Kalta shim qayerda kiyilishi va modaning yo‘nalishiga qarab tikiladi. Uning
old bo‘lagi yaxlit yoki vitochka taxlamalardan iborat bo‘lishi mumkin. Bu
vitochkalarda albatta ishlov beriladi. Ort bo‘laklarda yuqori qirqimidan yo‘nalgan
bitta yoki ikkita vitochka bo‘lishi mumkin. Bu vitochkalar soni shim
konstruktsiyasiga, buyurtmachi gavdasiga bog‘liq bo‘ladi.
Kalta shim bo‘laklariga namlab isitib ishlov berish uning konstruktsiyasiga,
materialning tolasiga bog‘liq bo‘ladi, bu ish bichiqni belgilaydi. Buyurtmachining
gavdasiga mos shakl berish uchun shim old va ort bo‘laklariga namlab isitib ishlov
beriladi.
Keyingi vaqtlarda shimning shakliga konstruktsiya yo‘li bilan erishidigan,
lekin ko‘p konstruktsiyalarda odim qirqimi, yuqori qismi, ort bo‘lak o‘rta qirqimi
va yeng egri chiziq joylari cho‘zib dazmollangan.
Namlab-isitib ishlov berish mumkin bo‘lgan materiallardan tikiladigan
klassik bichimli shimlarga quyidagi tartibda ishlov beriladi.
Tizza chizig‘idan boshlab, yon va odim qirqimlari shim pocha qirqimigacha
cho‘zib, old bo‘lak o‘rta chizig‘ida hosil bo‘lgan salqi kirishtirib dazmollanadi.
Bunday namlab isitib ishlov berish shimning tizzadan pastki joyida shim bir oz
qayirib turishi uchun bajariladi. Shimdan keyin old bo‘lakning ikkinchi tomoniga
aylantirib, shu operatsiyalar qaytarib bajariladi.
Shimning balansi asosan odim qirqimlarini qanday tikilganiga bog‘liq
bo‘ladi, shuning uchun ularni biriktirishga katta ahamiyat beriladi.
Odim qirqimlarini biriktirishdan oldin shim bo‘laklari stol ustiga yoziladi va
old bo‘lak bilan ort bo‘lak odim qirqimlarini tutashtirib, qirqimlar uzunligini
tekshirib, nazorat belgilari qo‘yiladi.
|