Kilometrlar to‘ri. Topografik kartalar varag‘idagi geografik va to‘g‘ri burchakli koordinatalardan oson foydalanish va kartada turli masalalar echish uchun har qaysi kartada zona koordinata o‘qlariga parallel qilib har kilometrdan chiziqlar o‘tkaziladi, bu bilan kvadrat to‘r (kataklar) yasaladiki, u kilometrlar to‘ri deyiladi. Bu to‘r yordamida istalgan nuqtaning to‘g‘ri burchakli va geografik koordinatasini aniqlash mumkin. Kartada, masshtabiga qarab, kilometr chiziqlari to‘rli masofadan o‘tkaziladi. Masalan, masshtabi 1:10000, 1:25 000 va 1:50 000 bo‘lgan kartalarda har bir kilometrdan, masshtabi 1:100 000 bo‘lgan kartada har ikki kilometrdan, mayda masshtabli kartalarda 10 kilometrdan o‘tkaziladi.
Kilometrlar to‘ri berilgan masshtabdagi har qaysi trapetsiya uchun yasaladi. Buning uchun nuqtaning geografik koordinatalari bo‘yicha «Gauss-Kryuger koordinatalari jadvali» dan berilgan nuqta joylashgan trapetsiya uchlarinnng koordinatalari topiladi. Agar karta masshtabi 1:10 000 bo‘lsa, trapetsiya uchlarining koordinatalari 1:25 000 masshtabli trapetsiya o‘lchamlari koordinatalari orqali interpolyasiya qilish yo‘li bilan topiladi.
Trapetsiya uchlarining koordinatalari bo‘yicha (3.13-shakl) trapetsiyaga kilometrlar to‘ri yasash uchun tomonlari 10 sm bo‘lgan kvadrat kataklar qilinadi; abssissa va ordinatalari belgilanib, kvadrat tomonlariga kilometr bilan ifodalangan qiymatlari yoziladi (3.13-shakl). So‘ngra koordinatalari bo‘yicha trapetsiya uchlarining o‘rinlari topiladi va trapetsiya yasaladi. YAsalgan trapetsiyaning to‘g‘riligini tekshirish uchun tomonlari uzunlngi aj, ash, s va d ning qiymatlarini chizma bo‘yicha o‘lchab, jadvalda berilgan qiymatlariga taqqoslanadi.
Trapetsiya tomonlari to‘g‘ri burchakli koordinatalar to‘rining tomonlari ustida yotishi yoki unga parallel bo‘lishi shart emac.
3.13-shakl. Trapetsiya uchlari aniqlangach, ular asosida ramka yasaladi. Trapetsiya tomonlaridan 10—12 mm qoldirilib, o‘rta chiziq, undan 1,5 mm qoldirilib, chetki chiziq chiziladi. Trapetsiya tomonlari o‘rta chiziqqacha davom ettirilib, ramka uchlaridagi bu chiziqlar yoniga trapetsiya uchlarining geografik koordinatalari yoziladi. To‘g‘ri burchakli koordinatalar to‘rining chiziqlari har 1 km dano‘tganligi uchun, kilometr chiziqlar ham o‘rta chiziqqacha davom ettiriladi. Bu to‘r chizqlari faqat trapetsiya ichiga chiziladi. To‘rning pastki va yuqorigi chizig‘ining ikki uchiga shu chiziqlar abssissasi kilometr hisobida yoziladi. Masalan, bizning misolimizda pastiga 4 574, yuqorisiga 4 577 yozilgan, qolgan oraliq chiziqlarning yuqorisiga abssissaning faqat keyingi raqami (75 va 76) yozilgan.
O‘qiy meridianga parallel bo‘lgan chiziqlarning ikki chetki chiziqlari yoniga shu chiziqlarning shartli ordinatasi 12 521, 12 526 yoziladi; sonlardagi birinchi ikki raqami (12) zona nomerini ko‘rsatadi. Bunda ham oraliq chiziqlarning o‘ng tomoniga ordinatalarning oxirgi ikki raqami (22, 23, 24 va 25) yoziladi.
O‘rta va chetki chiziqlar orasidagi 1,5 mm li oraliqda minut qiymatlari ko‘rsatiladi. Masalan, kenglama bo‘yicha trapetsiyadagi farq 41°20'—41°17'30"=2' 30". Trapetsiyaning yon tomoni yuqoridan pastga qarab, 2,5 bo‘lakka bo‘linadi, birinchi bo‘lak ichki tomonining yarmi (bo‘yiga) bir bo‘lak oralatib qoraga bo‘yaladi. Bu minutiy ramka trapetsiyaning to‘rt tomonida ham yasaladi. Bo‘lar geografik koordinatalar bo‘yicha masala echishda ishlatiladi.
Koordinatomer. Kartada nuqtalar koordinatalarini aniqlashda maxsus koordinatomer nomli qurol ishlatiladi, bu turli ko‘rinishda bo‘ladi; burchakli koordinatomer ko‘proq ishlatiladi. Koordinatomerning UVT shifrli, koordinatomer to‘ri nomli va boshqa turlari harbiy ishlarda qo‘llaniladi.
Kartada berilgan A nuqtaning koordinatalari xa, uani aniqlashda quyidagi formula qo‘llaniladi:
Xa=x + x'; ua=u + u' (3.7)
x—berilgan A nuqta tagidagi kilometr chiziq abssissa qiymati bo‘lib, shaklda x=4575 km; u—esa A nuqta chapidagi kilometr chiziq ordinatasi bo‘lib, u—12 524 km. x' u' lar eslatilgan kilometr chiziqlaridan nuqtagacha bo‘lgan masofa bo‘lib, ularni koordinatomer yordamida yoki o‘lchagich orqali olib masshtab bo‘yicha aniqlash mumkin. 6.13-shaklda burchakli koordinatomer yordamida aniqlash ko‘rsatilgan. (SHaklda 2 sm ga 1000 m, 1 mm ga 50 m to‘g‘ri kelgan).
Koordinatomer bo‘yicha x—360 m; u=550 m, shunga ko‘ra (3.7) ga binoan x=4 575 000+360=4 575 360 m; u=12 524 000+550=12 524 550 m bo‘ladi. Geografik koordinatalar ham ramka chetidagi minut oraliqlar yordamida aniqlanadi. Masalan, V nuqtaning geografik koordinatalarini aniqlash uchun V nuqtadan trapetsiya tomonlariga parallel qilib pBq va tVp chiziqlar o‘tkaziladi. Vr=l, Bq=K, Vt=d va Vp=e. Kesmalar uzunligi karta masshtabi bo‘yicha aniqlanadi. d+e=tp=1=60"; l+k=pq=1=60"; r va q nuqtalar kengligini j va sh; t va p nuqtalar uzoqligini gva shqdeb belgilasak, V nuqta koordinatasi va quyidagicha bo‘ladi:
yoki ;
yoki .
3.14-shakl. Topografik karta chizish tugagach, ramkaning tashqarisiga karta tepasi yoki yoniga qo‘shimcha chizma va yozuvlar qilinadi, ya’ni karta rasmiylashtiriladi.
Ramka tepasining o‘rtasiga karta nomenklaturasi, ba’zan tepadan chap burchagi ustiga karta zonasining nomeri yoziladi. Karta tagiga o‘rtaga soniy masshtab: 1:10 000, tagiga 1 sm 100 metrga deb yoziladi va buning tagiga oddiy chizig‘iy masshtab, uning tagiga varaqning joylanish sxemasi chiziladi. Gorizontallardagi kesim balandligi “sidirg‘a gorizontallar 2 m dan o‘tgan” deb yozib qo‘yiladi. CHiziqli masshtabdan o‘ngda qo‘yilish grafigi chiziladi.
Kartaning chap va quyi tomoniga shu joydagi magnitaviy strelkaning yillik og‘ishi va meridianlar yaqinlashish burchagining qiymati yoziladi.
3.15-shakl. SHu bilan birga yuqoridagi qiymatlarning, ya’ni meridianlar yaqinlashish burchagi va magnitaviy strelkaning og‘ishi ni ko‘rsatuvchi grafik (shakl) chiziladi (3.15-shakl). Bu grafik yordamida kartadagi chiziqning magnitaviy yoki haqiqiy azimutni aniqlash mumkin. Oxirida varaqning o‘ng va quyi tomonida s’yomka qilgan shaxsning familiyasi va tashkilot nomi, s’yomka yili ko‘rsatiladi.