Burjua sport harakati



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə55/60
tarix10.07.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#117381
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
13.jismoniy-tarbiya-va-sport-tarixi

TAYANCH SO’Z VA IBORALAR


Jimoniy tarbiya tarixi o’quv fani sifatida.
Bu ilmiy o’quv fani bo’lib, jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport sohasidagi maxsus bilim va ma’lumotlarni olishga qaratilgan asosiy fan hisoblanadi, bu tizimni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o’rgatadi.
Jismoniy tarbiya tarixining boshqa fanlar bilan bog’liqligi haqida.
Jismoniy tarbiya fani bir qancha fanlar bilan bog’liq holda o’rganiladi, bular: pedagogika tarixi, O’zbekiston tarixi, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti, sotsiologiya, falsafa, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish va h.k.
Jismoniy tarbiya - insonni jismoniy kamolotga erishishiga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, inson organizmini morfologik va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan.
Jismoniy tarbiya tizimi- jismoniy tarbiyaning ilmiy -uslubiy, g’oyaviy asoslari tushuniladi. Bu tizim jismoniy tarbiya tizimining bo’g’inlari bo’yicha jismoniy tarbiya vazifalarining, vositalarini, ish shakllarini amalga oshirish tushuniladi.
Jismoniy tarbiya tizimining zvenolari. Jismoniy tarbiya tizimining zvenolariga:
1.Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar jismoniy tarbiyasi;
2. Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi;
3. Akademik litsey va kasb- hunar kollejlaridagi jismoniy tarbiya;
4. Oliy o’quv yurtlardagi jismoniy tarbiya;
5. Armiya va harbiy flot jismoniy tarbiyasi;
6. Ko’ngilli jismoniy tarbiya va sport jamiyatlaridagi jismoniy tarbiyalar kiradi.
Jismoniy madaniyat haqida. Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi bo’lib, insonning jamoa, tarixiy amaliyotida to’plagan moddiy va ma’naviy boyliklar to’plamidir. Bu jismoniy tarbiya nazariyasining eng keng tushunchasidir.
Jismoniy tarbiya moddiy boyliklari. Moddiy boyliklarga sport inshootlari, o’yingohlar, sport zallari, suv havzalari, sport maydonchalari va jismoniy tarbiyaga taalluqli jihozlar, maxsus sport kiyimlari va boshqalar kiradi.
Sport tushunchasi jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi bo’lib boshlang’ich ma’noda “ kuch sinashaman”, “musobaqalashaman” degan ma’nolarni bildiradi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin