Burjua sport harakati



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə33/60
tarix10.07.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#117381
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
13.jismoniy-tarbiya-va-sport-tarixi

Italiyada maktab yoshidagi bolalar hamda yoshlarning jismoniy jihatdan o`sishi va ularga fashistlar tomonidan beriladigan tarbiya ishlariga maorif ministrligining jismoniy tarbiya departamenti va maxsus ijtimoiy tashkilot «Opera natsionale Balilla» rahbarlik qildi.
«Balilla» asosan 8-13 yoshlardagi o`g`il bolalarni birlashtirdi. 1930-yilga kelib uning saflaridan qriyb 900 ming a`zosi bor edi. 14-18 yoshdagi o`smirlar «Avangardisti» tashkiloti sostaviga kirdilar. 30-yillarda uning qariyib 400 ming a`zosi bo`lgan. 8-13 yoshdagi qizlar (qariyb 250 ming qiz) «Pikoli italiyane» («Kichik yoshdagi italiyan qizlar»), 14-18 yoshdagi qizlar esa (qariyb 150 ming qiz) «Djivaniye italiyani» («yosh italiyan qizlar») tashkilotlariga birlashdilar.
«Opera natsionale Balilla» ning 93 ta provibtsiya bo`limi bo`lgan. Fashistlar «sekretarlari» rahbarligidagi bu bo`limlarning 4000 ga yaqin mahalliy tashkiloti bor edi. «Balilla» faoliyati davlat tomonidan ajratilgan yirik mablag`, kapitalistlar va burjua tashkilotlarining yordami bilan ta`minlandi.
«Balilla» tashkilotlarida yengil atletika, qilichbozlik, gimnastika, eshkak eshish va hakazo keng qo`llaniladi. Shu bilan bir qatorda har bir joyda geografik va iqlim sharoitlariga qarab, maxsus sport turlari: Alpda tog` chang`i sporti, dengiz bo`yida suzish, yelkan sporti, daryolarda suzish, eshkak eshish, tekislikda ot sporti, hamma joyda sport o`yinlari (regbi, futbol, basketbol, voleybol), otish, velosiped sporti va sportning motorli turlari ham taraqqiy ettirildi.
Bularda sportning avtomobil, mototsikl, aviatsiya, planer va parashyut turlari, qilichbozlik, kurash, boks, og`irlik ko`tarish va gimnastikani taraqqiy ettirishga katta ahamiyat berildi. Italiyada fashistlar armiyasiga rezervlar tayyorlash maqsadida «Opera natsionale dopolivora» nomi bilan juda ko`p tashkilotlar vujudga keltirildi.
Yaponiyada jismoniy tarbiya va sport ishlarini harbiylashtirish nihoyatda tez sur`atlar bilan olib borildi. Siyosati yangi bosqinchilik urushiga tayyorlanish vazifalariga bo`ysundirilgan yapon imperialistlari ana shu maqsadlarda maktab, sport va gimnastika tashkilotlaridan keng foydalandilar.
O`quv yurtlari va sport tashkilotlari harbiy-jismoniy tarbiyaning, shovinistik va militaristik kayfiyatlarni propaganda qilishning asosiy markazlari bo`lib qolgan edi.
Eng yaxshi komandir va sport kadrlari yetishtirib chiqargan kolledj va universitetlarda harbiy-jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari dzyu-do, qilichbozlik, otish, gimnastika, suzish, yengil atletika, voleybol, regbi va b.edi.
1927 yilda hukumatning ko`rsatmasiga muvofiq Yaponiyaning o`quv yurtlariga o`quvchi yoshlarga harbiy ta`lim beris Gaulgofer va Shtrayxer hni kuchaytirish uchun ofitserlarning katta bir guruhi yuborildi.
Yaponiya imperializmi harbiy mashinasining tarkibiy qismiga asta-sekin aylanib ketgan sport tashkilotlari, skaut tashkilotlari, Xristian yoshlari soyuzi va sport uyushmalari o`quv yurtlariga kirmay qolgan 16-20 yashar yapon yoshlarini harbiy sharoitga muvofiqlashtirishning asosiy vositalari bo`lib xizmat qildi.
1920 yilda Fransiyada maktabgacha tarbiya yoshidagi va maktab yoshidagi bolalar jisminiy tarbiyasi to`g`risida yangi qaror qabul qilindi.
Jismoniy tarbiyaning yangi programmasiga gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar kiritilmagan, ammo unda tabiiy to`siqlar (zovur, to`siq, devor) dan o`tish hamda narsalar tashishga (qum to`lg`azilgan qop, chechak va shu kabilar) keng o`rin berilgan edi.
1925 yilda Fransiyada harbiy ministrlik bilan mustahkam aloqada bo`lgan yoshlarni jismoniy tarbiyalash bo`yicha Davlat sekretariati tuzilib, uning tashabbusi bilan 9000 ta maktab huzurida o`quvchilarni harbiy ishlarga tayyorlovchi mustaqil suratda ishlaydigan sport va otish jamiyatlari tashkil etildi.
Vengriyada 14 dan 21 gacha bo`lgan yoshlarning umumiy sport majburiyatlari haqida qonun qabul qilindi. Sobiq kazarmalar harbiy-jismoniy tayyorgarlikning o`ziga xos markazlariga aylabtirildi. Taxminan 30 mingga yaqin sobiq ofitserlar sport ishlariga rahbarlik qilishga jalb etildi.
Chexoslovakiyada grajdan aholisini harbiy jisminiy jihatdan tayyorlash «sokol» tashkilotlari vositasida olib borildi. «Sokol» jamiyati rahbarlaridan biri Klinger shunday degan edi: ««Sokol» o`z a`zolarining kazarmaga kirishidan oldinroq ulardan soldat yetishishiga intiladi...»

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin