HUJJATNI SAQLASH Microsoft Word 2000 muharririda yangi yaratilgan hujjatni, o’zgartirish kiritilgan hujjatni, bir vaqtda bir necha hujjatni, hujjatni boshqa nom bilan va boshqa katalogda saqlash mumkin.
Saqlash uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
Sichqon «Сохранить ustiga bosiladi.
Hujjatni yangi jildda saqlash uchun oynadagi «Создат(«Jild yaratish»)tugmachasi bosiladi va имя файла (fayl nomi) darchasida hujjat nomi kiritiladi.
Zaruriyat tug’ilganda, faylning nomi uzun bo’lishi mumkin, ya’ni bir nechta so’zdan iborat hamda hujjatning qisqacha ta’rifi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bunda «Сохранит» («Saqlash») tugmachasi bosiladi.
Agar korxona Internetga ulangan (Internet tarmog’i mavjud) bo’lsa, unda Internetning Web tizimidagi NTTR yoki FTP protokollari yordamida Web serverlarida joylashgan xujjatlarni ochish mumkin.
Sichqon Открить (Ochish) tugmachasi ustida bosiladi.
Papka ro’yxatidan xujjat saqlanuvchi disk, jild yoki Internet katalogi tanlanadi.
Izlanayotgan xujjat joylashgan jild topilmaguncha tanlangan jildlar ustida sichqon ketma-ket ikki marta bosiladi, jildlar ochilaveradi.
Agar yuqorida keltirilgan usul bilan faylni topish iloji bo’lmasa, fayllarni qidirishning maxsus amallaridan foydalanish kerak.
Agar xujjatkompyuterning qattiq diskida yoki tarmoqdagidiskda saqlanayotgan bo’lsa, uni nusxa holida ochish mumkin. Shuningdek, joylashishidan qat’iy nazar, xujjatni «faqat o’qish uchun»tartibida ochish mumkin, bu uni har xil tasodifiy o’zgarishlardan saqlaydi.
Agar xujjatning bir nechta variantini saqlash uchun Версия (Fayl menyusida) buyrug’idan foydalanilgan bo’lsa, xujjatning oldingi versiyasiga qaytib, uni ochish mumkin.