Burjua sport harakati



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə20/60
tarix10.07.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#117381
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
13.jismoniy-tarbiya-va-sport-tarixi

Tomas Mor (1478-1535). Yangi paydo bo'layotgan kapitalistik tuzumga qarshi ilk sotsial utopistlar vujudga kela boshladi. Ular orasida ingliz Tomas Morning alohida o'rni bor. U eski feodal va yangi kapitalistik tuzumlarni butunlay rad etdi. Uning yaxshi davlat tuzilishi va yangi orol haqidagi qiziqarli «Utopiya» («orzu» ma'nosida) kitobi e'tiborga loyiqdir. Bu asarda qat'iy kun tartibi (rejim) belgilanib, unga ko'ra ertalab ishlash uchun-2 soat, tushlik va dam olishga - 2 soat, tushdan so'ng ishlash uchun- 3 soat, kechki ovqat va ko'ngilochar o'yinlarga - 3 soat, uxlash uchun esa - 8 soat belgilangan. Bolalar tarbiyachilar rahbarligida aqliy ta'lim, mehnat ta'limi, axloqiy va jismoniy tarbiya kurslarini o'tishlari shart bo'lgan.
Моr utopistlarning harbiy-jismoniy mashqlariga katta e'tibor berib, qurollar bilan suvda suzish, o'q otish, bolta va boshqa moslamalarni jangda ishlata bilish, oilani himoya qilish hamda qo'shnilarni dushman hujumlaridan saqlash uchun zarurligini uqtiradi.
Italiyalik Tommazo Kampanella (1568-1639) jamiyatda boylar va kambag'allarning bo'lmasligi haqida qayg'uradi. U «Quyosh shahri» nomli kitobini sayohatchi tilidan yozib, ajoyib fikrlarni bildiradi. Ya'ni Quyosh shahrida boy ham, kambag'al ham bo'lmaydi. «Jamoa - barcha kishilarni ayni bir vaqtda boy va shu bilan birga, kambag'al qiladi, hamma narsasi bo'lgani uchun boy bo'ladi, hech qanday mulki bo'lmaganligi uchun kambag'al bo'ladi, ular buyumlarga emas, balki buyumlar ularga xizmat qiladi», - deydi u. «Quyosh shahri» bolalar sayr, yugurish, turli o'yinlar bilan mashg'ul boiishadi. Yetti yoshli bolalar guruhlarga ajratilib, birlari ma'ruza tinglasa, boshqalari jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadilar. Qizlarning 19 va yigitlarning 21 yoshgacha turmush qurishi man etilgan. Ammo 27 yoshdan keyin turmush qurmaganlar qoralangan. Fohishalik qilganlar avvalo qattiq jazolangan (bo'yniga boshboldoq osilgan), qayta takrorlansa, o'limga niahkum qilingan.
Kampanella «Quyosh shahri» aholisining (solariylar) haq-huquqi, bilimi, mehnati, dam olish va ijtimoiy turmush sharoitlarida tengsizlik bo'lmasligiga erishganligi asosida, kelajak avlodning shu tarzda hayot kechirishlarini orzu qilganligi bilan jahon xalqlari e'tiboriga sazovordir.
XVI asrda Yevropada kapitalistik tuzumning rivojlanishi davrida jismoniy tarbiya va sport peda­gogika nazariyasidan ancha orqada edi. Bu davrda cherkovlarda islohotlar boshlandi. Xristianlikda yangi protestantlik yo'nalishi paydo bo'ldi.
Cherkovdagilarning jismoniy tarbi­yaga munosabati o'zgardi. Ya'ni yoshlarni jismonan sog'lom qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya, mashqlar va o'yinlardan foydalanishning ijobiy tomonlari tan olindi.
Barcha gumanistlarining progressivligi shundaki, ular o`rta asrning quruq tarbiyasiga va tarkidunyochilik g`oyalariga qarshi aktiv kurashdilar, inson shaxsining erkin kamol topishini quvvatladilar va jismoniy tarbiyani umumiy tarbiya sistemasining ajralmas bir qismi sifatida ilgari surdilar.Lekin burjua gumanistlarining aksariyati xalq to`g`risida emas, balki jamiyatning bir to`da boshliqlari to`g`risida, xalqdan ajralgan va xalqni ekspluatatsiya qilgan kishilar haqida g`amxo`rlik qildilar. Bu burjua gumanistlari o`zlarining barcha g`ayratlarini cherkov obro`yiga qarshi kurashga qaratib, tug`ilib kelayotgan burjua jamiyatining konservativ kuchiga aylandilar. Xalqqa tayangan va xalq baxt-saodati yo`lida mehnat qilgan gumanistlarning ijodi esa so`nggi o`rta asr davrining demokrat gumanistlarining ijodi sifatida asrlar osha bizning kunlarimizgacha yetib keldi.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin