27
idora etib bo‘lmas, o‘z navbatida ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka
bo‘lgan intilishi tobora kuchayib borardi. Biroq Markazni kuchaytirish tarafdorlari
boshqa usullardan: namoyishlar o‘tkazish, mitinglar tashkil qilish, hatto g‘ayri
konstitutsion yo‘llar bilan davlat to‘ntarishi o‘tkazish bilan bo‘lsa-da, oldingi
buyruqbozlik tizimini mustahkamlashga harakat qildilar. Buning aksi sifatida
O‘zbekiston hukumati o‘zbek xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zining faol
siyosatini davom ettirardi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi
arafasida hukm surgan chuqur inqiroz holatini, o‘sha davrning siyosiy-ijtimoiy,
iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayotini istiqlolning dastlabki oylari tarixini
o‘rganishda hamda O‘zbekistonning yangi tarixini yaratishda 1989-1991 yillar
davomida respublikada kechgan tarixiy jarayonlarining bevosita guvohi bo‘lgan,
ularning markazida turgan inson - O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi muhim
manba bo‘lib xizmat qiladi.
1991-yil 11-yanvarida mamlakat Prezidenti qishloq aholisiga bevosita amaliy
yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo chekdi. Mazkur Farmon 1989-
yilda boshlangan haqiqiy yangilanishlarning mantiqiy davomi edi.
Dostları ilə paylaş: