Sifat so‘z turkumini o‘rgatish
Sifatni o‘rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomon-dan izchillik biJan boyitib, murakkabjashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 1- va 2-sinfda sifatning leksik ma'nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so‘rog‘ini berishga o‘rganadilar; 3-sinfda sifat so‘z turkumi sifatida o‘rganiladi; 4-sinfda ilgari o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qiz.il, yam- yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma'lum bo‘lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asos-lanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko‘rinishi, maza-ta'mi, xarakter- xususiyati, hidi, vazni, o‘rin va paytga mu-nosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma'nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdanoq o‘quvchilar e'tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi, ya'ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so‘z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo‘nalishda olib borishni talab etadi.
Boshlang‘ich sinflarda ,,Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda o‘rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (3- sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish (4-sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma'nosi va so‘roqlari ustida kuzatish o‘tkazishdan boshla-nadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo‘lib, uni rangi, mazasi, shakli; xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushun-chasini shakllantirish uchun uning ma'nolarini aniqlash talab etiladi.O‘qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma — qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip — uzun, ko‘k ip. Albatta, suhbat asosida o‘quvchilar olma, ip so‘zlari nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so‘zlar qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli) ni bildirishini aniqlaydilar. O‘qituvchi atrofimizni o‘rab olgan pred-metlarning o‘z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday? daraxt - Katta, chiroyli, sershox, ko 'm-ko 'k daraxt. Qanaqa ? shkaf — Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar predmet belgisini bildiradi.O‘quvchilar belgi bildirgan bunday so‘zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko‘p uchraydigan matn tanlanib, awal sifatlarini tushirib qoldirib, so‘ngra sifatlari bilan o‘qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko‘rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so‘zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko‘rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.
O‘quvchilar qanday?, qanaqa?so‘roqlariga javob bo‘lgan (predmet belgisini bildirgan) so‘zlarni o‘zlashtirisnlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi:
1) so‘roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so‘zlarni tanlash;
2) aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish;
3) matndan kim?yoki nima?so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni va unga bog‘langan qanday? va qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni tanlab (so‘z birikmasini topib) aytish va yozish;
4) tayanch so‘zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: „Sifat" tushunchasini shakllantirish hamda o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hal qilinadi.,,Sifat" tushunchasini shakllantirish o‘quvchilarning ,,predmet belgisi" degan umumlashtirilgan kategoriyani o‘zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda rang, maza. shakl, hajm, xil-xususiyat bildiradigan so‘zlar guruhlanadi va shu so‘zlarning xususiyatlari llmurnlashtiriladi. Sifatning leksik ma'nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umuinlashtirish asosida o‘quvchilar uning so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini ajratadilar:
a) predmet belgisini bildiradi,
b) qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi,
d) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so‘z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og‘zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o‘rin beriladi.
O‘quvchilarning sifatning leksik ma'nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni bar tomonlama tasvirlash malakasini o‘stirish uchun:
berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday? shaftoli — Shirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday? kitob Qalin, qiziqarli kitob;
berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyolkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki);
predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o‘rnini puxta o‘zlashtirishga erishish uchun ma'nodosh va zid ma'noli sifatlar ustida ishlash, o‘qish darslarida sifatning o‘z va ko‘chma ma'noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o‘rganish jarayonida so‘z yasashga oid mashqlarni muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarda u yoki bu so‘z turkumini yasash uchun so‘z yasovchi qo‘shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi. Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nik-masini o‘stirish bilan bog‘liq holda -roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil kabi sifatlarni to‘g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi. Tish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o‘quvchilar nutqini o‘stirishga qaratiladi.
Nazariy ma'lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo‘yish, gapda sifat bog‘langan otni (so‘z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda-roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan yaxshiroq aqlliroq kabi, shuningdek, tip-liniq, sap-sariq kabi sifatlar ko‘proq bo‘lishiga e'tibor beriladi. O‘quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o‘zlashtirishda uni ot bilan o‘zaro holda o‘rganishga asoslaniladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.”Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi”.Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Nutqdan o‘quvchining fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O‘quvchilarning barcha predmetlaridan materialni o‘zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o‘z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaratiladi.
Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning o‘sishi fikrni shaklantirishga yordam beradi, takomillashtiradi. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning mashg‘ulotning boshqa turlari bilan bog‘liqligi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog‘lanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar: ular kuzatishni, o‘ylashni va ko‘rganlari, eshitganlari, o‘qiganlari haqida to‘g‘ri bayon qilishni o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatadi.O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi; bu darsda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud.
Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular predmet, harakat, belgi bildiradigan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, o‘zak, so‘z, so‘z yasovchi, forma yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot, sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p yangi terminlarni bilib oladilar.
Boshlang‘ich sinfdagi boshqa darslarda ham o‘quvchilar nutqi xilma-xil so‘zlar bilan boyitiladi. Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko‘p so‘z va terminlar bilan o‘z nutqlarini boyitadilar.
O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko‘rgan predmetlarini o‘qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o‘zaro taqqoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini topib aytadilar. Bular, o‘z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurini o‘stiradi.Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya, ashula darslari ham, shuningdek, darsdan tashqari mashg‘ulotlar ham o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirishga imkon beradi.
Inson butun umri davomida o‘z nutqini takomillashtirib boradi. U tilimizning boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali nutqning go‘zal, ravon, ifodali, ta’sirchan bo‘lishiga intiladi. Bu jarayon, ayniqsa bolalik davrida samarali tus oladi. Kichik bolalik davridan boshlab u alo-aralashuvga ehtiyoj sezadi, o‘zgalarning fikrini tinglash va o‘z fikrini bayon qilishga tobora ko‘proq zarurat seza boshlaydi. Maktabda fan asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchi nutqini rivojlantirish inson umrining boshqa davrlariga nisbatan ancha samarali kechadi. Chunki har bir fan bola nutqini rivojlantirishda katta ahamiyat kashf etadi va u ona tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanishga yo‘l ochadi.
Ona tili esa fan sifatida ana shu imkoniyatlarni birlashtirib, tilning fikrni ifodalashdagi yangi rang-barang qirralarini ochib beradi; uni nutqning go‘zal olamiga olib kiradi. Ona tili o‘quvchi nutqini yaxshilaydi, boyitadi, unga badiiy bo‘yoq beradi, nafosat bag‘ishlaydi.
Qanday nutqni yaxshi nutq deb atash mumkin? O‘quvchi nutqiga qanday talablar qo‘yiladi? Bu savollarga javob topmay turib, bolalar nutqining boshqa muammolari haqida fikr yuritish qiyin.O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri nutqning nutq sharoitiga mosligidir. Nutq sharoiti deganda nutq aratilayotgan paytda so‘zlovchi va tinglovchining sharoiti tushuniladi. Bu sharoit behad ko‘p tarkibkli, serqirra bo‘lib, so‘zlovchi va tinglovchini nutq paytida qurshab turgan barcha narsa, buyum, holatlardan tortib, ularning bilim saviyasi, kasb-kori, so‘zlovchining maqsadi va imkoniyatlarigacha bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Nutq sharoiti nutq shaklini belgilashda juda muhim omildir. Chunonchi, bir-biridan uzoq turgan so‘zlovchi va tinglovchi faqat yozma nutq (xat, maktub, axborot, veqoanavislik va h.k.) vositasida fikr almashtira oladi. Tabiiyki, bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Bir-biriga turgan so‘zlovchi va tinglovchi orasida fikr almashishning eng qulay yo‘li og‘zaki nutqdir. Og‘zaki va yozma nutqning o‘z nutq sharoitlariga yarasha xilma-xil xususiyatlari bor. Chunonchi, so‘zlovchi bitta, tinglovchi ko‘p bo‘lsa, so‘zlovchining baland ovozda to‘xtamlar (pauzalar)ga rioya qilib, imo-ishoralardan kamroq foydalanib, fikrni izchil va bir-biriga bog‘liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning o‘ziga xos ko‘rinishi o‘quvchining nazariy masalalarni yoritish yoki uy topshiriqlarini bearish jarayonidagi javoblarida, ma’lum bir bir mavzuni sinfda, biror yig‘inda ochib berishdagi nutqida o‘z aksini topadi. Shuning uchun bunday nutqda fikr izchilligi, gaplarning o‘zaro to‘g‘ri bog‘lanishi, bog‘lovchilar, olmoshlar, soha atamalari (terminlari), ovoz tembri, ohang kabilarni to‘g‘ri qo‘llashga alohida e’tibor berish lozim.
O‘quvchining bunday nutqi uzundan-uzoq jumlalardan, ortiqcha so‘zlardan, odat tusiga kirib qolgan takrorlardan xoli bo‘lishiga nutq yaratilayotgan paytda o‘quvchining so‘zlovchilarga nisbatan qanday turishiga, qo‘l, ko‘z, bosh, bo‘yin, oyoq harakatlariga alohida e’tibor berish kerak. Nutq sharoitining muhim tarkibiy qismlaridan biri so‘zlovchining maqsadi va imkoniyatlarigacha bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Nutq sharoiti nutq shaklini elgilashda juda muhim omildir. Chunonchi, bir-biridan uzoq turgan so‘zlovchi va tinglovchi faqat yozma nutq (xat, maktub, axborot, voqeanavislik va h.k.) vositasida fikr almashtira oladi. Tabiiyki, bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Bir –biriga yaqin turgan sozlovchi va tinglovchi orasida fikr almashishning eng qulay yo‘li og‘zaki nutqdir. Og‘zaki va yozma nutqning o‘z nutq sharoitlariga yarasha xilma-xil xususiyatlari bor. Chunonchi, so‘zlovchi bitta, tinglovchi ko‘p bo‘lsa, so‘zlovchining baland ovozda to‘xtamlar (pauzalar)ga rioya qilib, imo-shoralardan kamroq foydalanib, fikrni izchil va bir-biriga bog‘liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning o‘ziga xos ko‘rinishi o‘quvchining nazariy masalalarni yoritish yoki topshiriqlarini bajarish jarayonidagi javoblarida, ma’lum bir avzuni sinfda, biror yig‘inda ochib berishdagi nutqida o‘z aksini topadi. Shuning uchun bunday nutqda fikr izchilligi, gaparning o‘zaro to‘g‘ri bog‘lanishi, bog‘lovchilar, olmoshlar, soha atamalari (terminlari), ovoz tembri, ohang kabilarni to‘g‘ri qo‘llashga alohida e’tibor berish lozim. O‘quvchining bunday nutqi uzundan-uzoq jumlalardan, ortiqcha so‘zlardan, odat tusiga kirib qolgan takrorlardan xoli bo‘lishiga, nutq yaratilayotgan paytda o‘quvchining so‘zlovchilarga nisbatan qanday turishiga qo‘l, ko‘z, bosh, bo‘yin, oyoq harakatlariga alohida e’tibor berish kerak.
Nutq sharoitining muhim tarkibiy qismlaridan biri so‘zlovchining tinglovchilar saviyasini hisobga olishidir. Bu nutqning eng zarur tarkibiy qismlaridan biridir. Xalqimiz bunga juda katta e’tibor bergan. Shuning uchun “So‘zni aytgin uqqanga…” kabi maqollarda ham nutqni tinglovchilarga tushunarli qilib ayon etish zaruriyati ta’kidlangan.
Dindorlar orasida bir rivoyat keng tarqalgan. Tasavvuf ilmining buyuk namoyandalaridan biri Mansuri Xalloj (858-920 yillar) dunyoqarashiga binoan har biro dam Haqning bir zarrasidir. Shuning uchun u “Anal haq” (Men ham haqman) deb aytgan. Uni xudolikka da’vo qilyapti, deb bu so‘zi uchun dorga osib o‘ldirganlar. Shunda birovlar Mansuri Xallojni haq, to‘g‘ri, boshqalar nohaq, noto‘g‘ri deb baholangan. Muridlari Mansuri Xalojning haq yoki nohaqligini aniqlash maqsadini buyuk olim Abdullo Ansoriyga (1066-1088 yillar) murojaat qiladilar. Ansoriy bu haqda lo‘ndagins javob beradi: “So‘zni tushunganga aytish kerak”. Agar Mansuri Xalloj olimlar va fozillar orasida, ya’ni “Anal haq” ma’nosini tushunadiganlar davrasida shu gapni aytganida uni o‘ldirmasliklari mumkin edi. Bu gapni tushunmaydigan avom oldida aytish, “Men haqman” deyish xudolikka da’vo qilish bilan teng va bunday shariat hukmiga ko‘ra o‘ldirilishi lozim ekan.
Rivoyatdan ko‘rinib turibdiki, tinglovchilarning saviyasini hisobga olish faqat nutq taqdirini emas, balki notiq taqdirini hamhal qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarda o‘z fikrini tinglovchining saviyasi, yoshi, mavqeini hisobga olgan holda bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor berish kerak. Buning uchun o‘quvchilar bilan ayni bir fikrni (axborotni, tilak-istakni va h. k.) o‘zidan kichiklarga, tengqurlarga, ozidan kattalarga, yaqinlarga, yaqindan tanish bo‘lmagan shaxslarga ifodalash ustida muntazam ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Bolalarni maktublar yozishga o‘rgatish, ayni bir fikrni turli kishilarga turli xilda bayon etish ko‘nikmalarini shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilar nutqiga qo‘yiladigan yana bir muhim talab mazmundorlikdir. Shuni unutmaslik lozimki, nutq sharoitiga mos tushsa, u mazmunli bo‘ladi. O‘quvchi faqat bilgan narsalarini, o‘zi xabardor bo‘lgan voqea-hodisalarni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri bayon qilishi mumkin. Aniq dalillar, kuzatish yoki taassurotlar, his-tuyg‘ular asosida yuritilgan fikrgina o‘zgalar diqqatini o‘ziga tortadi. Mazmunsiz fikr na o‘quvchining o‘ziga, na o‘zgalarga yoqadi.
Ko‘p hollarda o‘quvchiga noma’lum narsalar, voqea-hodisalar haqida gapirish yoki yozish vazifasi topshiriladi. Shubhasiz, bu hol fikriy sayozlikka, mavzuning yoritilmay qolishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchiga o‘zi o‘qigan, kuzatgan, bilgan narsalar yoki voqea va hodisalar xususida yozish vazifasi topshirilmog‘i lozim.
Suhbat, hikoya, insho uchun o‘qilgan badiiy asarlar, tomosha qilingan sahna asarlari va kinofil’mlar, shaxsiy kuzatish va taasurotlar, kundalik hayot voqealari boy material bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan talablardan yana biri fikrning mantiqan to‘g‘ri, aniq va izchil bo‘lishidir. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo‘lsagina, uning ta’sirchanligi ortadi. Bu har bir o‘quvchidan narsa, voqea-hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga to‘gri baho bera bilish, shu yo‘l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bir fikrni ikkinchisi bilan mantiqan tog‘ri bog‘lay olishi, mavzuga aloqador bo‘lgan asosiy fikrlarni ikkinchi darajali fikrlardan farqlay bilishi, qaytariq fikrlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Nutq – mantiqiy fikrlash mahsuli. U taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari bilan chambarchas bog‘langan. Taqqoslash shunday bir mantiqiy usuldirki, u bilan moddiy olamdagi narsalar va voqealarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi aniqlab olinadi; shu asosda hukm va xulosalar chiqariladi. O‘quvchi bu faoliyat usulidan foydalanmay turib, mantiqan to‘g‘ri fikr yurita olmaydi. Nutqning mantiqan to‘g‘riligi esa avvalo fikrlarning aniq va bir-biriga izchil bog‘langan bo‘lishi, fikr yuritilayotgan mavzudan chetga chiqmaslik, mazmunda mantiqiy ziddiyatlar va poyma-poy, mujmal jumlalar bo‘lmasligi, hukm va xulosalar asosli, ishonarli bo‘lishi demakdir.
O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan yana bir muhim talab uning boy va rang-barang bo‘lishidir. Nutqning boy rang-baragligi avvlo fikrni bayon qilishda o‘zbek tilining leksik imkoniyatlari: ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan, tasviriy ifoda va iboralardan, shuningdek nutqning badiiy qimmatini oshiruvchi vositalar: maqol va matallardan, ulkan shoir va yozuvchilarning maqol va aforizmga aylanib qolgan iboralari va jumlalaridan, badiiy asarlardan olingan parchalar va yorqin adabiy timsollardan, o‘zbek xalqining qochiriq so‘zlari va frazeologik iboralaridan, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, mubolag‘a kabi badiiy til vositalaridan, ritorik so‘roqli gaplardan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Tilning bu tasviriy vositalari nutqqa go‘zallik, joziba va rang-baranglik baxsh etadi.
O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan talablardan yana biri uning aniq bo‘lishidir. Nutqning aniqligi bu faqat narsa, voqea-hodisani tasvirlash yoki bayon qilish emas, balki shu narsa, voqea-hodisa uchun xos bo‘lgan belgilarni aniqlash, ularning tasviriga mos tushadigan so‘z, so‘z birikmalari va gaplar tanlashdan ham iboratdir. Aniqlik nutqning boyligi va rang-barangligi bilan chambarchas bog‘langan. Ma’lum bir mazmunni turli shakllarda bera bilish, nutq sharoitiga mos tushadigan tasvir usulini tanlash nutqqa aniqlik kiritadi.
Ohangdorlik ham o‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan muhim talablardan biridir. Ohang o‘quvchi nutqining ta’sirchaligini oshirish vositalaridan biridir. Shuning uchun she’riy asarlar, pasriy parchalarni ohangdorlikka amal qilgan holda o‘qiy olish malakasi ham o‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri sanaladi. U ohang yordamida nutqni sintagmalarga bo‘ladi, mantiqiy urg‘uni o‘rinli qo‘llaydi. Shuning uchun ifodali o‘qish malakalari faqat adabiyot darsliklarining emas, balki ona tili mashg‘ulotlarining ham tarkibiy qismiga aylanmog‘I lozim.
Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri qurilgan bo‘lishi ham unga qo‘yiladigan muhim talablardan biridir. O‘quvchi so‘z, so‘z birikmasi va gaplarni bir-biriga bog‘lash, kelishik va egalik qo‘shimchalarini o‘rinli qo‘llash, gapning ega va kesimini moslashtira bilish kabi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart.
Nutqqa qo‘yiladigan yana bir muhim talab uning soddaligi va sofligidir. Sodda nutq avvalo tushunarli bo‘ladi. Nutqning tushunarli bo‘lishi, bir tomondan, fikrni lo‘nda, aniq bayon qilish, tushunarli bo‘lmagan g‘aliz jumlalardan saqlanishda namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tinglovchining tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liqdir. Demak, o‘quvchi fikrni ham sodda, ravon bayon qilish, ham o‘zgalar fikrining mohiyatini anglab, uni tushunish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Nutqning sofligi avvalo uning tozaligi demakdir. Ma’lumki, oquvchilar nutqida har xil qaytariqlar, ortiqcha jumlalar, o‘zbek adabiy tiliga xos bo‘lmagan (rus tili va boshqa qardosh tillardan olingan) so‘zlar anchagina qismni tashkil etadi. Ular nutqini bunday so‘zlardan tozalab boorish, fikrni sof adabiy tilda, uning boy imkoniyatlaridan foydalanib bayon qilish ona tili mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Biz yuqorida o‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablarnigina sanab o‘tdik. Bu talablar o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lib, o‘quvchi yaxshi nutqqa faqat shularning hammasiga amal qilish orqali erishadi. Shuning uchun o‘qituvchi ona tili mashg‘ulotlarida nutqning faqat bir tomoniga e’tiborni kuchaytirib, ikkinchi talabni unutishi yoki bir talabni quyi sinfda, ikkinchisini keyingi sinfga qoldirishi mumkin emas. Bu talablarga doimiy amal qilinsagina nutq o‘stirish samarali echadi.O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til normalariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so‘zlashi, shuningdek, ham doim o‘quvchi daftariga barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur.Maktabda ona tili o‘qitishning bosh maqsadi tilning jamiyatda tutgan o‘rni, bajaradigan vazifasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, til jamiyat a’zolari o‘rtasida aloqa-aralashuv vositasi, insonning fikrlash va fikr mahsulini og‘zaki va yozma ravishda berishi, o‘z ichki kechinmalarini bayon qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hazrat Alisher Navoiy til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi sifatida jamiyat taraqqiyotida katta o‘rin egallashini, u insonni hayvondan ajratuvchi asosiy belgilardan biri ekanligini alohida ta’kidlab, bunday deb yozgan edi:
Dostları ilə paylaş: |