4. Tayyor mahsulotni jo‘natishni hisobga olish Ombordan tayyor mahsulot xaridorlarga korxonaning sotish bo‘limi buyrugiga asosan jo‘natiladi. Mahsulotni sotish xaridor korxonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo‘natish grafigiga muvofiq amalga oshiriladi. Sotish rejasini bajarishda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot hisobini to‘g‘ri tashkil qilish muhim ahamiyatga egadir. Buni mahsulot ortib jo‘natishdan tortib to uning uchun xaridorlardan pul kelib tushguncha bo‘lgan tovar mahsulotning harakatini doimiy ravishda kuzatib turish kerak Bunday nazorat xar bir dastlabki xujjat bilan jo‘natilgan tovar mahsulot bo‘yicha alohida yuritilib, shu mahsulotning qachon va kimga jo‘natilganligi, uning yuldagi harakatiga kancha vaqt ketishi kerakligi va haqiqatda qancha vaqt ketganligi, qanday xaridorlar mahsulotni kachon qabul qilib olganliklari va qachon pulni to‘lash kerakligi, kanday xaridorlar ularga junatilgan mollar uchun pul to‘lamagan va nima uchun to‘lanmaganligini, xullas, yuldagi barcha tovar mahsulotning takdiriga doir masalalar haqida xabardor bo‘lib turish imkonini beradi
Mahsulotning ombordan ketishini rasmiylashtiruvchi xujjat- asosida xaridorlarga jo‘natilayotgan tayyor mahsulotga schyot, to‘lov talabnomasi yoziladi va tovar oluvchi korxonaga xizmat qiluvchining bankiga topshiriladi.To‘lov-talabnoma. Mol etkazib beruvchining schyot-fakturaga mos ravishda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun xaridorning hisob-kitob schyotidan pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida bankka bergan buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, soni, assortimenti kayd qilinadi (bu xolatda schyot-faktura, albatta, to‘lov-talabnomasiga ilova qilinishi lozim). Schyot-faktura yoki to‘lov talabnomasining alohida bandlarida tomondan to‘lanadigan temir yul bo‘yicha tarif summasi ko‘rsatiladi. Ba’zida xaridor tomonidan tulanishi lozim bo‘lgan temir yul tarifi bo‘yicha summaga umumiy mahsulotning sotish bahosi qo‘shib ko‘rsatilishi mumkin. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi alohida bo‘lmada ko‘rsatiladi. Mol etkazib beruvchi bilan xaridor o‘rtasida tuzilayotgan shartnoma vaqtida franko joy to‘g‘risida tuxtalib o‘tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlarni mol etkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi. Franko joyning quyidagi turlari mavjud: