Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/112
tarix31.12.2021
ölçüsü1,05 Mb.
#113244
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   112
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

Talabalar soni: 59 ta 

O’quv vaqti: 2 soat 

Mashg’ulot shakli: Avvaldan rejalashtirilgan xatolik ma’ruza  

Mashg’ulot rejasi:  

1.Kuz fasliga tavsifnoma  

2. Qish fasliga tavsifnoma  

Mashg’ulotning maqsadi: 

 

Talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish 



bo’yicha ma’lumotlar berish. 

Ma’ruza mazmuni:  

1.Kuz fasliga tavsifnoma 

1.1.Ob-havodagi  o'zgarishlar.  Kuzda  harorat  astasekin  pasayib  boradi,  buning  natijasida 

o'simlik  va  hayvonot  dunyosi  hayotida  o'zgarish  hamda  susayish  ro'y  beradi  (o'simlik  barglari 

sarg'ayadi, to'kiladi, ba'zi qushlar uchib ketib, boshqalari uchib keladi va hokazo). 

Sentabr  kuz  faslining  birinchi  oyidir,  biroq  O'zbekistonda  sentabr  oyida  ham  yoz 

faslidagidek issiq boiadi. Sentabr oyida havo issiq bo'lib, kechalari harorat +7 darajagacha tushib 

ketadi. Kunduz kunlari esa +20+25 darajagacha ko'tariladi. 

Oktabr odatdagidek kuz oyi hisoblanadi. Bu oyda oikamiz quvoshli, issiq va quruq bo'ladi, 

kunning  birinchi  yarmida  harorat  +7+10  daraja  bo'ladi,  kunduz  kunlari  +15+23  darajaga,  ba'zi 

hollarda esa +27 darajagacha ko'tariladi. 

Ana shunday juda issiq vaqtlarda o'simliklar, ayniqsa gunafsha, dastargul va  boshqalar 2 

marta gullaydi. 

Hayvonlar  dunyosida  ham  bahorgi  hodisalarning  takrorlanishini  ko'rish  mumkin: 

g'urraklarg'urullay  boshlaydi,  to'rg'aylar  sayraydi,  qurbaqalar  qurullaydi,  ba'zi  bir  hasharotlarda 

esa kuzgi urchish boshlanadi. 

Oktabr  oyining  ikkinchi  yarmida  harorat  odatda  pasayadi,  ertalab  +3+5  daraja  bo'lib, 

kunduz  kunlari  esa  +16+20  darajagacha  ko'tariladi.  Uzoq  yillik  tajriba  shuni  ko'rsatadiki, 

o'simliklarning  katta  qismini  va  ayniqsa,  qishloq  xo'jalik  o'simliklaridan  paxta,  kartoshka, 

pomidor,  bodring  va  boshqalarni  sovuq  uradigan  ayozlar  o'lkamizda  taxminan  12—

18oktabrlarda boshlanadi. 

Sovuq  tushishi  —  bu  haroratning  qisqa  vaqtli  pasayishi  bo'lib,  yer  qatlamlari  va  yer 

yuzasining  ustki  qatlamlari  nol  darajadan  pastroq  bo'ladi.  Ana  shunday  dastlabki  ayozlar  kuz 

faslining  boshlanganidan  dalolat  beradi.  Shimoliy  kenglikdan  sovuq  shamol  esa  boshlashi  bilan 

sovuqlar boshlanadi. Sovuq darajasi joyning relyefiga va tuproqning issiqligiga bog'liq bo'ladi. 

Odatda,  sovuq  tushganining  dastlabki  kuni  kunduzi,  ba'zi  hollarda  esa  tunda  havoning 

bulutli  bo'lishi  kutiladi.  Agar,  kechasi  osmon  bulutsiz  boisa,  yer  ustki  qatlamlarining  parlanishi 

natijasida  yerning  yuza  qatlami  muzlaydi.  Bunday  sovush  yer  qatlamlariga  tegib,  havoning 

haroratini  yanada  ko'proq  pasaytiradi.  Sovuqning  dastlabki  to'lqinlari  o'zi  qoplagan  barcha  hududni 

ozgina  muzlatadi,  u  faqatgina  past  joylarga  tarqaladi  va  birikki  kun  davom  etadi.  Agar  havo 

to'lqinining harorati nol darajadan past bo'lsagina muzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. Shunda 

tuproq va o'simliklaming ustki qatlamlariga ertalabki shudring tushadi. 

Ba'zi vaqtlarda oktabr oyida kuchli va sovuq shamollar aralash yomg'irlar ham yog'ib o'tadi. 

Bunday paytlarda tarbiyachi bolalarning diqqat e'tiborini daraxtlarning katta shoxlari va ingichka 

novdalarning tebranishiga jalb etadi. 



Noyabr  qishga  o'tish  oyi  hisoblanadi.  Odatda  noyabr  oyida  o'lkamizda  obhavo  qulay 

bo'lmaydi: goh yomg'ir, goh qor yog'adi, kun goho iliq, goho sovuq bo'lib turadi. 




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin