78
energiya sarfining yuqoriligi, infratuzilmaning yaxshi rivojlanmaganligi
va boshqalar
kiradi.
Mazkur sharoitlarda inflyatsion targetlash rejimining samaradorligi Markaziy bank
kommunikatson siyosatining ta’sirchanligi hamda aholining amalga oshirilayotgan pul-
kredit siyosatiga nisbatan ishonchiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda narxlar o‘sishining
sabablari va narxlar barqarorligini ta’minlash borasida ko‘riladigan choralarni aholiga
tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, valyuta bozorining shakllanishi
sharoitida valyuta siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatning liberallashtirilishi
jarayonlarining davom ettirilishi bilan bog‘liq xatarlar ham kuzatiladi. Bunda erkin
suzib yuruvchi valyuta kursiga o‘tishda valyuta kursining
qisqa muddatli keskin
tebranishlarini yumshatish va valyutani xedjirlash instrumentlarini rivojlantirish orqali
salbiy oqibatlarni kamaytirish muhim hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish, pul-
kredit siyosati instrumentlarining ta’sirchanligi hamda samaradorligini kamaytiruvchi
sabablarni bartaraf etish bilan uzviy bog‘liq. Moliya sektorining institutsional jihatdan
sust rivojlanganligi va yashirin iqtisodiyotda katta hajmdagi naqd pul mablag‘lari
aylanmasining mavjudligi Markaziy bank pul-kredit siyosatining samaradorligini
pasaytiruvchi omillardan hisoblanadi. Davlat qarz majburiyatlarining muomalada
mavjud emasligi Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirish
hamda bank sektorining ushbu qarz instrumentlaridan garov ta’minoti
sifatida
foydalanib, qisqa muddatli likvidlikni jalb qilish imkoniyatlarini cheklaydi. So‘nggi
yillarda Davlat byudjeti balanslashgan holda ijro etilishi sharoitida davlat qarz
majburiyatlarini chiqarishning ob’ektiv sabablari mavjud emasligiga qaramasdan,
investitsion,
shu
jumladan,
hududiy
va
tarmoqlar
rivojlanish
dasturlarini
moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va maqbullashtirishda qarz qimmatli
qog‘ozlarining afzalligi ularni yaqin istiqbolda muomalaga chiqarish uchun asos
bo‘lishi mumkin. Tashqi iqtisodiy xatarlar ko‘p jihatdan eksport tarkibi va iqtisodiyotga
valyuta tushumlari dinamikasi bilan bog‘liq hisoblanadi. Bunday holatlarda,
qimmatbaho metallar bozoridagi narxlar o‘zgarishi hisobiga hamda qo‘shni
mamlakatlar va asosiy savdo hamkor davlatlardagi iqtisodiy muammolar natijasida
yuzaga keluvchi xatarlarni minimallashtirish talab etiladi.
Milliy iqtisodiyot
xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos
jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor
maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi
juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini
amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich
yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.
Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv
kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha
choralar, Markaziy bankning ustuvor
maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga
oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini
takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion
siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun
asosiy sharoitlarni yaratadi.
Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion
targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi. O‘z navbatida,
Markaziy bank asosiy e’tiborni prognozlash va tahliliy bazani mustahkamlashga, pul-
79
kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va ularning ta’sir kanallarini
kuchaytirishga, komunikatsion siyosatni rivojlantirish va aholining ishonchini oshirish
kabi vazifalarga qaratadi. Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich o‘tish
bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan sa’y-
harakatlarni birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadi. Umuman olganda,
inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati sohasining
barcha jihatlarini tubdan
qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, uzoq
muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lgan makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini anglatadi.
O‘zbekiston sharoitida mustaqil pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyati 1994 yilda
milliy valyutaning muomalaga kiritilganidan so‘ng paydo bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: