Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə11/62
tarix10.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#139541
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

1-mavzu: Gudaklik davri psixologiyasi va psixodiagnostikasi. Ilk bolalik davri psixologiyasi va psixodiagnostikasi. Ilk bolalik davri psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Reja:

  1. Go’daklik davrida nutqning vujudga kelishi va rivojlanish xususiyatlari

  2. Go’dak va muloqot, go’daklik davrida nutqning vujudga kelishi

  3. Go’daklik davrida nutqning vujudga kelishi va rivojlanish xususiyatlari

  4. Ilk bolalik davri va uning psixodiagnostikasi

  5. Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, harakat malakalari,

Go’dak bolaning asab tizimi xususiyatlari
Bola psixik taraqqiyotining anatomik va fiziologik asosini tashkil etuvchi nerv sistemasining rivojlanishi bolaning bir yoshgacha bo’lgan davrida jadal bo’ladi. Chaqaloqning bir sutkasini 75 % i uyquda o’tadi (keyinchalik bu narsa kamayib boradi). Yangi tug’ilgan bolaning 15-20 kunga qadar eshitmasligi mumkin, chunki uning qulog’iga suyuqlik to’lib qolgan bo’ladi, bir necha kundan keyin bu suyuqlik yo’qolib quloq ochiladi va bola yaxshi eshitadigan bo’ladi, ko’rish analizatorlari ham murakkab yo’l bilan rivojlanadi. Yangi tug’ilgan bolada ko’rish analizatori mavjud bo’lib, u yorug’likni, qorong’ulikni sezadi. Lekin uning ko’rish sezgisi mukammal bo’lmaydi.
Chaqaloq bolalar asab tizimining hamma qismlari baravar rivojlanmaydi, ularda eng oldin asab tizimining quyi qismlari, yani orqa miya, uzunchoq miya takomillashadi. Chunki asab tizimining bu qismlari tug’ma yo’l bilan o’tadigan shartsiz reflekslarning markazi hisoblanadi. Keyinchalik asab tizimining yuksak qismlari yani oliy asab faoliyati bilan bog’liq bo’lgan katta miya yarim sharlari va po’stloq qismi takomillashadi. Chaqaloq bolalar bosh miya yarim sharlari po’stining burmalari sayoz bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloq bolaning asab miya katta yarim sharlari po’stidan asab hujayralari 14-15 milliard bo’ladi, bu nerv hujayralarini birlashtiruvchi asab tolalarining usti mielin deb nom olgan maxsus parda bilan qoplanib boradi.
Chaqaloqlarni yo’rgaklash oldidan bir oz harakatga solish, yani qo’l –oyoqlarini harakatga keltirish lozim. Bu jarayonning tezlashuvi bosh miya po’stining jadal rivojlanishiga yordam beradi. Bola 1 yoshga to’lguncha jismoniy jihatdan tez o’sar ekan uning asab tizimi ham tez rivojlanadi. Chunonchi yangi tug’ilgan bola miyasining umumiy vazni 1 yoshga to’lguncha 600- gr ga ortadi. Bola teri yani badan analizatorlari orqali haroratni, biror narsa tekkanini va og’riqni sezadi. Chaqaloq bolaning badani haroratga juda sezgir bo’ladi, shuning uchun tez sovqotadi. Agar bolaning yo’zi yoki labiga qo’l tekkizilsa, u darxol o’z harakatlarini boshlaydi.
Bola tug’ilgan kunidan boshlab hid va tam bilish analizatorlari normal ishlay boshlaydi. Agar uning og’ziga taxir suyuqlik tekkizilsa, u aftini burishtirib bezovtalanib, chiqarib tashlaydi. Bola qo’lansa hiddan ham bezovtalanadi. Demak chaqaloqlarda analizatorlar normal holatda bo’ladi. Bularning hammasi psixik rivojlanishning asab –fiziologik asosi bo’ladi. Bir oylik bolani qo’lga olish bilan yig’isi to’xtab tinchib qoladi. Bu bolaning qo’lga o’rganib qolganligini ko’rsatadi. Noto’g’ri tarbiyalangan bolada bu refleks nihoyatda tez o’rnashib qolib natijada o’z o’rniga yotmaydi, faqat qo’lda uxlashni hohlaydi. Bu esa bolani normal o’sishiga zarar etkazadi.
O’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, hatto 8 kunlik bola qo’lga olish bilan erga yotqizishni farqiga borar ekan.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin