85
xarajatlarining muntazam oshib
borishi tashqi savdo defitsitining o‘sishiga
sezilarli
darajada hissa qo‘shib kelayotganligi shubhasiz. Qolaversa,
nisbatan qattiq monetar
siyosatni ushlab turish yaqin kelajakda moliyaviy shart-sharoitlar nuqtai nazaridan
manfaatliroq ekanligi hisobga olinsa, budjet xarajatlarini imkon qadar qisqartirish tashqi
savdoning muvozanat nuqtaga tomon siljishini ta’minlashda eng optimal yechimlardan
biri bo‘lishi mumkin. Masalan, manzilliligi so‘roq ostida bo‘lgan va samarasiz ijtimoiy
loyihalarni moliyalashtirishdan voz kechish bu borada dadil qadam bo‘ladi. Sababi,
bu singari loyihalar qisqa muddatda ijtimoiy kayfiyatning
yaxshilanishigagina xizmat
qilishi, aholining zaif qatlami turmush farovonligi oshgandek va barqarorlik
o‘rnatilgandek
illyuziya hosil qilishi mumkin, biroq yakunda aholi zaif qatlamining
kambag‘allikdan qutilishi yoki mamlakatda uzoq muddatli barqarorlikka olib kelmaydi.
Umuman, samarasiz budjet xarajatlaridan tiyilishning
boshqa vositalari ham topiladi,
buning uchun qaror qabul qiluvchilarning irodasi zarur, xolos. Tahlillardan xulosa qilish
mumkinki, qaror qabul qiluvchilar tashqi savdo defitsitini qisqartirishni istasa, birinchi
navbatda fiskal xarajatlarni kamaytirish yo‘lidan borish maqsadga muvofiq. Zero,
hozirgi vaqtda
Dostları ilə paylaş: