Burjua sport harakati



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə21/60
tarix10.07.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#117381
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
13.jismoniy-tarbiya-va-sport-tarixi

XULOSALAR
So`ngi o`rta asr davrida yangi ishlab chiqarish munosabatlari kelib chiqdi. Yollanma, keyinchalik esa doimiy qirol qo`shinlarining paydo bo`lishi, o`q otadigan qurolning va boshqa yangi harbiy texnikaning kashf etilishi, ritsarlik otliq askarlar rolining pasayishiga va ritsarlik tarbiya tizimining inqirozga yuz tutishiga olib keldi.
So`nggi o`rta asr davridagi gumanistlar ta’limi cherkov ta’siridan ozod qilish uchun va maktablarda jismoniy tarbiyani joriy qilish uchun kurash olib bordilar.
O'rta asrlarda jismoniy madaniyat yangi shakllar va mazmunlaiga ega bo'lgan holda, ularning deyarli barcha vositalari qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyat negizida rivoj topdi.
XV-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar tomonidan yoshlarni jismoniy va ma'naviy jihatdan tarbiyalashga doir yangi g'oyalar ilgari surildi. Shu asosda tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi.Sanoat, qurilish, texnika va boshqa sohalardagi kashfiyotlar davlatlarning iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sabab bo'ldi.
?
O'rta asrlarda jismoniy madaniyat va sportning rivoj- lanishni qanday izohlaysiz?
Ritsarlik tizimidagi turnirlarning maqsadi nima?
Yevropa mamlakatlarida qilichbozlik va o'q otish jamiyatlarining paydo bo'lishiga sabab nima?
Gumanistlar va sotsial-utopistlarning jismoniy tarbiya haqidagi mulohazalari nimalardan iborat bo'lgan?
Antik Olimpiya o'yinlarini qayta tiklashga urinishlar qachon va qaysi davlatlarda amalga oshirilgan?
O'rta asrlardagi jismoniy taibiya sport sohasida kechgan keyingi o'zgarishlarga qanday ta'sir qildi?
O'rta asrlarda o'tkazilgan bayramlar va an'anaviy marosimlarda qanday yangi sport turlari, jismoniy mashqlar, o'yinlar yuzaga kelgan?
Adabiyotlar
Botirov X.A. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. Т., O'qituvchi, 1993
Eshnazarov J. Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish . T., 2008


Mavzu 4. O'RTA ASRLAR DAVRIDA MARKAZIY OSIYODA JISMONIY TARBIYA


Reja:

  1. Sharqning buyuk alloma va mutafakkirlari ta'lim tarbiya xaqida.

  2. Abu Ali ibn Sino asarlarida jismoniy tarbiyaning mohiyati xaqida.

  3. Amir Temurning jangovorlik faoliyatida xarbiy-jismoniy tayyorgarlikning o'rni.

VII-VIII asrlarda Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko’tarilish – «Sharq Renesansi» - Uyg’onish davrini boshlab berdi.


Butun Sharqda bo’lgani kabi Movarounnahrda ham ilm-fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar yetishib chiqdi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin