Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish. Mundarija: Kirish


Boshlang’ich sinflarda o’qish malakalarini rivojlantirish



Yüklə 41,12 Kb.
səhifə2/4
tarix08.04.2023
ölçüsü41,12 Kb.
#124979
1   2   3   4
Boshlang\'ich ifodali o\'qish.

Boshlang’ich sinflarda o’qish malakalarini rivojlantirish.
Ishonchimiz va tayanchimiz bo’lmish navqiron yosh avlodni barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishini ta’minlash buyuk kelajagimiz poydevorini mustahkamlash yo’lidagi orzu-maqsadlarimizdan biridir. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat darajasiga ko’tariladigan ijodkor shaxsni yaratishda boshlang’ich ta’lim poydevor vazifasini bajaradi.
Boshlang’ich sinf o’qtuvchilarining asosiy maqsadi kelajakda yetuk avlodni tarbiyalashdan iborat.o’quvchining ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnalogiyalarni ta’lim jarayonida mohirona tadbiq eta olishi ilg’or pedagogik tajribalardan mohirona foydalana olishi, ta’lim berishning yangi usullarini ishlashi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi tez o’zgaryotgan dunyo insoniyat oldiga ,yoshlar oldiga yangiyangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda.Ayniqsa mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha sohalarida tub islohatlar, o’zgarishlar,ta’lim mazmuni va sifatini yangilashga doir bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda5.
Bunday islohatlarning tub mohiyatiga kirib boradigan bo’lsak, ularning ortida yoshlarni har tomonlama yetuk barkamol qilib tarbiyalash,bu orqali sog’lom fikirlaydigan, dunyo hamjamiyatidagi na’muna bo’la oladigan yoshlar bilan tenglasha oladigan kadrlar qilib voyaga yetkazish maqsad qilib olinganiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Muhtaram Birinchi prizidentimiz ta’kidlaganidek:”Bugungi kunda oldimizga qo’yilgan buyuk maqsadlarimiz,jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli uchun amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutahasislar tayorlash muommasi bilan chambachas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz. Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o’z mohiyati, maqsadi va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki, uning zaminida savodxonlik va ahloqiy-ta’lim tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’quvchi matnni tog’ri, tez, tushunib o’qish ,mazmunini o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish darslarida yuzlanadi. O’qish darslari orqali o’quvchining Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv bilim ko’nikmalari hamda bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini qolaversa olamni anglashga bo’lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda “O’qish kitobi”darsliklarga ona tabiat ,atrofimizni o’rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-manaviy qadryatlar,xalqlar do’stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushuncha berishga mo’ljallangan badiiy, ahloqiyta’limiy, ilmiy ommabop asarlar kiritiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o’qish darslarida amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinf o’qish darslarining, ayniqsa birinchi sinfdagi o’qish darslarining maqsadi o’quvchilarda ongli, ravon, ifodali, tez o’qish malakalarini hosil qilishdir. O’qish darslari, tabiat, odobnoma, matematika fanlariga doir mavzularda beriladigan bilimlarni mustahkam o’qib olishlarida juda katta ro’l o’naydi, chunki bola tog’ri, ongli ravon o’qisagina matn mazmunini yaxshi anglab oladi. O’qish darsining o’zoro mahkam bog’langan to’rt asosiy tarkibiy qismi bor.
Ular quyidagilardan iborat: ifodali o’qish, ongli, tog’ri va tez o’qish. Boshlang’ich ta’limda o’qishning uch turidan foydalfniladi:
1. Ovozli o’qish
2. Ichda o’qish
3. Shivirlab o’qish
Psixologik izlanishlar shuni ko’rsatadiki, o’qishni endi o’rganayotgan o’quvchilar o’qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham e’tibor qaratadilar. 2-sinf „O 'qish kitobi“dagi „Оnа yurtim-oltin beshigim" bo‘limiga kiritilgan , O‘zbekistonim“ (H. Imonberdiyev), „ Istiqlol “ (J.Jabborov), 0‘lka “(E.Vohidov), „Yur tog‘larga“ (U .N osir),. 3-sinfda „Ona bitta, Vatan yagona" bo'limidagi „Vatan haqida she’r" (A.Avloniy), 0‘zbegim“(E.Vohidov), „Vatan mo'tabardir" (X .D avron), „Bilib qo'yki, seni vatan kutadi“ (T. Malik),. 4-sinfda „ O‘zbekiston — Vatanim manim “bo'limidagi „Serquyosh o‘lk a “ (Z. Diyor), „Iqboli buyuksan“ (A. Oripov), „Toshkentnoma" (M .Shayxzoda), ,,Xotira“ (N .N orqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi6.
Ijtimoiy-tarixiy matn undagi mavzular Vatanimiz o'tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug' siymolar tomo nidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarim iz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o'quvchilarni faqat o'tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi.
1. O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qishlarini shakllantirish.
2. O'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish.
3. O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va m ehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O'quvchilam ing bog'lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o'stirish.
6. O'quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish.
O'qish darslarining samaradorligi ko'p jihatdan ta’lim metodlarining to'g'ri tanlanishiga bog'liq. Binobarin, fanning o'zi kabi o'qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo'ladi. Masalan, eski maktablarda o'qish quruq yod olish metodi asosida o'rgatilgan bo'lsa, hozir izohli o'qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so'zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o'qilganni qayta hikoyalashga, umum an olganda, o'qishning ongli bo'lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan.
Ularda ko'proq to'g'ri talaffuz, qiroat bilan o'qish, ifodali o'qish nazarda tutilgan. Hozir maktablarda o'qish izohli o'qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug‘iladi: Izohli o'qish nima Izohli o'qishga XIX asrning 60-70 yillarida rus pedagogi K.D. Ushinskiy asos solgan, u o‘qishda o'quvchilarni „ongli, tushunib, o'ylab o'qishga" o'rgatishni alohida ta’kidlaydi va uni „Izohli o'qish" deb nomlaydi.[5]Izohli o'qish metodiga K .D .U shinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o'qish o'quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Professor Asqar Zunnunov o'qitishning mazm uni va usullari haqida fikr yuritib, o'quvchilaning oldin bilimlarni o'zlashtirishiga, so'ng yod olishlariga e ’tibor berilishi ta ’lim jarayonida izohli o'qish deb nomlanganini ta ’kidlaydi.
Demak, izohli o'qish deb o'ylashga, his qilishga, asarni to'liq idrok qilishga, o'qilganning mazm unini o'zlashtirishga olib keladigan o'qishga aytiladi. Izohli o'qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g'oyani anglashni ta’minlaydi. O'qish darslarida o'quvchilaning o'qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi.
O'qish malakasining sifatlari o'zaro bog'liq bo'lib, ularning asosi ongli o‘qish hisoblanadi. O'quvchi matnni tez va to 'g 'ri o‘qisa-yu, anglab o'qimasa yoki uning tez o'qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to'g'ri o'qisa-yu, o'ta sekin o'qisa, nutq birliklari orasida to'xtamlarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to'g'ri o'qish ongli o'qishga xizmat qiladi, to'g'ri, tez va ongli o'qish esa ifodali o'qishning asosi hisoblanadi. O'qish malakalarini egallash maktabda o'qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O'qish faoliyatning asosiy turi bo'lib, o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tom ondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi.
Bu jarayon esa o'qish malakalarini o'stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi. O'qish malakasini egallash ancha murakkab bo'lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T. G. Yegorov o'zining „Очерки психологии обучени детей чтению" nomli asarida o'qish malakalarini shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich. O'qish so'z m a’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O'quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o'tadilar. Bundan keyingi yillarda o'qish avtomatlasha boradi.O'qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmuni unini tahlil qilish o'qish malakalarini takomillashtirishga yo'naltirilgan bo'lsin7. Ongli o‘qish. Ongli o'qish yaxshi o'qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o'qish o'qilgan matnning aniq mazmuni unini, asarning g'oyaviy yo'nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o'qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o'z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o'qish o'z navbatida, o'quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so'zning leksik m a’nosini, gapda so'zlarning bog'lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog'liq. Hozirda ongli o'qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma’noda: birinchidan, o'qish jarayonini egallashga nisbatan o'qish texnikasini ma’nosida, ikkinchidan, keng m a’nodagi o'qishga nisbatan o'qish sifatlaridan biri ma’nosida qo'llanadi.Matnni ongli o'qish uchun o'quvchilar to'g'ri, me’yorida o'qishni egallagan bo'lishlari va o'qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi.
O 'quvchilar matnni ongli o'qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi. Ongli o'qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish hisoblanadi. O'qituvchi ongli o'qishni matnni ifodali o'qishga (agar ovoz chiqarib o'qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to'g'riligiga, asar voqealari va qahramonlarning xatti-harakatiga bildirgan munosabatiga qarab baholaydi. Ongli o'qish va ifodali o'qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan o'xshamaydigan o'qish sifatlaridir.[6] Ongli o’qish jarayonida o’quvchilar quyidagilarni bilishlari zarur o’qigan so’zlarning asl va ko’chma ma’nolarini,har bir gapning ma’nosini aytib bera olishlari, bo’limning mazmunini qisqacha bayon qilib bea olishlari,o’qiganlariga nisbatan o’z munosabatlarini bildirishi lozim.
Ongli o’qish malakasini oshirish maqsadida,darslik matnlari oxirida savollar va topshiriqlar berilgan. Bu savol va topshiriqlar o’quvchilarni matn mazmunini qayta hikoya qilishga hamda o’quvchilarning savollarga mustaqilavishta javob qaytarishga va o’z hayotiy tajribalari asosidaijodiy so’zlab berishga o’rgatadi. O’quvchilar matnni qismlarga bo’lib, unga mos salovha qo’yishga, har bir qisim mazmunini ochuvchi rasmlar chizishga savollar topa bilishga ham asta sekin o’rgatib boriladi. Avval hajmi kichik mazmunan soda so’nga esa hajmi katta va mazmuni murakkabroq matnlar bilan ish olib boriladi. O’qishning ongli bo’lishiga yordam beradigan vositalardan biri bu to’ri o’qishdir. O’qiganda hato qilmay, so’larni buzmay, tovush va bo’g’inlarni tushiib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmasdan oxirgi bo’g’inlarni ya’ni qo’shimchalarni to’g’ri talaffuz etish, orfaepiya qoidalariga rioya qilish to’ri o’qishni ta’minlaydi. To’ri o’qish malakalarini hosil qilish hamma jaroyonida olib boriladi.
O’qish ongli bo’lsagina to’g’ri va tez malakasi hosil bo’ladi. O’qish tezligi ongli, ravon o’qishga bog’liqdir o’qish tezligini oshirishga bog’liqdir. Bolalar ta’sirchan bo’ladilar. O’ituvchi asarni his hayajon bilan o’qib berishi,uning bolalarga chuqur ta’sir etishiga erishadi. Asar mazmunini o’quvchilarga to’la anglatishi uchun o’qituvchining o’zi uni ifodali o’qish va hikoya qilib berishga puxta tayyorgarlik ko’rishi zarur. Ifodali o’qish ongli o’qishning ko’rsatkichidir, chunki matnning ma’nosini anglab o’qiy olgan o’quvch, albatta, ifodali o’qish malakalarini ham egallagan bo’ladi. Ongli o’qish ifodali o’qish malakalarini o’stirish va mustahkamlashga yordam beradi.
Ongli, to’g’ri va ravon o’qish malakasi hosil qilingan sari ta’sirli o’qish malakasi ham o’sib boradi.Ta’sirli o’qish o’quvchidahis tuyg’u uyg’otishga, voqea hodisalarni tassavvu,estetik zavq bag’ishlashga xizmat qiladi. Ularning o’qish malakalari qanchalik yuqori bo’lsa, aqliy qobiliyati va salohiyati oshib boraveradi. Biz qachanki farzandlarimizni ongli fikrlaydigan tarbiya qila olsakgina kelajakda fikrlash qobilyati yuksak darajadagi avlodni tarbiyalagan bo’lamiz8.


Yüklə 41,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin