Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari mundarija: Kirish 3



Yüklə 155 Kb.
səhifə2/2
tarix09.11.2023
ölçüsü155 Kb.
#131524
1   2
Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish

UMUMIY XULOSALAR

O’tkazilgan tadqiqotlar va ularning natijalari qo„yilgan farazlarni to„la tasdiqladi hamda quyidagilarni xulosalashga imkoniyat yaratdi:


Ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish dolzarb muammolardan biri ekanligi tadqiqot jarayonida o„z isbotini topdi.


Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillari sifatida quyidagilar belgilandi:


bilimga qiziqish va muhabbat uyg'otish;


o'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lish va unga mas'uliyat bilan yondashish;


o'quv madaniyatini oshirish;


faoliyatni reja asosiga qurish;


qunt bilan ishlash;


pala-partishlikka yo'l qo'ymaslik, saranjomlikka o'rganish;


bilim sifatini oshirish, qiyinchiliklarni yengish, o'quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish ( o'quv mehnatini bolalarning dam olishi bilan to'g'ri almashtirib borish)


o’rtoqlarcha o'zaro yordam uyushtirish;


tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi.


Tajriba-sinov ishlarining natijalari amaliyotdagi holat haqida tasavvurlar hosil qilish imkonini yaratdi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda tarbiyachining pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishi kutilgan natijalarga olib kelishini ko’rsatdi. Ushbu metodlardan maktabgacha ta’lim muassasasining maktabga tayyorlov guruhlarida soddalashtirilgan holda foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib, boshlang’ich sinflarda o’qish jarayoniga bevosita tayyorgarlik bosqichini ham o’ tashini nazarda tutadi.

30

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishga doir tashkil etilgan didaktik o’yin mashg’ulotlarida bolalar bilan kichik guruhlarda ishlash natijasida o„quv-biluv jarayonida, ular orasida sub’yekt-sub’yekt munosabatlarini ta’minlash, ishchan muloqot, mustaqillik, faollik, hamkorlik, o„zaro ishonchga asoslangan pedagogik muhit vujudga keltiriladi.


Tartib - qoidalarga o’rgatishga doir mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ayniqsa, ularning “Klaster”, “Baliq skleti”, “Nima uchun”, “Venn diagrammasi” kabilarni qo„llash lozimligini ko„rsatdi.


Bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish oila va maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligi asosida yuzaga keladi. Bu borada birgina dastlabki asoslarni e’tiborga oladigan bo’lsak, ular tinimsiz kattalarga taqlid qiladi, ular hattoki o’yinchoqlar tanlash va o’ynashda ham faqat ulg’ayish ehtiyojlarini qondiradigan jarayonlar to’g’risida bosh qotiradi.


Yuqoridagilardan kelib chiqib maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib- qoidalarga o’rgatish texnologiyasiga doir quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik.

TAVSIYALAR:

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim jarayonini avtoritar ta’limdan xalos etib pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishga doir mashg’ulotlarni hamkorlik pedagogikasi, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tashkil etish.


Pedagogik texnologiyalardan maktabgacha yoshdagi bolalar shaxslik xislatlarini hisobga olgan holda foydalanish.


Maktabgacha ta’limning metodik ta’mmotini tartib - qoidalarga o’rgatishga imkon beruvchi o’quv manbalari majmuasi (o’quv va metodik qo’llanmalar, tavsiyanomalar) hamda o’quv materiallari bilan boyitish.


Ta’lim-tarbiya jarayonida hamkorlikka asoslangan pedagogik texnologiyalar dan foydalanishga jiddiy e’tibor berish.

31

Ta’lim va ma„naviy-ma„rifiy ishlar jarayoni o’rtasida o’zaro izchillik va uzviylikni ta’minlash orqali bolalarda erkinlik, mustaqillik, ijtimoiy faollik kabilar bilan bir qatorda tartiblilik sifatlarini tarbiyalash maqsadida tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


Mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari tadbirlarni pedagogik innovatsiyalar asosida tashkil etish orqali tartiblilikni tarbiyalash yuzasidan uzluksiz ravishda monitoring tashkil etish va uning natijalarini tahlil etib borish.

32

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:



O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi //O’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. - T.: O’zbekiston, 1992. - 48 b.

Mirziyoyev.SH.M. Tanqidiy taxlil, qa’tiy tarib-intizom va shaxsiy javobgarlik - xar bir raxbar faoliaytining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istikbollariga bag’ishlangan ma’ruzasi.


Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008, 171 b


Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: O’zbekiston, 2005. - 48 b.


O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni // Bola ma’naviyatini tarbiyalash /Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov. - T.: “Ma’rifat-Madadkor”, 2000. - 7-19-b.


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi //Bola ma’naviyatini tarbiyalash /Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov. - T.: “Ma’rifat-Madadkor”, 2000. - 20-55-b.


Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - T.: O’zbekiston, 2000. - 80 b.


Abduvahobov U. Shaxs (Komil inson haqida). - T.: Vatan, 1996. - 20 b.


Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik /Asqar Mahkam tarjimasi. - T.: Sharq NMAK, 2001. - 400 b.


Avloniy Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. - T.: Tarbiyachi, 1992. - 160 b. Azarov Yu.P. Tarbiyaviy ish metodikasi. - T.: Tarbiyachi, 1991. - 67


Azizxo’jaeva N.N. Tarbiyachi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. - T.: TDPU, 2000. - 52 b.



33
Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin