Burchak o'lchash asboblari Reja



Yüklə 5,8 Mb.
səhifə1/65
tarix26.11.2023
ölçüsü5,8 Mb.
#135079
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Burchak o\'lchash asboblari


Burchak o'lchash asboblari


Reja:



  1. Geodeziya fani haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Geodeziya fani tarixidan qisqacha ma’lumot.

  3. Yerning shakli va o‘lchamlari haqida yangi qarashlar.

  4. Sathiy yuza.

  5. Geoid.

  6. Referens ellipsoid.

Geodeziya so‘zi grekcha so‘z bo‘lib geo-yer, dezus-bo‘lish degan ma’noni bildiradi.


Geodeziya fani-yerning shakli va o‘lchamlari, yer yuzidagi nuqtalarning
bir-biriga nisbatan o‘rnini aniqlashda, yer yuzining xarita, plan, qirqimlarini, tuzishda hamda muxandislik inshootlarini qurishda bajariladigan o‘lchashlar nazariyasi va amaliyoti haqidagi fandir.
SHunga ko‘ra, geodeziya fani amaliy geometriya (yer o‘lchash) deb ham yuritilgan. Lekin hozirda geodeziya xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi qurilishga doir muhim va murakkab masalalarni yechish bilan shug‘ullanadi. Masalan, yer shakli va kattaligini aniqlash, yer yuzasi ma’lum qismining plan, karta va profillarini chizish, qishloq xo‘jaligini planlashtirish, turli inshootlar barpo qilishda bajariladigan qidirish, o‘lchash va loyihalash ishlarini turli asboblar yordamida amalga oshirish yo‘llarini o‘rganish hozirgi geodeziya faninig umumiy vazifasidir. Bajariladigan ishning mazmuni va usuliga qarab geodeziya quyidagicha bo‘linadi va ta’riflanadi.
Yer yuzasi bo‘laklarining ko‘rinishi va kattaligini aniqlab, uni plan, karta va profillarda tasvirlash yo‘llarini va bunda ishlatiladigan asboblarni o‘rgandigan fan geodeziya deyiladi.
Butun erning umumiy shakli va o‘lchamlarini aniqlash, er yuzasida bir sistemada planiy va balandlik bo‘yicha tayan punktlar o‘rnatish va ularning tarmoqlarini barpo etish masalalariga doir o‘lchash va o‘lchash natijalarini tenglash ishlari bilan shug‘ullanuvchi fan oliy geodeziya deyiladi.
Geodeziyaning xalq xo‘jaligidagi turli sohalarda bino, yo‘l, kanal, aerodrom, stansiya kabi injenerlik inshootlari o‘rnini aniqlash, ularni plan, karta va profilda loyihalash, joyga ko‘chirish va qurish hamda undagi o‘zgarishlarni kuzatish ishlariga doir o‘lchash usullarini o‘rganuvchi maxsus bo‘lim injenerlik geodeziyasi deyiladi.
Demak, injenerlik geodeziyasi geodeziya fani qoidalarini turli injenerlik inshootlari barpo etishga doir o‘lchash ishlariga tatbiq etish yo‘llarini o‘rganadi.
Yer yuzasining kata qismini qog‘ozda tasvirlashning qoida va usullarini o‘rganuvchi fan kartografiya deyiladi.
Aviatsiyaning taraqqiy etishi bilan geodeziyaning s’yomka (plan olish) ishlarida joyni havodan suratga olish usuli qo‘llanila boshladi: bu usul qoidalarini o‘rganuvchi fan aerofoto-geodeziya deyiladi.
Yerning sun’iy yo‘ldoshidan turib yer shaklini aniqlash va yer yuzasi suratini olish usullarini o‘rganuvchi fan kosmik geodeziya deb ataladi.
Yer massasida uzluksiz bo‘lib turgan geologik va geofezik hodisalar yer shakli va yuzasining o‘zgarishsiz qolmaydi. SHunga ko‘ra, hozirgi geodeziya fanining vazifasi yer yuzasida bo‘ladigan hodisalarni statikaviy hol deb qaramay, balki murakkab dinamikaviy jarayon deb qarab, geofezika va gravimetriya fanlari yutuqlari asosida geodenamik poligon usulini tatbiq etib tadqiqot ishlari olib borishdan iboratdir.
Davrimizda sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda keng ko‘lamda jadal olib borilayotgan turli qurilish ishlari, masalan, temir va tosh yo‘llar o‘tkazish, kanal qazish, katta-kichik binolar, to‘g‘on, aerodrom, turli stansiyalar kabi inshootlar qurish injenerlik geodeziyasi oldiga katta, murakkab va mas’uliyatli vazifalar qo‘ymoqda; bular geodeziya fanining turli ixtisosliklarga bo‘linib o‘sishiga undadi, yangi ish usuli va yangi asboblar yaratilishiga katta yordam berdi va bermoqda.
Har qanday qurilish ishi geodeziyaga oid o‘lchash ishlari bilan boshlanadi, davom etadi va tugaydi. Masalan, kanal qazish yoki yo‘l o‘tkazish uchun avval shu inshoot o‘tishiga mo‘ljallangan joy kartada belgilanadi, keyin u bilan joyda tanishiladi (bu ish rekognossirovka deyiladi), yo‘lning o‘q chizig‘i belgilanadiki, inshoot qurish uchun mo‘ljallangan bu joy trassa deyiladi.
Trassaning o‘q chizig‘i belgilanib joy s’yomka qilingach, nivelirlanadi. O‘q chizig‘i profili chizilib, loyiha chiziqlari o‘tkazilgach, ish otmetkalari hisoblanadi. So‘ngra loyihadagi nuqtalar otmetkalari bo‘yicha joyga ko‘chiriladi. SHundan keyingina qurilish ishi boshlanadi.

Yüklə 5,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin